Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Ijtimoiy borliqning eng muhim jihatlari qatoriga uning muayyanligi, yakka, 
xususiy va umumiy tomonlarining birligi, shuningdek, tarixiylik ham kiradi



41 
Ijtimoiy borliq ijtimoiy o‗zgarishlarning ob‘ektiv-umumiy jarayonidir. Ammo u 
o‗ziga xos xususiyatlardan ham xoli emas. SHu ma‘noda ijtimoiy borliq ijtimoiy 
ijod turi sifatida ham amal qiladi va ijtimoiy ong bilan uzviy bog‗liq holda 
namoyon bo‗ladi. 
Ijtimoiy borliq ayrim individ va avlodning ongiga nisbatan birlamchi bo‗lgan 
ob‘ektiv ijtimoiy voqelik sifatida namoyon bo‗ladi. Har bir avlod hayotga qadam 
qo‗yar ekan, o‗tgan davrda yuzaga kelgan muayyan moddiy shart-sharoitlarga va 
ma‘lum ijtimoiy munosabatlarga duch keladi. Jamiyatning rivojlanish darajasi va 
ishlab chiqarish usuli hayotga qadam qo‗yayotgan avlodning xohish-irodasi va 
ongiga bog‗liq bo‗lmagan, lekin uning ongini ko‗p jihatdan belgilovchi omillarga 
aylanadi. SHu sababli, borliq ongni belgilaydi, degan tezis haqiqiy ontologik 
holatni aks ettiradi. Ijtimoiy borliqning qonuniyatlari va qarama-qarshiliklarini 
o‗rganish muayyan davrning siyosiy, falsafiy va diniy yondashuvlari mohiyatini 
tushunish imkonini beradi. Ijtimoiy borliq ijtimoiy ongga bir qancha bog‗lovchi 
bo‗g‗inlar, chunonchi: davlat tuzumi, xo‗jalik va huquqiy normalar, siyosiy 
institutlar va ma‘naviy tamoyillar orqali ta‘sir ko‗rsatadi.
Ayni vaqtda, ijtimoiy borliq ijtimoiy ongga nisbatan muhim rol o‗ynagan 
holda, undan mustaqil bo‗ladi. Bu ijtimoiy ongning rang-barang shakllari (fan, din, 
falsafa, huquq, mifologiya, san‘at)da namoyon bo‗ladi. Ijtimoiy ongning mazkur 
shakllari amal qilishi va rivojlanishining alohida o‗z ichki mantiqiga ega bo‗lib, u 
moddiy amaliyotning rivojlanish qonunlaridan farq qiladi. Ijtimoiy borliq 
o‗zgarishlari ijtimoiy ongning barcha shakllarini yangidan yaratmaydi, balki 
o‗zgarishlar jarayonida ba‘zi ilmiy, falsafiy, badiiy g‗oyalarda o‗z vorisiyligini 
saqlab qolishi ham mumkin. YA‘ni yangi g‗oyalarda eski an‘analar ta‘siri seziladi. 
Ijtimoiy borliqdagi o‗zgarishlar ijtimoiy ongning barcha shakllarida darhol va o‗z-
o‗zidan o‗zgarish yasay olmaydi. Ijtimoiy ong ijtimoiy borliqning mazkur 
rivojlanish darajasi bilan aloqador bo‗lgan muayyan xususiyatlarni ko‗p jihatdan 
tushuntiruvchi an‘analar, urf-odatlar va udumlarga (mustahkamlovchi va inersion 
elementlar sifatida) tayanadi. Ayni vaqtda ijtimoiy ong ijtimoiy borliqning 
rivojlanish tendensiyalarini oldindan aniqlashi mumkin. Bunda ijtimoiy ongning 
faolligi namoyon bo‗ladi va natijada omma ongini jalb etgan g‗oyalar haqiqiy 
kuchga aylanadi.
Ijtimoiy borliq o‗z mohiyatiga ko‗ra ijtimoiy muhitning umumiy sharoitida 
yashovchi insonlarning qarashlari, intilishlari va manfaatlarining birligi hamdir. U 
muayyan davr vakillari qarashlarining birligini nazarda tutadi. Ijtimoiy ong tarixi 
ijtimoiy borliq tarixini aks ettirib harakatlanadi. U jamiyatning o‗zligi, ijtimoiy 
borlig‗i va o‗zini qurshagan muhitni anglab etishidir. Ijtimoiy ongdagi 
o‗zgarishlarga ijtimoiy borliqdagi o‗zgarishlar zamin yaratadi. Ijtimoiy ongning 
tarixan shakllangan me‘yorlari alohida shaxslar ongini ko‗p jihatdan belgilashi, shu 
ma‘noda, ijtimoiy ong jamoaviy aql sifatida amal qilishiga qaramay, ayrim 
kishilarga nisbatan mazkur shaxs ongining individual o‗ziga xosligi to‗g‗risida so‗z 
yuritish o‗rinli bo‗ladi. CHunki, bu ong ushbu individ bilan birga tug‗iladi, u bilan 
birga butun hayot yo‗lini bosib o‗tadi va u bilan birga o‗ladi.
Xullas, 
o„ziga xoslik va individuallikni hisobga olgan holda, asosan, 
umumiylikka tayanadigan falsafa nuqtai nazaridan fikr yuritsak, borliq – biron-bir 


42 
narsaning mavjudligini ifodalovchi eng mavhum tushuncha, degan ta‟rif o„rinli 
bo„ladi. Bunda borliq hamma narsa va hodisalarni qamrab oluvchi voqelik, 
mavjudlik hamda mavjud narsalar haqidagi eng umumiy tasavvur sifatida 
tushuniladi
.
O‗ziga berilgan qisqa umr davomida saodatga erishishga intiluvchi insonni 
nazardan qochirmay, borliq muammosining mohiyatini teran tushunishga harakat 
qilinsa, «O‗z hayotining ma‘nosi va ahamiyatini anglovchi inson borlig‗i qanday 
bo‗lishi kerak?» Bunday savolga javob bir andozaga solingan qoidalar hukmiga 
bo‗ysunmaydi. Zero, har kimning o‗ziga xosligi va betakrorligi e‘tirof etilar ekan, 
ularning o‗z borlig‗i muammolarini mustaqil echish huquqini ham tan olish lozim. 
Bunda javoblar bisyor, chunki borliq, mutafakkirlar juda to‗g‗ri ta‘kidlaganidek, 
«umuman ochiq masala»dir.
SHunga qaramay, bir narsa ravshan: borliq ekzistensial salmoqqa ega 
bo‗lgan alohida kategoriyadir. U mavjudlik va substansiya masalasining 
umumiyligiga asoslanadi. Bunda, bir tomondan, narsa va hodisalar mavjudligining 
rang-barang ko‗rinishlari, boshqa tomondan - ularning mohiyati, ma‘nosi va 
ahamiyati asosidagi borliqning o‗ziga xos xususiyatlarini vujudga keltiradi. 
Umuman, borliq substansiya va mavjudlikka asoslanadi. Biroq, afsuski, borliqni 
anglashda to‗liq mushtaraklikka erishish deyarli mumkin emas. Ko‗pincha 
mavjudlik moduslari haqiqiy mohiyatdan ancha uzoqda turadi. Bunda bor narsani 
borliq deb qabul qilishga to‗g‗ri keladi, natijada borliq aniq bir narsa sifatini kasb 
etadi va moddiylik maqomiga ega bo‗ladi. Bu mavjud hamma narsa borligini 
anglatadi, «borliq» tushunchasi esa empirik mavjudlikni qayd etish bilan teng 
darajaga tushib qoladi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish