Tayanch tushunchalar: kasbiy-pedagogik muloqot, pedagogik muloqot uslublari, muloqot orqali pedagogik ta’sir etish usullari, pedagogik muloqot jarayonini boshqarish, pedagogik muloqot jarayonida yuzaga keladigan nizolar va ularning oldini olish.
Kasbiy-pedagogik muloqot bosqichlari. Muloqot – ikki yoki undan ortiq shaxslarning o‘zaro birlar-birlariga ta’sir etish shakli. Muloqotni samarali tashkil etish – ikki yoki undan ortiq shaxslarning o‘zaro birlar-birlariga to‘g‘ri ta’sir etishlari orqali kutilgan natijaga erishilishi.
Pedagogik jarayonda muloqotni samarali tashkil etishda o’qituvchining muloqot madaniyatiga egaligi muhim ahamiyatga ega. Muloqot madaniyati – muloqot jarayonini axloqiy me’yorlar, ijtimoiy talablarga muvofiq tashkil etish asosida suhbatdoshni tushuna olish ehtiyoji va qobiliyatiga egalik.
Pedagog faoliyatda muloqotning turli bosqichlarida hissiy jihatdan o’zini his qilish muhim rol o’ynaydi. U faoliyatga tayyorlanish jarayonida auditoriyadagi muloqotdan so’ng uni tadbiq qilishda namoyon bo’ladi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, kommunikativ ruxlantirishning vujudga kelishi va uni tadbiq qilish murakkab jarayondir. Bevosita muloqot jarayonida pedagogda kommunikativ ruxlanish holati yuzaga chiqadi. Tabiiyki, kommunikativ o’zini his qilish pedagogning umumiy va kommunikativ madaniyati darajasiga, eng muhimi-pedagog shaxsining kasbiy-pedagogik darajasiga, bolalar bilan ishlash xohish-istagiga bog’liq. Psixologik ishlar yo’nalishi pedagogning ijodiylik hissi, intellektual, emotsional tomonini tashkil etadi. Pedagogning ijodiylik hissi ayniqsa adabiyot darslarida kuchli namoyon bo’ladi. Shu bilan birga pedagogning tajribasi ham muhim rol o’ynaydi. Tajribasi ortib borgani sari pedagog dastlabki materiallardan ko’ngli to’lmaydi, yangi-yangi materiallarni dars jarayonida qo’llashga harakat qiladi. Buning uchun esa ijodiylik hissi shakllangan bo’lishi lozim. Ijodiylik hissi bo’lsa, pedagog izlanadi, imkon topadi.Yozini hissiy tomondan tayyorlash pedagogda ijodiylik hissini keltirib
chiqaradi.
Pedagogik faoliyat jarayonidagi muloqotning quyidagicha tavsiflash mumkin:
o’quvchi va pedagog muloqoti tizimining umumiy tuzilishi (muloqotning aniq usuli);
pedagogik faoliyatning aniq bosqichi uchun xos bo’lgan muloqot tizimi;
aniq pedagogik va kommunikativ masalalarni yechishda namoyon bo’ladigan
muloqotning vaziyatli tizimi.
Kasbiy-pedagogik muloqot beshta bosqichda tashkil etiladi. Ya’ni (13-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |