Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Individuallik borlig‗i.
Nima uchun bilish jarayonida insonning ichki 
dunyosi doim birinchi o‗rinda turadi? Nima uchun inson borlig‗i narsalar borlig‗ini 
tushunishda aksariyat mualliflarga tayanch nuqtasi bo‗lib xizmat qiladi? Bu 
savollarga javobni qisman fransuz faylasufi A.Bergson (1859-1941)ning quyidagi 
so‗zlaridan topish mumkin: «Mavjud barcha narsalar orasida eng ishonchlisi va 
bizga ko‗proq ma‘lum bo‗lgani, hech shubhasiz, bizning o‗z mavjudligimizdir, 
zero bizda boshqa narsalar haqida mavjud tushunchalarni sirtqi va yuzaki deb 
hisoblash mumkin, holbuki o‗z-o‗zini bilish ichki, teran bilishdir»
1
.
Odamlar asrlar osha o‗zlariga o‗zlari nazar tashlab, o‗z ichki dunyosini tahlil 
qilish va o‗z mohiyatini tushunishga urinish yo‗li bilan ba‘zi bir shak-shubhasiz 
tamoyillarni aniqlaganlar. Ular orasida inson tana va ruhning uzviy birligidir degan 
tamoyil, birinchi o‗rinda turadi. Zero bu inson mavjudligining mutlaq va zaruriy 
omilidir. Ayni vaqtda bu birlikning yo‗qolishi, uning uzilishi muayyan individning 
o‗limini, u fikrlovchi jonzot sifatida borliqdan yo‗qlikka o‗tishini anglatadi. Bunda 
tana tabiiy-jismoniy tuzilma sifatida inson o‗limidan keyin ham ma‘lum vaqt 
mavjud bo‗ladi, ya‘ni o‗z borlig‗ini muayyan darajada saqlaydi. Ammo borliq 
ma‘nosidagi individual ruh, ongdan asar ham qolmaydi. Mohiyat e‘tibori bilan 
ularning yo‗qolishi muayyan insonning o‗limini, individuallik yo‗q bo‗lganini 
anglatadi.
Inson borlig‗ida ongning tabiati. 
Ong inson borlig„ining asosi. 
Ong 
muammosini echishga nisbatan yangicha yondashuvlar hozirgi zamon 
falsafasining irratsionalistik oqimlariga (lot. Irra Ongning tabiati.) mansub. Ong 
muammosi o‗ta murakkab muammolardan biri bo‗lib, falsafada doim qizg‗in bahs 
1
Бергсон А. Творческая эволюция. – М.: 1984. – С.1.


292 
va munozaralarga sabab bo‗lib kelgan. Bu bahs va munozaralar hozir ham tugagani 
yo‗q.
Ongning tabiati shunday: u hissiy idrok etiladigan ob‘ektiv borliqni 
tushunish va aks ettirish uchun biz yuqorida foydalangan aksariyat ko‗rsatkichlar 
va tavsiflarga mos kelmaydi. Ongni o‗lchash, biron-bir tarzda miqdoriy ifodalash, 
sezish yoki kuzatish mumkin emas, zero uning massasi ham, energiyasi ham yo‗q, 
shuningdek u moddiy ob‘ektlar kabi muayyan shakl-shamoyilga ham ega emas.
Ong shak-shubhasiz mavjud, ammo u mavhum bo„lib, balki bilvosita – 
odamlar tili va muayyan faoliyati orqali namoyon bo„ladi.
Binobarin, inson 
borlig‗ining bu elementlarini tahlil qilmasdan ongning mohiyatini aniqlash 
mumkin emas. Mazkur tahlil ongning biologik jihatini ham o‗z ichiga oladi, zero 
uning mavjudligi inson bosh miyasi faoliyati bilan uzviy bog‗liq. SHu sababli 
ongning tabiati nafaqat falsafada, balki fiziologiya, psixologiya, sotsiologiya, 
kibernetika, informatika va boshqa ijtimoiy va tabiiy fanlarda ham o‗rganiladi.
Ayni vaqtda mazkur muammo o‗ta murakkabligi tufayli uning falsafiy 
talqini ayrim fanlar uchun muhim metodologik rol o‗ynaydi. Ularning natijalari 
esa, o‗z navbatida, ongning tabiati xususidagi falsafiy mulohazalar uchun asos 
bo‗ladi. Ongning tabiati masalasining qo‗yilishi va unga berilgan tegishli javob
odatda, barcha keyingi falsafiy, chunonchi: ontologik, gnoseologik, ijtimoiy va 
boshqa mavzulardagi mulohazalarning yo‗nalishini belgilaydi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish