Net framework



Download 13,76 Kb.
Sana10.04.2023
Hajmi13,76 Kb.
#926547
Bog'liq
Jon fon Neyman tamoili


.NET Framework – 2002 yilda Microsoft tomonidan chiqarilgan dasturiy platforma. Platformaning asosini turli dasturlash tillari uchun mos bo‘lgan umumtillar Common Language Runtime (CLR) muhitidan foydalanish tashkil etadi. CLR funksional imkoniyatlari ushbu muhitdan foydalanadigan har qanday dasturlash tili uchun o’rinli. .NET Framework hozirda .NET sifatida ishlab chiqilmoqda.
Aytishlaricha, .NET Framework Microsoft kompaniyasining Sun Microsystems (hozirda Oracle kompaniyasiga tegishli) ning usha vaqtda tobora ommalashib borayotgan Java platformasiga javobi deb hisoblashadi.
.NET Framework Microsoft korporatsiyasining xususiy texnologiyasi bo‘lib, rasmiy ravishda Windows oilasining operatsion tizimlarida ishlash uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, .NET Framework dasturlarini boshqa operatsion tizimlarda ishlatish imkonini beruvchi mustaqil loyihalar (birinchi navbatda Mono va Portable.NET) ham mavjud.

Cho‘g‘lanma simli elektron vakuumli lampalarga asoslangan birinchi elektron hisoblash mashinasi 1946 yilda Pensilvaniya universitetida artilleriyachilar buyurtmasiga ko‘ra yaratilgan va ENIAC (Electronic Numeral Integrator and Computer) deb nomlangan.


1940-yillarning o‘rtalarida saqlangan dasturli mashinalar samaraliroq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadigan nazariy ishlanmalar paydo bo‘ldi. Bu yo‘nalishda, birinchi navbatda, Norbert Viner va Jon fon Neymanning ishlarini ta‘kidlash o‘tish kerak.
Samarali elektron raqamli hisoblash mashinalarini yaratish bo‘yicha ba’zi tavsiyalar Viner tomonidan 1940 yilda analog hisoblash mashinalarni yaratuvchisi V. Bushga yuborilgan doklad yozuvlarida bayon etilgan.
Keyinchalik, “Kibernetika” kitobida Viner shunday yozgan:
«Hozirgi vaqtda hisoblash mashinalarning ikki turi mavjud:

  • analog mashinalar deb ataladigan Bush differensial analizatoriga o‘xshash mashinalar. Ularda ma‘lumotlar qandaydir uzluksiz shkala (mashtab)da o‘lchangan miqdorlar bilan ifodalanadi, shuning uchun mashinaning aniqligi ushbu shkalani qurishning aniqligi bilan belgilanadi;

  • raqamli mashinalar deb ataladigan oddiy arivmometr mashinasiga o‘xshash mashinalar; ularda ma’lumotlar bir nechta imkoniyatlardan bir qator tanlovlar bilan ifodalanadi va aniqlik har bir tanlovda individual imkoniyatlarni farqlashning aniqligi va qilingan tanlovlar soni bilan belgilanadi.

  • машины, подобные обычному арифмометру, которые называются цифровыми машинами; в них данные изображаются серией выборов из нескольких возможностей, а точность определяется четкостью различения отдельных возможностей при каждом выборе и числом сделанных выборов.

Raqamli mashinalar har qanday holatda ham aniq hisob-kitoblar uchun yaxshiroq ekanligini ko‘ramiz va ikkilik tizimli bu mashinalar eng yaxshisidir, ular har bir tanlov uchun faqat ikkita imkoniyatga ega. Bizning o‘nlik shkalasi bo‘lgan mashinalardan foydalanishimiz shunchaki tarixiy voqea tufayli, barmoqlar soniga asoslangan o‘nlik tizim hindlar o‘zlarining buyuk kashfiyoti paytida nolning qiymatini va pozitsion sanoq tizimining afzalliklarini ochib bergan paytda allaqachon ishlatilgan». Va biroz oldinroq: «Ideal hisoblash mashinasida barcha ma’lumotlar ish boshida mashinaga kiritilishi kerak, keyin esa ish oxirigacha inson aralashuvidan imkon qadar ozod bo‘lishi kerak. Bu shuni anglatadiki, birinchi navbatda barcha raqamli ma’lumotlar emas, balki hisob-kitoblar jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday vaziyatni hisobga oladigan ko‘rsatmalar shaklida ularni birlashtirishning barcha qoidalari ham kiritilishi kerak. Shuning uchun hisoblash mashinasi nafaqat arifmetik, balki mantiqiy mashina ham bo‘lishi va tizimli algoritmga muvofiq imkoniyatlarni birlashtirishi kerak. Xususiyatlarni birlashtirish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan ko‘plab algoritmlar mavjud; ammo ularning eng oddiyi mantiq algebrasi yoki bul algebrasi sifatida tanilgan».
Prinston institutining professori Jon fon Neyman tomonidan o‘zining “Avtomatlarning umumiy va mantiqiy nazariyasi” ilmiy ishida taklif qilingan EHMni qurishning keng tarqalgan kontseptsiyasi Viner konsepsiyasi bilan ko‘p umumiyliklarga ega.
J. fon Neyman bo‘yicha EHMni tashkil etishning asosiy tamoyillari:
1. Ikkilik kodlash tamoili. Elektron mashinalar o‘nlik sanoq tizimida emas, balki ikkilik sanoq tizimida ishlashi kerak.
2. Dasturiy boshqarish tamoili. Mashina dastur bo‘yicha hisoblashlarni amalga oshiradi. Dastur, avtomatik ravishda ma’lum ketma-ketlikda birin-ketin bajariladigan buyruqlar to‘plamidan tashkil topadi.
3. Dasturni saqlash tamoili. Masalani yechish jarayonida uni bajarish uchun dastur kirish va yozishning yuqori tezligiga ega bo‘lgan mashinaning xotira qurilmasiga joylashtirilishi kerak.
4. Sonlar va buyruqlarni bir xil turda tasvirlash tamoili. Dastur, shuningdek, mashina ishlayotgan sonlar kabi ikkilik kodda yozilgan. Shunday qilib, buyruqlar va sonlar tasvirlanishi bo‘yicha bir xil turda bo‘lib, bu mashinaga dastur buyruqlari bo‘yicha operatsiyalarni bajarish imkonini beradi.
5. Xotira iyerarxiyasi tamoili. Yagona sig‘imli yuqori tezlikda saqlash qurilmasini amalga oshirishning qiyinligi xotiraning iyerarxik tuzilishini talab qiladi. Iyerarxiya kamida ikkita darajada bo‘lishi kerak: asosiy xotira va tashqi xotira.
6. Asosiy xotirani adreslash tamoili. Asosiy xotira tartib nomerga ega bo‘lgan yacheykalardan iborat bo‘lishi kerak, ularning har biri istalgan vaqtda o‘zining ikkilik adresi yoki unga berilgan nom bo‘yicha dastur uchun ruxsatli bo‘lishi kerak (yacheyka nomi dastur tomonidan beriladi va bu nomga mos keladigan adres dasturning butun bajarilishi davomida asosiy xotirada saqlanishi kerak).

Fon Neyman tomonidan taklif qilingan EHMning tuzilishi quyidagi qurilmalarni o‘z ichiga olishi kerak: boshqaruv qurilmasi, arifmetik qurilma, asosiy (tezkor) va tashqi xotira, dastur va ma‘lumotlarni kiritish qurilmasi, hisoblash natijalarini chiqarish moslamasi, qo‘lda boshqaruv paneli (2-rasm).
2-rasm. fon-Neyman EHMining tuzilishi
Viner va fon Neyman konsepsiyalari 40-yillarning oxiri va 50-yillarning boshlarida yaratilgan yangi EHMlarda tezda o‘z timsolini topdi. Birinchi navbatda, Amerika EHMlarini ta‘kidlash kerak: EDSAK, SEAK, EDVAK va birinchi ommaviy ishlab chiqarilgan ochiq sotilgan UNIVAC (1949) va IBM 701 mashinalari.
Download 13,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish