Nigora Erkaboyeva pedagogik mahorat (O‘quv qo‘llanma) Toshkent


Tayanch tushuncha va iboralar



Download 1,21 Mb.
bet13/102
Sana17.07.2022
Hajmi1,21 Mb.
#815525
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   102
Bog'liq
fayl 775 20210505

Tayanch tushuncha va iboralar:


Muloqot (kommunikativ aloqa), muloqot turlari, muloqotni samarali tashkil etish, pedagogik muloqot, pedagogik muloqotning tarkibiy tuzilmasi, pedagogik muloqot vazifalari, pedagogik muloqot uslublar, muloqot orqali pedagogik ta’sir etish, pedagogik muloqotni samarali tashkil etish, pedagogik muloqot jarayonini boshqarish, pedagogik muloqot jarayonida yuzaga keladigan nizolar va ularning oldini olish, kommunikativ ko‘nikmalar, o‘qituvchining kommunikativ ko‘nikmalar, bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish metodlari.

  1. Muloqot – pedagogik hamkorlik vositasi sifatida. Muloqot faqat insonlarga xos bo’lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir-birlariga nimanidir aytish istagi tug’iladi.

Odatda muloqot shaxslar o’rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog’lanishlar rivojini aks ettiradi. Muloqot ikki va undan ortiq kishilar o’rtasida bilish yoki baholash tarzidagi axborot almashishda namoyon bo’luvchi o’zaro ta’sirdir. U birgalikda faoliyat ko’rsatuvchilar o’rtasida axborot ayirboshlashni ta’minlaydi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladi. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o’zaro birgalikdagi harakati axborotlarni faqat so’zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham ayirboshlash namoyon bo’ladi. M: shaxs muloqotga kirishar ekan, turli imo-ishoralarni ham qo’llaydi. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. M: muloqot vaqtida suhbatdoshlar avval birlarini hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bo’linadi. Demak, muloqot jarayonida kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o’zaro birgalikda harakat qilish) va pertseptiv (o’zaro birgalikda) idrok etish amalga oshiriladi.
Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni o’rnatish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish har bir kishi uchun muhimdir.
Shaxsning yuksak ma’naviy ehtiyojlarimizdan biri muloqotga bo’lgan ehtiyojdir. Muloqotga bo’lgan ehtiyoj qondirilmasa, shaxs ongi ham rivojlanmaydi. Shu sababli kishi doimo muloqotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishi lozim. Kimlar bilandir bo’lgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, lekin ayrim hollarda esa biz qoniqmaslikni his qilamiz.
Til – eng muloqot vositasi sanalib, u muloqotga kirishuvchilar o’rtasida aloqa bog’lanishini ta’minlaydi. U vositasida axborotni ma’lum qilayotgan hamda uzatayotgan shaxs ham axborot asosida o’z xulq-atvorini ifoda etadi.
Pedagogik jarayonda ta’lim oluvchilarning ba’zilarida muloqotga kirisha olmaslik kuzatiladi. Muloqotga kirisha olmaslikning asosiy sababi o’zini o’zi ortiqcha yuqori yoki past baholash tufayli o’ziga va uni qurshab turgan odamlarga noto’g’ri munosabatdir.
Buning oldini olish imkoniyatlari mavjud bo’lib, asosan quyidagilarga ahamiyat berish quyidagi ijobiy natijalarni kafolatlaydi:

  1. hamkorlik faoliyatida, muloqotlar tizimi orqali muloqot jarayonining barcha a’zolari o’rtasida insonparvarlik munosabatlarini tashkil qilish, emotsional muhitni taqqoslash imkoniyatini yuzaga keltirish;

  2. muloqotda ichki munosabatlar tizimida har bir a’zoning qulay pozitsiyasini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;

  3. insonning muloqot xususiyatlari, maromi, usullari, shakllari to’g’risidagi axborotni egallashga oid maxsus mashg’ulotlarni uyushtirish;

  4. shaxslararo munosabatlar va muloqot usullariga mo’ljallangan ishbilarmonlik o’yinlari, psixodrama, trening tizimini yaratish.





  1. Download 1,21 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish