Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Tabiat borlig‗i.
Tabiat borlig„i jismlarning mavjudlik sharoiti bo„lib, u ong 
yuzaga kelishidan oldin mavjud bo„lgan, ongdan tashqarida va undan qat‟iy nazar 
mavjuddir.
Biroq, tabiiy jarayonlar va tabiat holatlari haqida aynan inson fikrlaydi, 
so‗z yuritadi. Tabiatning azaliy birlamchiligi va insonga bog‗liq emasligini 
insonning o‗zi tasdiqlaydi. 
Tabiat makon va vaqtda cheksizdir. U tadrijiy rivojlangani va o‗zgarganiga 
qaramay doimiy tarzda mavjud bo‗ladi. Bu o‗ziga xos xususiyat tabiatning ayrim 
narsalari, holat va jarayonlariga xos emas. Ularning borlig‗i yo‗qlikka aylanadi. 
Ayrim narsaning borlig‗i tugab, u o‗z o‗rnini yo‗qlikka bo‗shatsa, bu tabiatning 
borlig‗i tugaganini anglatmaydi.
Tabiat - ob‟ektiv va birlamchi borliqdir. Er tabiati milliard yillar mavjud 
bo„lganidan keyin boqiy tabiat ta‟sirida inson va uning ruhi vujudga kelgan.
Aslida tabiat uchun mavjud bo‗lish inson tomonidan idrok etilish, degan ma‘noni 
anglatmaydi. Tabiat insonsiz ham, uning idrokisiz ham yashayveradi. SHu 
ma‘noda u ob‘ektiv va birlamchi borliqki, usiz inson hayoti va faoliyati bo‗lishi 
mumkin emas.
Birlamchi tabiat jonli ruhsiz jismlardan, ya‟ni ko„payish qobiliyatiga ega 
bo„lgan, atrof muhit bilan moddalar va energiya almashinuvini amalga 
oshiradigan, lekin ongga ega bo„lmagan barcha narsalar, ya‟ni sayyoramiz 
hayvonot va o„simliklar dunyosini o„z ichiga olgan butun biosferadan iborat.

barcha jonli narsalardan butunlay farq qiladi. Borliqning birinchi shakli – tabiat 
nafaqat tabiatni, balki ikkinchi antropologik – inson tomonidan yaratilgan tabiatni 
ham o‗z ichiga oladi. Ular o‗rtasida farq bormi? SHubhasiz, bor. Insonning bu 
asosiy farqi uning 
ongida
, ideal obrazlar bilan ish ko‗rish, ya‘ni mavhum fikrlash 
1
Поппер К. Логика и рост научного знания.-М.: 1996.-С.110 


37 
va o‗zini fikrlovchi jonzot sifatida anglash qobiliyatida namoyon bo‗ladi. 
Ikkilamchi tabiat shaklida inson mehnati va bilimi moddiylashgan, ular odamlar 
hayot faoliyatida muayyan vazifani bajarish uchun mo„ljallangan va shu sababli 
azaldan teleologik, ya‟ni maqsadga muvofiqlik xususiyatiga ega.
Vaholanki, 
tabiatning rivojlanishi tabiiy-tarixiy qonuniyatga bog‗liq bo‗lib, uni oldindan 
belgilash va muayyan maqsadga bo‗ysundirish mumkin emas. Ikkilamchi tabiat 
borlig‗ini uning o‗z-o‗zidan rivojlanish mantig‗iga ko‗ra, tushunib bo‗lmaydi. 
Tabiat mashina ham, lokomotiv ham, elektr asboblar ham yasamaydi. Bularning 
barchasi - inson mehnati mahsuli, tabiat yoki insonning tabiatdagi faoliyatini 
boshqaruvchi inson xohish-irodasi organiga aylantirilgan tabiiy materialdir. 
Bularning hammasi - inson qo‗li bilan yaratilgan inson miyasi organlari, bilimning 
moddiylashgan kuchidir. 
Ikkilamchi tabiatning borlig„i tabiiy material va 
moddiylashgan ma‟naviy (ideal) mazmun, moddiylashgan faoliyat hamda ijtimoiy 
vazifa birligidan hosil bo„lgan. Mazkur borliq nafaqat o„tmish, hozirgi zamon, 
balki kelajak avlodlar qarshisidagi majburiyatdan kelib chiqqan borliq sifatida 
namoyon bo„ladi. 
Ba‘zan birlamchi – tabiat bilan ikkilamchi – inson tomonidan yaratilgan 
tabiat o‗rtasidagi farqlar «tabiiy narsalar dunyosi» va «sun‘iy narsalar dunyosi» 
atamalari bilan ifodalanadi. Ushbu farqlash nisbiy bo‗lsa-da, shu ma‘noda o‗rinliki, 
birinchi tabiat – inson, kishilik sivilizatsiyasi, hattoki, insoniyatning mavjudligi 
ham o‗tkinchi bo‗lganini isbotlaydigan cheksiz va boqiy borliqdir. Ikkilamchi 
tabiat – sun‘iy narsalar dunyosi inson mavjudligining makon va vaqt chegaralari 
bilan bog‗liq mevasi tarzida namoyon bo‗ladi.
Birlamchi tabiat nazariy jihatdan tabiatshunoslikning asosiy qonunlari 
yordamida o‗zlashtiriladi. Sun‘iy narsalar dunyosida tabiat qonunlari odamlarning 
o‗zgartiruvchi faoliyati orqali bog‗lanadi, ularning turli shaxsiy va ijtimoiy 
manfaatlari bilan to‗qnashadi. SHu sababli ikki dunyo o‗rtasida nafaqat uyg‗unlik 
va mushtaraklik munosabatlari, balki ziddiyat hamda qarama-qarshiliklar ham 
yuzaga keladi. Bugungi kunda mazkur ziddiyatlar ba‘zi joylarda ekologiya va 
energetika tanqisligi muammolari ko‗rinishida namoyon bo‗lmoqda
.
Xullas, borliq sof tabiat borlig„i (ya‟ni inson va uning faoliyatidan qat‟iy 
nazar mavjud bo„lgan narsalar va jarayonlar borlig„i) va qo„lda yaratilgan tabiat 
borlig„i (yoki odamlar tomonidan yaratilgan narsalar, jarayonlar borlig„i)ga 
bo„linadi.
Tabiat makon va vaqtda cheksiz hamda abadiydir. Ikkilamchi yoki inson 
tomonidan yaratilgan tabiat birlamchi tabiatga bog‗liq. Bir tomondan, ikkilamchi 
tabiatda birlamchi tabiat materiali, boshqacha aytganda ob‘ektiv, birlamchi borliq 
mujassamlashgan, boshqa tomondan esa – unda insonning mehnati, irodasi va 
bilimlari, uning qalbi o‗z ifodasini topgan. 
Ikkilamchi tabiat – bu mehnat qurollari 
va sharoitlari, aloqa vositalari, inson ruhining ehtiyojlari, ma‟rifatli borliq, 
moddiy va ma‟naviy madaniyatni belgilovchi barcha narsalar va jarayonlardir.
 
Inson yaratgan narsalar borlig‗i ko‗p jihatdan insonning o‗z borlig‗i bilan 
bog‗lanadi, zero u bunyod etgan «ikkilamchi tabiat» avvalo uning turli-tuman 
ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. SHu sababli «ikkilamchi tabiat»ning 
aksariyat predmetlari borlig‗i odamzot borlig‗i kabi o‗tkinchidir. Umuminsoniy 
ahamiyat kasb etadigan muhim asarlar, odamlarning ko‗plab avlodlari uchun 


38 
qimmatli bo‗lgan moddiy madaniyat mahsullarigina o‗z borlig‗ini ma‘lum darajada 
uzaytirish imkoniyatiga egadir.
Ammo tarix «birlamchi tabiat»ga xos bo‗lgan vayronkor jarayonlar 
parchalanish, emirilish, oksidlanish va sh.k., shuningdek tez-tez takrorlanib 
turadigan tabiiy ofatlar va ijtimoiy tangliklar bu oz sonli imkoniyatni yanada 
kamaytiradi. SHunga qaramay insonning yangi narsalar yaratish jarayoni ularning 
yo‗q bo‗lish jarayonidan ildamroq kechmoqda. SHuningdek, kuni bitgan eski 
narsalar o‗zining avvalgi borlig‗ini yo‗qotib, asosan chiqindi, axlatga va tabiiy 
muhitga yot bo‗lgan o‗zga lash-lushlarga aylanadi.
Pirovardida sun‘iy muhit tinimsiz yangilanib, hajman ko‗payadi va 
kengayadi, tabiiy muhitni chetga chiqarib, uning o‗rnini bosa boshlaydi. Erda 
odamlar soni o‗sgani sari bu jarayon tobora faollashib boradi.
Ammo Er, ayniqsa uning inson yashashi uchun yaroqli hududlari 
sayyoraning olti milliarddan ortiq aholisi uchun torlik qilmoqda. Holbuki, 
ko‗rsatilgan vaziyatga qaramay, Er aholisi soni jadal sur‘atlarda o‗sishda davom 
etmoqda. Bu nomutanosiblik so‗nggi vaqtda «birinchi» va o‗ta kattalashgan 
«ikkilamchi» tabiat o‗rtasida yuzaga kelgan ziddiyatni yanada kuchaytirmoqda.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish