Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet281/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Munosabat
. Aloqa tushunchasi o„zaro aloqa, harakat, munosabat 
tushunchalari orqali yoritiladi
. «Hozirgi zamon falsafa lug‗ati»da
1
munosabat 
tushunchasi «narsalarning o„zaro mavjudlik usuli, ularda yashirin xossalarning 
namoyon bo„lish omili» sifatida ta‟riflangan
. Bu ta‘rifda munosabatni tavsiflovchi 
quyidagi jihatlar farqlanadi: birinchidan, narsalarning o‗zaro mavjudligi, 
yaqinlashuvi, birlashuvi. Ikkinchidan, munosabat narsaning xossalarini namoyon 
etish, ya‘ni harakatga keltirish usuli sifatida amal qiladi. Uchinchidan, narsalarning 
birlashuvi sifatidagi munosabat ta‘sirida kooperativ effekt, ya‘ni 
narsalar 
holatlarining bir-birini o„zgartirishi
yuz beradi. Bunda munosabat yuzaga 
kelgunga qadar yashirin holda mavjud bo‗lgan narsalarning xossalari bir-biriga 
o‗tadi va namoyon bo‗ladi. 
Xullas,
 
munosabat, bir tomondan, narsalarning o„zaro aloqasini, boshqa 
tomondan esa – ularning alohida-alohida mavjudligini nazarda tutadi.
O‗zaro ta‘sir 
narsalarning o„zaro aloqadorligini, ular bir-biriga ta‟sir 
ko„rsatishi va bir-birini o„zgartirishini anglatadi.
Ammo o‗zgarish – harakat 
falsafiy tushunchasining sinonimidir. Binobarin, umumiy aloqaning tan olinishi 
bizni muqarrar tarzda borliqning o‗zgaruvchanligi umumiy xususiyatini tan olishga 
olib keladi. Umuman o‗zgarish sifatida tushuniladigan harakat butun olamni 
qamrab oladi, dunyoda hamma narsa muayyan paytda vujudga keladi, tadrijiy 
rivojlanadi, o‗zgaradi va g‗oyib bo‗ladi (o‗ladi, halok bo‗ladi, barham topadi). 
Demak, har qanday hodisa o‗z tarixiga ega. Ayni shu sababli tabiat va jamiyat 
hodisalarini o‗rganishga nisbatan tarixiy yondashuv zarur.
O„zgarishlar o„z xususiyati va yo„nalishiga ko„ra tartibsiz o„zgarishlar, 
aylanma harakatlar, jismlarning makonda bir joydan boshqa joyga mexanik 
1
Қаранг: Современнқй философский словарь / Под ред. В.Е.Кемерова. – М.: 2004. – С.497.


361 
ko„chishida namoyon bo„lishi mumkin. Rivojlanish o„zgarishning alohida tipi 
hisoblanadi.
Dialektika kategoriyalari umumiy aloqalarning o‗zgarish va rivojlanish 
manbai sifatidagi tavsifini to‗ldiradi, harakatlanayotgan, tadrijiy rivojlanayotgan 
dunyoning keng manzarasini yaratish imkonini beradi. Biron-bir aloqalar va o‗zaro 
ta‘sirlarsiz mavjud bo‗lishi mumkin bo‗lgan ob‘ektlar amalda mavjud emas. 
Dialektikaning muhim belgilaridan biri va umumiy aloqa tamoyilining mazmuni 
aynan ob‘ektlarning har tomonlama o‗zaro aloqalari va o‗zaro ta‘sirlarini hisobga 
olishdan iborat.
SHunday qilib, dialektika moddiy dunyoda hukm suruvchi umumiy aloqani 
aniqlashni talab qiladi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish