199
guruhida ifodalangan faoliyat turlarining uchinchi guruhi Erning o‗z-o‗zini tartibga
solish tizimiga tahdid tug‗diradi.
Dunyo miqyosidagi ekologiya muammosini hal qilishda irsiy injeneriya
jiddiy yordam ko‗rsatishi mumkin. Lekin, shu bilan birga, uning zamirida
biosferaga tahdid ham yashirin. Masalan, irsiy injeneriya usullaridan qishloq
xo‗jaligida foydalanish, xususan, ular yordamida har xil ekinlar (masalan,
bug‗doy)ning yangi navlarini yoki yangi o‗simliklar yaratish genetik axborotning
buzilishiga olib kelishi mumkin. «O‗simliklarning inson tomonidan o‗zlashtirilgan
madaniy navlari va hayvon zotlari... atrof muhitni biotik tartibga solish kobiliyatini
yo‗qotgan. Inson biosferani to‗lik o‗zlashtirsa, biotik tartibga solishga putur etgan,
inson dunyo miqyosida atrof muhitni texnogen boshqarishni amalga oshirishiga
to‗g‗ri kelgan bo‗lar edi. Lekin atrof muhitni biotik tartibga solishni texnogen
boshqarish bilan almashtirish mumkin emas»
1
. Xullas, irsiy injeneriya usullaridan
foydalanish zamirida atrof muhitga muayyan tahdid yashirinib yotadi.
Ayni vaqtda, dunyo miqyosidagi ekologiya muammosini hal qilish va
biosferaning tiklanish qobiliyatini ta‘minlashda irsiy injeneriyadan foydalanishning
ijobiy jihatini ham qayd etib o‗tish lozim. Avvalo yuqorida zikr etilgan
muammolardan biri - sayyoramizning biologik rang-barangligiga tahdid
muammosini hal qilish mumkin. Hozirgi vaqtda tadqiqotchilar inson genomining
to‗liq
tuzilishini
aniqlashga
yaqinlashmoqdalar.
Akademik
V.T.Ivanov
tadqiqotlarning mazkur yo‗nalishini quyidagicha tavsiflaydi: «Endilikda
kimyogarlar oqsillarni sintez qila oladilar. Hozircha 100 tagacha, ayrim xollarda
esa - 200 tagacha aminokislota koldiqlaridan iborat oddiy oqsillar olinmoqda.
DNKning ancha katta qismlari, shu jumladan ayrim genlar va genomning har xil
tartibga soluvchi qismlari sintez qilinmokda. SHunday qilib, hayotning ikki asosiy
elementi kimyoviy sintez qilinmoqda. Agar olimlarga kimyoviy yo‗l bilan oddiy
viruslarni olish vazifasi yuklanib, ularga tegishli mablag‗lar ajratilsa, ular bu
vazifani bajarishiga ishonish mumkin. Modomiki mikroorganizmlarni sintez qilish
mumkin ekan, kelajakda murakkabroq organizmni yaratish masalasi kun tartibiga
qo‗yilishi muqarrardir. Biologlar hozirning o‗zidayok genetik apparatga aralashish
va genetik materialni sun‘iy yo‗l bilan olish orqali tabiatda mavjud bo‗lmagan tirik
organizmlarni yarata oladilar»
2
. Bizning nazarimizda, irsiy injeneriya usullaridan
eng avvalo XX asrda yo‗q bo‗lib ketgan o‗simliklar va hayvonlarning
ko‗pgina turlarini tiklash uchun foydalanish lozim. SHunda sayyoramiz biologik
rang-barangligi kamayishining oldini olish va dunyo miqyosidagi ekologiya
muammosini hal qilish yo‗lida muhim qadam tashlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: