Nigora Erkaboyeva


I.  Pedagogik  texnika  va  uning  tarkibiy  elementlari



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/198
Sana12.01.2022
Hajmi1,71 Mb.
#336157
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   198
Bog'liq
fayl 775 20210505

 
I.  Pedagogik  texnika  va  uning  tarkibiy  elementlari. 
Pedagogik  mahoratning 
muhim  belgilaridan  biri  bo‘lgan    pedagogik  texnika  o‘z  navbatida  o‘qituvchining 
yuqori texnik malakalarga egaligini ham anglatadi. O‘z mohiyatiga ko‘ra, 
pedagogik 
texnika
  o‘qituvchi  tomonidan  o‘zlashtirilgan  alohida  o‘quvchiga  hamda  ta’lim 
oluvchilar  jamoalariga  pedagogik  ta’sir  ko‘rsatish
 
metodlarini  amalda  samarali 
qo‘llay olish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar majmuidir.   
O‘qituvchi  tomonidan  pedagogik  texnika  asoslarining  muvaffaqiyatli 
o‘zlashtirilishi  pedagogik  mahoratning  muhim  tarkibiy  qismi  bo‘lib,  unga  erishish 
pedagogika,  psixologik  hamda  amaliy  tayyorgarlik  bo‘yicha  maxsus  bilimlarga  ega 
bo‘lishni talab qiladi.  
O‘qituvchining pedagogik texnikasi quyidagi maqsadlar uchun xizmat qiladi:
  
1) pedagogning o‘z diqqati hamda o‘quvchilar diqqatini maqsadli boshqarish;  
2)  pedagogik  faoliyatda  jarayonning,  o‘quvchilar  harakatining  sur’atini  his 
qilish.  


O‘qituvchining  pedagogik  madaniyatga  egaligi,  pedagogik  texnika  asoslarini 
puxta  o‘zlashtira  olganligi  uning  yuz  ifodasi,  erkin,  vazmin  harakatlari,  gavdani 
to‘g‘ri  tuta  bilishi,  yig‘inchoqligi,  imo-ishoraning  tabiiyligi,  o‘quvchilarga  nisbatan 
e’tiborida yaqqol aks etadi (16-rasm):
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Pedagogik  texnikani  o‘zlashtirishda  o‘qituvchi  o‘quvchi  hulq-atvori,  xatti-
harakatlarining tashqi belgilarga ko‘ra uning ichki holatini  belgilay olish malakasiga 
ega bo‘lishi nihoyatda muhimdir. Ta’lim jarayonida o‘qituvchi yuzini o‘rinsiz, qo‘pol 
tarzida  burishtirmasligi, pala-partishlikka  yo‘l  qo‘ymasligi, imo-ishoralarning  sun’iy 
bo‘lishidan  saqlanishi,  ma’nosiz  bo‘lishiga  yo‘l  qo‘ymasligi  zarur.  Zero,  bularning 
barchasi o‘qituvchining o‘quvchi oldida hurmat qozona olmasligiga olib keladi. Yosh 
o‘qituvchilar pedagogning hatto sinf xonasiga, auditoriyaga qanday kirishi, o‘quvchi, 
talabalarga  nazar  tashlashi,  salomlashishi,  stulni  surishi,  shaxsiy  buyumlari  (sumka 
yoki qog‘oz solingan yig‘majildlarni qaerga, qanday qo‘yishi, xona bo‘ylab yurishi, 
yozuv  taxtasidan  foydalanishdagi  harakatlari.  o‘quvchi,  talabalar  bilan  muloqotda 
o‘zini qanday tutishi va boshqalar katta tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega ekanligini yodda 
tutishlari zarur. 
Mohiyatiga ko‘ra pedagogik texnikaning samarali bo‘lishida pedagogning tashqi 
qiyofasi  ham  o‘ziga  xos  ahamiyat  kasb  etadi.  Shuni  ham  unutmaslik  lozimki, 
pedagogik texnikani namoyish etishda o‘qituvchining umumiy madaniyati, ma’naviy 
va  estetik  dunyoqarashi  muhim  o‘rin  tutadi.  Agar  o‘qituvchining  tashqi  ko‘rinishi 
qashshoq, so‘zlari, talaffuz qilish qobiliyati past, estetik jihatdan omi, bo‘lar-bo‘lmas 
voqealarga  nisbatan  o‘z  hissiyotiga  erk  beradigan  bo‘lsa,  tarbiyalanuvchilarning 
e’tiqodiga,  aql-idrokiga,  bilish  va  anglash  tafakkuriga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatadi.  Shu 
sababli o‘qituvchi o‘zidagi ana shu nuqsonlarni qayta tarbiyalashi lozim. Ta’kidlash 
joizki, pedagogik texnikaning ko‘nikma va malakalarini egallash yo‘llari to‘g‘risida 
bildirilgan fikrlarga e’tibor bermaslik, pedagogik faoliyat jarayonida ularning beqiyos 
ahamiyatiga  yetarlicha  baho  bermaslik,  shuningdek,  pedagogik  texnika  malakalarini 
tanqidiy, har bir o‘qituvchining individual xususiyatlarini hisobga olmay ish yuritish 
pedagogik  mahoratni  egallashga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatadi  va  o‘quv-tarbiyaviy 
jarayonda o‘qituvchilarning ta’lim-tarbiyaviy faoliyatida nuqsonlarning ko‘payishiga 
olib keladi.  

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish