Ta'limda integrasiya konsepsiyasi.
Tabiiy fanlarning uslubiy an'analari va gumanitar bilish yo'llarining o'zaro to'ldiruvchanligi.
Sinergetik yondashuv: turli makrotizimlarni (fizik, ximik,biologik, texnik, iqtisodiy, ijtimoiy) tashkillanishining qonuniyatlari va tamoyillarining umumiyligi.
Tizimli yondashuv: integrasiya bu tizimlar tizimi, yuqoriroq darajada tizimlashtirish natijasi.
Gnoseologik yondashuv: integrasiya bu dunyoning yaxlit tasavvurini shakllantirish usuli va jarayoni.
Germenevtik yondashuv: integrasiya bu umumlashtirish, o'zaro bog'lash yo'lida ta'lim tizimida amalga oshiriladigan o'zgarishlarda, integrativ ta'limiy dasturlar, o'quv kurslari, darslar, tadbirlarni ishlab chiqishda namoyon bo'ladigan tamoyil.
Faoliyatli yondashuv: integrasiya bu dunyoni umumiy bilishni va amaliy masalalarni echishda insonni tizimli fikr yuritishini ta'minlaydigan vosita.
Axborotli yondashuv: integrasiya bu ta'lim mazmunini yangilanishining etakchi yo'nalishi – katta ilmiy muammo.
Rivojlantiruvchi ta'lim. Shaxs rivojlanishi nuqtai nazaridan integrasiya quyidagilar uchun sharoit yaratib beradi:
▬ anglashning yuqoriroq darajasiga ko'tarilish;
▬ bilishning individual – shaxsiy apparatini takomillashtirilishi;
▬ tafakkur erkinligining rivojlanishi;
▬ ta'lim oluvchilarda ijodkorlikni shakllantirish.
Rossiya ta'limida integrasiyaning quyidagi konsepsiya va texnologiyalari qo'llanilmoqda:
¬ ta'lim mazmunini integrasiyalashuvi, ko'pfanlikdan voz kechish, ta'lim sohalarini kattalashtirish;
¬ o'quv fanlar mazmunini umulashtirish;
¬ didaktik birliklarni kattalashtirish;
¬ o'quv fanlarini integrasiyalash (fizika+ximiya);
¬ turli texnologiyalar, usullarni birlashtirish;
¬ tarbiya va ta'lim, ta'lim va mehnat, maktab va jamiyatni birlashtirish;
¬ integrativ axborot texnologiyalari.
A.P.Pinkevich, A.G.Kalashnikovlar integrativ kurslarga qo'yiladigan talablar qatoriga quyidagilarni ham qo'shganlar:
1. O'quv materialining ilmiyligi;
2. Materialni o'quvchilar yoshiga mosligi;
3. O'quv muasasasi joylashgan hudud sharoitlarini inobatga olish;
4. Umumiy (faqat bir fan bilan chegaralanmagan) ko'nikmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi materialning mavjudligi;
5. Izlanish usullarni qo'llashga imkoniyat yaratuvchi materiallar;
6. Mazmun tanlashda o'quv muassasasi maqsadlaridan kelib chiqish;
7. Integrativ kursda ham vertikal integrasiya (fan ichidagi mavzular) gorizontal (parallel berirladigan har xil fanlar) integrasiyaning qo'llanilishi.
Integrativ kurs maqsadlari:
1. Ta'lim oluvchilarni muayan fanlarning asosiy hodisa va faktlari bilan tanishtirish.
2. Tasniflash, tabiiy hodisalarni o'lchash bo'yicha ko'nikmalarni shakllantirish..
3. Ilmiy intuisiyani rivojlantirish.
4. Kurs mazmuniga fanning so'ngi yutuqlarini kiritish.
5. Ta'lim oluvchilar uchun eng qiziqarli bo'lgan materialni batafsil o'rganish.
6. Bilimlarni tafakkur tuzilmalari bilan integrasiyalash.
7. Fanlarao bog'liqliklarga alohida e'tibor qaratish.
8. Ta'limning hayot bilan bog'lanishini kuchaytirish.
9. U yoki bu fanning ustuvorligini e'tiborga olish.
10. Fanni o'rganishning chuqurligini tabaqalashtirish.
1.2 Ta'limda integrasiya konsepsiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |