rasm. O‘zini o‘zi samarali baholash omillari
Individual rivojlanish dasturi – har bir shaxs yoki mutaxassisning o‘zida u yoki bu sifat, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish, takomillashtirish ehtiyojlariga tayangan holda ishlab chiqilgan shaxsiy dasturi.
O‘qituvchining individual rivojlanish dasturi – mutaxssis sifatida o‘qituvchining individual ravishda o‘zida u yoki bu kasbiy-pedagogik sifat, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, takomillashtirish ehtiyojlariga tayangan holda ishlab chiqilgan dasturi.
Mutaxssis sifatida o‘qituvchining individual ravishda o‘zida u yoki bu kasbiy- pedagogik sifat, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish, takomillashtirish ehtiyojlariga tayangan holda shaxsiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi. Bu dasturda o‘qituvchining o‘zida shakllantirishi, takomillashtirishi zarur bo‘lgan sifat, BKMni shakllantirish, amaliy faoliyat turlarini tashkil etish, tanlangan metodlar bo‘yicha o‘z ustida ishlash uchun belgilangan muddat aks etadi. Shaxsning mustaqil mashq qilish, shug‘ullanishi orqali o‘zini-o‘zi aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirishini, shaxsning hech bir tashqi ta’sirlarsiz o‘z kuchi bilan o‘zini o‘zi rivojlantirishini hamda o‘z- o‘zini takomillashtirishini ta’minlovchi metod, vositalardan samarali, maqsadli foydalana olishi, qolaversa, o‘z-o‘zini kuchli mutaxassis ekanligiga, faoliyatiga ijodiy yondasha olishiga ishontira bilishi o‘qituvchi mehnatining samarali kechishini ta’minlaydi. Bu o‘rinda o‘qituvchi o‘z-o‘zini ishontirish shaxsning o‘z shaxsiy sabab, rag‘bat (motiv)lariga aoslangan holda shaxsiy yo‘riqlariga ongli ta’sir ko‘rsatishi ekanligini anglay olishi zarur. O‘z-o‘zini ishontirish usuli negizini u yoki bu pozitsiyaning to‘g‘riligini tasdiqlovchi takomillashgan aqliy harakatlar tashkil etadi.
Barcha kasbiy faoliyatlarda bo‘lgani kabi pedagogik mehnatni tashkil etishda ham o‘qituvchi oldida uning mustaqil mashq qilish, shug‘ullanishi orqali o‘zini-o‘zi aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirish, shaxsning hech bir tashqi ta’sirlarsiz o‘z kuchi bilan o‘zini o‘zi rivojlantirish hamda o‘z-o‘zini takomillashtirish yo‘lida
muayyan harakatlarni amalga oshirishiga to‘sqinlik qiladigan ichki va tashqi omillarni o‘zida mujasssamlashtirgan psixologik to‘siqlar mavjud bo‘ladi. O‘qituvchi ana shu to‘siqlarni yengib o‘ta olishi zarur. Buning uchun u mustaqil mashq qilishi, shug‘ullanishi orqali o‘zini-o‘zi aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, bunda hech bir tashqi ta’sirlarsiz o‘z kuchidan foydalangan holda o‘z-o‘zini takomillashtirish yo‘lida muayyan harakatlarni amalga oshirishiga to‘sqinlik qiladigan ichki va tashqi omillarni bartaraf etishga harakat qilishi zarur.
Mazkur jarayonda o‘qituvchi bir qator o‘z-o‘zini rivojlantirish jarayonidagi psixologik to‘siqlarni yengib o‘tish yo‘llaridan foydalanadi. O‘qituvchining o‘z- o‘zini rivojlantirishida o‘z-o‘zini ishontirish, ruhiy barqarorlikka erishishga doir psixologik mashqlar va treninglardan samarali, o‘rinli foydalana olishi muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |