yo‟li" kabilar mintaqadagi iqtisodiy va madaniy hayot taraqqiyotini ta‟minlagan
edi.
Miloddan avvalgi VI asrda O„rta Osiyo va Kichik Osiyo erlarini
birlashtiruvchi “SHoh yo„li” vujudga keladi va u Ahmoniylar imperiyasi
nazoratida bo„lgan. Davlatda me‟morchilik yaxshi rivojlanadi. Podsholar
tomonidan yirik saroylar qurilishiga e‟tibor qaratiladi.
Doro I davrida pul islohoti o„tkazilib – mamlakatda yagona valyuta – daroyl
tangalar zarb qilinadi. Harbiy sohada ham islohot amalga oshirilgan bo„lib,
mamlakatda 5 ta harbiy vujudga keladi. Ahmoniylar davlati madaniyati o„ziga
xosdir. Doro davriga kelib Zardushtiylik dini davlat dini deb e‟lon qilinadi. YOzma
manbalardan asosan Behustun yozuvlari, Suzadagi saroy peshtoqidagi yozuvlar va
Naqsh Rustam yozuvlari mashhur Arxitekturada Suzadagi saroy, Persepol saroyi
o„sha davrning yuksak na‟munasi hisoblanadi.
Mil.avv. I ming yillikning birinchi yarmiga kelib Gretsiya va Misrdan O„rta
Osiyo va Hindistonga qadar ulkan hududlarda tashkil topgan Ahamoniylar davlati
ko„pgina davlatlar, xalqlar va elatlarning turli tomonlama aloqalarida muhim
ahamiyatga ega bo„ldi. Doro I hukmronligi davrida "SHoh yo„li" nomini olgan
savdo-tranzit yo„li o„z faoliyatini boshlagan edi.
Ahamoniylar davlati tarkibiga kirgan O„rta Osiyo qadimgi tarixiy-madaniy
viloyatlaridagi shahar va qishloqlardan Persepol, Suza va imperiyaning boshqa
shaharlariga eltuvchi savdo-tranzit yo„llari mil.avv. VI-IV asrlarda mintaqaning
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega bo„lgan edi. Bu
yo„lning bir tarmog„i mil.avv. VI-IV asrlarda Kichik Osiyo shaharlarini hamda
O„rta Er dengizi bo„yidagi Efes, Sardi shaharlarini Eronning markazlaridan biri -
Suza bilan bog„lagan bo„lsa, yana bir tarmog„i Erondan Baqtriya orqali o„tib
Oltoygacha borgan. Baqtra - Marv -Nisa - Ekbatan - Persepol - Suza yo„nalishidagi
markaziy aloqa yo„liga O„rta Osiyoning shimolidan, Qadimgi Sug„d shaharlaridan,
mintaqaning shimolidagi ko„chmanchi chorvadorlar egallagan hududlardan
keluvchi yo„llar Baqtriyadan keluvchi yo„lga Murg„ob vohasining markaziy shahri
bo„lgan Marvda qo„shilgan bo„lib, bu shahar "SHox yo„li"ning muhim bo„g„inini
tashkil etgan.
Xullas, mil.avv. I ming yillikning o„rtalaridan boshlab mavjud "Dasht yo„li",
"Oltin yo„li", "SHoh yo„li" kabilardan nafaqat, turli qabilalar va xalqlarning bir
hududdan boshqa hududga ko„chishida, turli hududlarda yashovchi qabilalarning
o„zaro madaniy va iqtisodiy aloqalarida, balki harbiy-siyosiy maqsadlarda ham
izchil foydalanilgan. Bu holat avval Ahamoniylar, so„ngra esa Aleksandr
Makedonskiy yurishlari yo„nalishlarida yaqqol kuzatiladi.
2. savolga javob
Misr sivilizatsiyasining yana bir yutug„i – yozuv, ilm-fan, adabiyot va san‟at
hamda me‟morchilikdir. Misrliklar o„z yozuviga (ieroglif) hamda o„lchov
birliklariga ega bo„lishgan. Kutubxonalarni “hayot uyi” deb atashgan. Qadimdayoq
astronomiya, tibbiyot, matematika fanlarini yaxshi bilishgan. Peramida va
maqbaralar qurilishi Misr sivilizatsiyasining yuksak cho„qqilarga olib chiqadi. SHu
bilan birga, yangi qarashlar, insoniylik va qadriyatlar adabiyot va san‟atda o„z
ifodasini topadi.
Ptolemey o„z poytaxtiga Musey va kutubxonani hadya etdilar. Musey (so„zma-
so„z ilhom parilarining joyi) tadqiqiy markazga aylandi. Olimlar monarxning saxiyligi
bilan to„liq ta‟minlanib, ish uchun barcha zaruriy narsalar, ya‟ni kolleksiya, instrument,
btotanika va zoologiya bog„lariga ega edilar. kutubxona fondlari doimo o„sib borar edi,
unga sotib olingan Arastu kutubxonasi va Sezar davridagi 700 mingta asar ham
kiritilgan edi. Sirakuza, Tarento, Pergama shaharlarida ham kutubxonalar paydo
bo„ldi. Asta-sekin yuqori intelektual adabiyotga qiziqish rivojlandi, tragediya yo„q
bo„lib, uning o„rniga komediya keldi. Miloddan avvalgi 4 asrdan so„ng paydo bo„lgan
komediya hayotni aniqroq tasvirlashga intilgan edi, unda qullar haqidai syujet,
zobitlarning maqtovlari, parodiyalar paydo bo„ldi.
Ellinizm davridagi she‟riyat Iskandariya she‟riyati deb nomlanadi, chunki
mashhur shoirlarning aksariyati aynan Aleksandriyada saroyda yashagan, bundan
monarxni cheksiz maqtash motivi kelib chiqadi. Sirakuzada tug„ilgan Feokrit Sitsiliya
peyzajini “Sirakuzalik ayollar” va “Jodugarlar” deb nomlangan poemalarda ko„rsatib
beradi. “Sabablar”, “Elegiya”, “Madhiyalar” muallifi olim Kallimax Iskandariyada
kutubxonachi bo„lib qoldi.
Ossuriyaning mashhur kutubxonasida 600 mingga yaqin kitoblar to„planib
Ashshurbanipal davrida rivojlanadi.
3. savolga javob
Do'stlaringiz bilan baham: |