“Konfutsiylik”. Uning asoschisi e.o.551-479 yillarda yashab ijod etgan
Konfutsiydir. Adabiyotlarda ko„pincha uni Kun-szi deb atashadi, bu - o„qituvchi
Kun degan ma‟noni bildiradi. Bunday deyilishi bejiz emas, chunki hali 20 yoshga
etmayoq Kun Xitoyda mashhur o„qituvchi-ustoz nomiga ega bo„ladi. Uning
ta‟limotining bosh manbai - “Luno yuy” (“Suhbatlar va hukmlar”) kitobidir.
Mazkur kitobda ustozning o„z o„quvchilari bilan qilgan suhbatlari o„rin olgan.
Konfutsiy ''Osmon'' kategoriyasini tabiat bilan emas,
balki eng avvalo inson bilan bog„liq holda qarab chiqadi. Inson, uning aqliy va
axloqiy kamoli va xulqi Konfutsiy falsafasining negizini tashkil etadi. Konfutsiy
o„zining asosiy E‟tiborini ideal insonni tarbiyalash (ideal inson - szyun-szi)
masalasiga qaratadi: inson o„z atrofidagi kishilarga va jamiyatga hurmat ruhida
tarbiya topgan bo„lmog„i kerak, inson jamiyatning funksional elementi bo„lishi,
shunga ko„ra, u jamiyatga bo„ysunishi lozim.
Xulq-atvor va tarbiyaning barcha ijtimoiy va axloqiy meyorlari Konfutsiy
ta‟limotida diniy tartib-qoida tusini oladi. Konfutsiy tartib-qoidada donishmandlik
va falsafaning yangi tipini ko„radi. Donishmandlikning mohiyati tartib-qoidaga
rioya qilish, falsafaning mohiyati esa uni to„g„ri talqin qilish va tushunishdan
iboratdir.
Inson uchun diniy tartib-qoidaning ahamiyatini ta‟kidlar ekan, Konfutsiy
jamiyatdagi noittifoqlik, nifoqlik kabi noxush hodisalarni diniy his-tuyg„ularning
g„arib holga kelib qolishi va tartib-qoida - ritualga bo„ysunmaslik oqibati deb
tushuntiradi. Barcha kishilarni birlashtiruvchi umumiy asos va ularning Kosmos
bilan mustahkam birligi Osmon (yo„l)ga hurmat-ehtirom, ilohiy yakdillik tuyg„usi
tufayli amal qiladi. Erdagi bu ilohiy kuchni Konfutsiy avvalambor an‟anaviy
xarakterga ega bo„lgan tartib-qoidada ko„radi.
Oliyjanob arboblarni, chinakam er kishilarni tarbiyalash maktabining
asoschisi bo„lgan Konfutsiy amaliy tarbiyalash borasida o„ziga xos falsafiy
tamoyillarni ishlab chiqadi. Bu - kishilarni Osmon (xudo) bilan birlashtirishdan
iboratdir. Ideal insonni, oliyjanob arbobni tarbiyalashning mohiyatini tushunish
uchun Konfutsiy o„z falsafasida “jen” kategoriyasini keng qo„llaydi.
Konfutsiy talqinida “jen” tushunchasi turlicha ma‟noni ifodalaydi: yaxshi
fazilat, oliyjanoblik, insonni sevish, rahm-shafqat va h.k. “Jen” mohiyatini
insoniylik tashkil etadi. Insoniylik - bu insonga qo„yiladigan talab. Konfutsiy “jen”
kategoriyasini konkretlashtiradi: “O„zingga ravo ko„rmagan narsani birovga ham
ravo ko„rmagin”, “O„zing erishmoqchi bo„lgan narsada boshqalarga ham ko„mak
ber” va h.k.
“Jen”ning asosi “syao”dir. Syao ota-onaga, o„zidan yoshi ulug„larga,
farzandlarga hurmat-ehtiromdir. Syao - mamlakatni bir oila sifatida boshqarishning
samarali usuli hamdir. SHu sababli hukmdor bilan aholining munosabatlari ota
bilan o„g„il, aka bilan uka o„rtasidagi munosabatlarga o„xshagan tarzda tashkil
etilmog„i lozim.
Ideal insonni tarbiyalashda nomlar (chjen-min)ni to„g„ri qayd etish
muhimdir. Hamma buyumlar ularning nomi bilan moslashtirilishi va
muvofiqlashtirilishi lozim. SHu sababli “hukumatning faoliyati” nomlarni to„g„ri
qayd etish bilan boshlanmog„i, chunonchi, oliyjanob arbob “so„z va ishni to„g„ri
fahm etishi, vaoda berilgach, shunga muvofiq harakat qilishi kerak”. Bordi-yu
“nomlar to„g„ri bo„lsa-yu, biroq nutq ziddiyatli kechsa, unday taqdirda
muvaffaqiyat qozonib bo„lmaydi”. Konfutsiy so„z bilan ishni bir-biridan
ajratmaydi, ularni birgalikda idrok etadi. Uning quyidagi hikmatli so„zlariga
E‟tibor bering: “kishilar so„zini eshitib, ularning qilayotgan ishiga qarayman”.
Xitoy konfutsiychiligi ijtimoiy idealni – sof ahloq, insonparvarlik, burchning
sohibi bo„lgan beg„araz xolis ritsar deb belgilab berdi.
Konfutsiy fikriga, ideal axloqli insonlar jamiyatdagi illatlarni bartaraf
etishlari hamda shakllanayotgan yangi jamiyatni to„la qaror topishlari mumkin edi.
Bu dinni asosiy maqsadi – xalqni mavjud tartib-qoidalarni hurmat qilish ruhida
tarbiyalash edi. Kanfutsiylik ta‟limotida Osmon xudo deb tan olinadi. Ayni paytda
bu din ta‟limoti markazida inson, uning aqliy va ma‟naviy qiyofasi, olamdagi
hamda jamiyatdagi o„rni, vazifasi muammolari turadi.
Konfutsiy tasavvur etgan ideal insoln eng muhim fazilat insonparvarlik va
o„z burchini his etishga ega bo„lishi lozim edi. Konfutsiychilikning ideal inson
to„g„risidagi mazkur ta‟limoti Xitoy jamiyatining barqarorlashuvida, Xitoy
xalqining xarakteri shakllanishida ijobiy rol o„ynagan. SHuningdek, bu ta‟limotda
ideal jamiyat va davlatni boshqarish haqida batafsil qarashlar mavjud.
Konfutsiylik belgilangan diniy qoidalarga qattiq amal qilishni talab etgan.
Uning o„zi qonun-qoidalarga doimo qat‟iy rioya qilgan. Milodiy III asrda ham
saltanati parchalanib ketadi. Biroq, Turk xoqonligi xavfi Xitoyni qayta
birlashtirishga majbur etadi.