Nigora Erkaboyeva pedagogik mahorat (O‘quv qo‘llanma) Toshkent



Download 1,21 Mb.
bet44/102
Sana17.07.2022
Hajmi1,21 Mb.
#815525
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   102
Bog'liq
fayl 775 20210505

Tayanch tushunchalar: nutq, o‘qituvchi nutqi, nutq organlari, nutq apparati, til, og‘zaki nutq, nutq madaniyati, nutq texnikasi: nafas olish, ovozni yo‘lga qo‘yish, uning tozalanishi, talaffuz, nutq sur’ati, o‘qituvchining nutq mahorati, o‘qituvchining nutq mahoratini takomillashtirish yo‘llari.



  1. Nutqning inson hayoti va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni. Insonnnng nutqiy faoliyati uch shaklda namoyon bo‘ladi. Ular: so‘zlash, mutolaa va eshitish.

So‘zlash – so‘zlovchining ma’lumot, maslahat berishi, buyurishi, o‘ziga noma’lum narsalar haqida so‘rashi anglashiladi. So‘zlaganda so‘zlovchinnng bilimi, madaniyati, axloqi, odobi yuzaga chiqadi. So‘zlash monologik va dnalogik ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Monologik nutqda bir kishining mulohazalari qarshi savollarsiz yoki javoblarsiz yuzaga chiqadi, suhbatdosh tomonidan bo‘linmaydi. Dialogik nutqda muloqot qiluvchi shaxslar navbat bilan goh tinglovchi, goh so‘zlovchi bo‘lib turadi.
Mutolaa o‘quvchining yozma nutq orqali asar muallifi, obrazlari bilan muloqotidir. Mutolaa tufayli o‘quvchi yozma nutqda aks etgan voqea-hodisalardan xabardor bo‘ladi, ular ta’sirida xulqida qandaydir o‘zgarish paydo bo‘ladi. Mutolaa
ma’lumot olishning eng mu.him yo‘lidir. Kishi o‘qish orqali ma’naviy yetuklikka erisha boradi. Mutolaa oddiy o‘qish va ilmiy o‘qish (muhim narsalarning tagiga chizib o‘qnsh, parchalar ko‘chirib olish, qisqa konspekt olish, asar ustnda mulohaza qilib o‘qish) dan iborat.
Oddiy o‘qiganda o‘quvchi uchun yozma nutq mazmuni bilan tanishuvning o‘zi maqsad qilib qo‘yiladi. Ilmiy o‘qishda o‘quvchi asarni tahlil qilishni, undan boshqa biror maqsad uchun foydalanishni, uning mazmunini qayta bayon qnlish kabilarni maqsad qilib qo‘yadi.
Eshitish – boshqalarni tinglash, ularning fikrlariga munosabat bildirish sanaladi. Zamonaviy psixologiya yaxshi tinglovchi (eshituvchi) bo‘lish muloqot jarayonining muvaffaqiyatini ta’minlovchi asosiy omil sanaladi.
Sharq mutafakkirlari o‘z asarlarida til va nutqning ahamiyatini yoritishga alohida e’tibor qaratgan. Ayni o‘rinda ularning qarashlaridan namunalar keltiriladi:
Kaykovus (1082-1083 yillar; «Qobusnoma» asar):
... Yaxshi so‘zlashga o‘rgan va muloyim so‘zlashdan boshqa narsani odat qilma, negaki qanday so‘zni gapirishni istasang, til shuni gapiradi. So‘zni o‘z joyida so‘zla, joyida aytilmagan so‘z, agar u yaxshi so‘z bo‘lsa ham yomon ko‘rinadi.
Xalq oldida gapirganda so‘zing go‘zal bo‘lsin, bu so‘zni xalq qabul qilsin. Xaloyiq sening so‘z bilan baland darajaga erishganingni bilsin, chunki kishining martabasini so‘z orqali biladilar, ... kar kishining ahvoli o‘z so‘zi ostida yashiringan bo‘ladi.
Ey farzand, so‘zning yuz va orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilgil, so‘zlaganingda ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda so‘zning qanday ma’noga ega ekanini bilmasang, qushga o‘xshaysan, bunday qushnn to‘ti deydilar!.
Shunday knshini notiq (suxango‘y) deymizki, uning har so‘zi xalqqa tushunarli bo‘lsin va xalqning har so‘ei unga ham ma’lum bo‘lsin.
Uylamasdan so‘zlama, har bir so‘zni o‘ylab gapir, to aytgan so‘zingdan pushaymon bo‘lmagaysan.
Agar so‘zni va ilmni yaxshi bilsang ham, hech bir so‘zni buzma, to‘g‘ri ta’rifla.
So‘zni bir xil gapir.

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish