O‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etishga ta’sir ko’rsatuvchi omillar. Shuningdek, o‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etishda muayyan omillarning ta’siri ham o‘rganiladi. O‘qituvchi mehnatining maqsadga muvofiq, to‘g‘ri tashkil etilishi va natijalanishiga ta’sir etuvchi sabablar tarzida namoyon bo‘ladigan omillarning pedagogik faoliyatni ilmiy tashkil etishdagi ahamiyati katta.
Quyidagi omillar o‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etishda ahamiyatlidir (31- rasm):
rasm. O‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etishga
ta’sir etuvchi muhim omillarning turlari
Psixologik-fiziologik (texnik-texnologik) omillar (jismoniy (dinamik va statit ish), ruhiy (ishning aniqligi), hissiy (ishni bajarishdagi ta’sirlanish) va aqliy (qayta ishlanayotgan axborotlar hajmi, bir vaqtning o‘zida kuzatilishi talab etiladigan ishlar soni) zo‘riqishlar, pedagogik faoliyatning bir xilligi).
Sanitariya-gigienik omillar (ish joyidagi mikro iqlim – harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi), havoning tozaligi (bug‘, gaz, aerozollarning mavjudligi), yoritilganligi, shovqin, vibratsiya, ultratovush, biologik va boshqa ta’sirlar.
Estetik omillar (shaxs tomonidan atrof-muhitni estetik qabul qilinishini ta’minlovchi omillar – ranglar, shakllar, musiqiy ohanglar, ish o‘rnining jihozlanishi, mehnat qurollari (vositalari)ning chiroyli ko‘rinishi, ish kiyimlarining ko‘rimliligi, binolarning badiiy-me’moriy yechimi; bularning barchasi o‘qituvchining kayfiyatiga va o‘z navbatida ishchanlik qobiliyatining oshishiga, mehnat samaradorligining yaxshilanishiga ta’sir etadi).
Ijtimoiy-psixologik omillar (kadrlar tarkibi, hamkasblarning qiziqishlari, rahbariyatning boshqaruv uslubi va boshqalar; ushbu omillar ta’sirida muassasada axloqiy-psixologik iqlim yuzaga kelib, o‘qituvchining jismoniy, ruhiy va hissiy barqarorligini, jamoa bilan jipsligini, mehnat faolligini va ijodiy tashabbuskorligini
ta’minlaydi).
Aniq maqsad asosida o‘qituvchi tomonidan muayyan ko‘rinishdagi kasbiy faoliyat loyihasini ishlab chiqish, rejalashtirishga qaratilgan amaliy harakatning samarali bo‘lishi o‘qituvchi mehnati unumdorligini ta’minlaydi. Qolaversa, o‘qituvchi mehnatini tashkil etishda usullarning to‘g‘ri tanlanishi ham alohida ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi tomonidan pedagogik faoliyatning maqsadga muvofiq, to‘g‘ri tashkil etilishi va natijalanishiga xizmat qiladigan usullarning maqsadga muvofiq, samarali tanlanishi pedagogik faoliyat usullarini to‘g‘ri tanlash imkoniyatini ta’minlaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etishda muayyan jihatlarga e’tibor qaratish talab etiladi. O‘qituvchi mehnatining o‘ziga xosligi kuchli raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘qituvchi mehnatini tashkil etishning o‘ziga xos tomonlari, jihatlari sifatida namoyon bo‘ladigan o‘qituvchi mehnatini tashkil etishda quyidagi vazifalarni ijobiy hal qilishga e’tibor qaratishi zarur:
Kuchli raqobatga bardoshli bo‘la olish.
O‘z ustida doimiy izlanish.
O‘zining kasbiy salohiyati, malakasi va mahoratini takomillashtiri borish.
Yangi pedagogik texnologiyalarni izchil o‘zlashtirish.
Fan, texnika, texnologiya yangiliklaridan izchil xabardor bo‘lib borish.
Ijodiy va kretivlik qobiliyatini rivojlantirishga e’tibor qaratish.
Innovatsion g‘oyalarni ilgari surish.
Do'stlaringiz bilan baham: |