Немис тили дарсларида маданиятлараро мулоқотга ўргатиш машқларидан фойдаланиш


II.2. Mamlakatshunoslikka oid matnlar asosida til o`rganuvchilarni madaniyatlararo muloqotga tayyorlash



Download 125,47 Kb.
bet13/15
Sana08.02.2023
Hajmi125,47 Kb.
#909391
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Nemis tili darslarida madaniyatlar

II.2. Mamlakatshunoslikka oid matnlar asosida til o`rganuvchilarni madaniyatlararo muloqotga tayyorlash
O`quvchilarni chet til darslarida o`qishga o`rgatish orqali tildan amaliy foydalana olish malakalarini rivojlantirib borish zarur. Bu tabiiy sharoitda tili o`rganilayotgan mamlakat vakili bilan bevosita muloqot qila olish, uning fikrini tushunish va o`z fikrini tushuntira olish imkonini beradi. CHunki, ko`p axborotlar yozma tarzda bo`lib uni o`qish orqali egallanadi. SHu bois o`qish maqsadini axborot olish va uning motivini muloqot qilish tashkil etadi.
CHet tilda o`qishni o`rgatish, birinchidan, gazeta, jurnal va kitoblardagi ma`lumot, axborot va bilimlarni egallash imkonini yaratsa, ikkinchidan, ona tilida to`g’ri, savodli gapirish va yozishga yordamlashadi.
CHet til darslarida o`quvchilarni nutq faoliyati turlariga, ayniqsa o`qishga o`rgatish madaniyatlararo muloqot jarayonida muvaffaqiyatli va faol qatnishish imkonini, uni samarali o`tishiga sharoit yaratib beradi. O`quvchilarga madaniyatlararo muloqotni o`rgatish nutqiy muloqotga o`rgatish bilan bog’liqdir. Nutqiy muloqotga kirishish matn faoliyatiga kirishishdir. Matn kommunikativ faoliyat bo`lishi bilan birga, muloqotning kichik bo`lagi sifatida muhim ma`no kasb etadi. Matnni idrok qilishning birligi sifatida so`z katta ahamiyatga ega. O`qib idrok etishning natijasi bilishga olib keluvchi vosita hisoblanadi.
Matnga – yozma yoki bosma shaklda bayon etilgan ijod mahsuli, yozuvda ifodalangan nutq mahsuli kabi ta`riflar beriladi. Bir so`z bilan aytganda matn “nutqiy hosila” hisoblanadi [78: 14-19].
O`quvchi matndan axborot olar ekan o`z “bilim omborini” yangi ma`lumotlar bilan to`ldirib boradi. O`qish natijasida ko`p narsani tushunishga erishiladi.
Matnlarni tanlash va tuzish o`ta dolzarb metodik masala hisoblanadi. Matn tanlashga doir metodik ko`rsatmalar ishlab chiqilgan.
Matn bilan ishlash quyidagi bosqichlarda olib borildi: (1) matn oldi tayyorlov mashqlarida talaffuz va imloviy ko`nikmalar singdirildi. Darsning birinchi toifasida leksik ko`nikmalar shakllantirildi, ikkinchi toifasida grammatik ko`nikmalar hosil qilindi va o`qish texnikasi o`zlashtirildi; (2) matn bilan ishlash, matnni o`qib tushunish, axborot olish va tushunganlikni tekshirish mashqlari bajarildi. Matn o`qish jarayonida nutq malakalari yanada takomillashtirib borildi. Darsning bir turida lisoniy qiyinchiliklari bartaraf etilgan matnga bog’liq mashqlar bajarildi, yana bir turida ma`lum qiyinchiliklar bilan berilgan matnlarni o`qish maqulroq topildi; (3) matndan keyingi bosqich, gapirish va o`qish malakalarini rivojlantirish maqsadiga bo`ysundirildi. Tinglab tushunish malakasini o`stirish mashqlari qo`shimcha bajarildi. Matn asosida monolog va dialog nutq, matn mazmunini gapirish, yozma fikr bildirish, ichda o`qish malakalarini rivojlantirishga katta e`tibor berildi. Ba`zan ayrim jumlalar tarjima qilish bilan matn mazmuni aniqlandi; (4) ijodiy bosqichda tayyorlanmagan nutqni rivojlantirish maqsad qilib olindi.
CHet til o`qitish metodikasida matnni o`qib tushunishning ikki darajasi, ya`ni ma`no va mazmun darajalari bir-birlaridan mohiyatan farqlandi. Uning ma`no darajasida lisoniy birliklarning ma`nosini fahmlab yetishga erishildi. Mazmun darajasi deganda esa idrok qilingan yoki fahmlab olingan axborotni qayta ishlash, o`zlashtirish bilan bog’liq, to`liq va aniq tushunish nazarda tutiladi. Matnni to`liq tushunish matndan o`zlashtirilgan axborotlar miqdori bilan belgilanadi. Bu jarayon o`quvchining aqliy qobiliyati, til tajribasi va o`qish texnikasiga bog’liq.
O`qish jarayonida matnni idrok etish va tushunish ko`zning matorik o`zgarishi bilan ham bog’liqdir. Ko`z harakatiga va harflarni ilg’ab olish tezligiga qarab «malakali», «tajribali» va «malakasiz», «tajribasiz» retsepientlarga ajratildi.
Tajribali o`qish malakasiga ega bo`lgan o`quvchi tez o`qish bilan birga har bir ko`z harakati davomida yangi axborotni ko`p o`zlashtirib oladi. O`qish davomida artikulyar apparatlar ham ish bajaradi. Bularning natijasi o`laroq o`qish sifati aniqlanadi. O`qishga o`rgatish muammolariga doir ilmiy tadqiqotlarni olib borgan psixolog va pedagoglarning fikrlariga ko`ra, o`qish malakalarini shakllantirish uchun maxsus mashqlar bajarish, maxsus tayyorgarlik ko`rishni taqoza etadi.
O`quvchilarga madaniyatlararo muloqotni o`rgatilar ekan, ularga o`z fikrini idora qila olish, uni kerakli tomonga yo`naltira bilishni o`rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. O`quvchi gapning grammatik strukturasini tasavvur eta olishi va matndagi gap, axborot, xabar nima haqida ketayotganligini anglab etishi kabi aqliy amallarni bajarishi, uning o`qib tushunish malakasiga bog’liq.
Tili o`rganilayottgan mamlakatning urf-odatini, madaniyatini o`zida qamrab olgan matnlarni o`qib tushunish, o`quvchining o`qish texnikasini o`zlashtirganligi, til materialini bilish darajasiga bog’liq jarayon hisoblanadi. O`quvchi ichida ovoz chiqarmay o`qish malakasiga ega bo`lsa, ovoz chiqarib o`qigandan ko`ra uch marta ko`p til birliklarini ko`zdan kechiradi. Til materialini puxta egallagan va o`qish turlari bilan tanish, tez o`qish malakasiga ega bo`lgan o`quvchi matn mazmunini ham tez idrok eta oladi. Buning sababi tez o`qiydigan o`quvchi tushunmagan joylariga tez qayta oladi va uni bir necha marotaba o`qib chiqish imkoniga ega bo`ladi.
O`quvchi matnlarni ichida o`qiganda va tinglaganda bir-biriga o`xshash faoliyatni bajaradi. Bu ikki jarayonda ham o`quvchining ruhiyatida kechayotgan his-tuyg’ularni, ichki kechinmalarni payqash, ilg’ab olish murakkab kechadi. O`qish faoliyatining muvaffaqiyati o`quvchining o`qish qobiliyati, bilim, idrok eta olish darajasi, o`qish ko`nikma va malakalarining takomillashganligi, o`qish texnikasini qanchalik o`zlashtirganligi, hamda taqdim etilgan til materialining murakkab, soddaligiga, o`quvchining shu paytdagi kayfiyatiga bog’liqdir.
O`quvchi o`qish jarayonida ko`plab yangi so`zlarga duch keladi va ularni tarjima qilib, xotirasida saqlab qolishga harakat qiladi. O`zlashtirib, xotirada saqlangan so`zlar zarurat tug’ilganda tez chaqirib olinadi.
CHet til o`qitish metodikasida o`qishni harfiy belgilar yordamida ifodalangan axborot, xabar, ma`lumotni undan keskin farq qiladigan tovush kodiga o`tkazish, harfiy ramzlar yordamida kodlashtirilgan yozma nutqiy axborotni tushunish, idrok etish va uning mazmunini payqash bilan aloqador nutq faoliyati tariqasida e`tirof etiladi [66:218].
O`qish mustaqil nutq faoliyati turi hisoblanib, muloqotning yozma shaklini ta`minlaydi. O`qish harfiy ramzlar yordamida kodalashtirilgan nutqiy axborotni tushunish, idrok etish va uning mazmunini payqash bilan aloqadorligi bois retseptiv nutq faoliyati turiga kiradi.
Metodik manbaalarda o`qishni quyidagi turlarga bo`linadi: 1) ovoz ishtirok etishiga ko`ra – ovoz chiqarib va ovoz chiqarmay, ichda o`qish; 2) ishtirokchilar soniga harab – yolg’iz, juft bo`lib (frontal), xor bo`lib o`qish; 3) oldindan ko`rilgan hozirlikka ko`ra – tayyorlangan (oldindan qiyinchiligi bartaraf etilgan) va tayyorlanmagan (oldindan qiyinchiligi bartaraf etilmagan) o`qish; 4) matnni tushunish, idrok etish va tahlil qila olish jihatiga ko`ra – sintetik va analitik o`qish; 5) ishlash o`rniga qarab – sinfda, uyda o`qish; 6) til tajribasi nuqtai nazaridan – ona tili ishtirokiga ko`ra tarjima qilib va tarjima qilmay o`qish; 7) yordamchi vositalar ishlatish zaruratiga ko`ra – lug’at yordamida va lug’atsiz o`qish; 8) ko`zlanadigan ta`limiy maqsadiga ko`ra – tanishuv, o`rganuv, kuzatuv, sinchiklab o`qish; 9) tushunish darajasiga ko`ra – diqqat bilan, o`rtacha o`qish.
CHet til ta`limining boshlang’ich bosqichida o`qish boshqa nutq faoliyati turlarini shakllantirishda vosita bo`lib xizmat qiladi. Ovoz chiqarib va xor bo`lib o`qish asosan quyi sinflardan boshlanadi. Ovoz chiqarib o`qish xor bo`lib o`qish kabi butun sinfga mo`ljallangan bo`lib, u ko`proq axborot etkazish, maxsus mashqlar bajarish orqali o`quvchilarni talaffuzga o`rgatish va uni nazorat qilish uchun qizmat qiladi. Tez aytishlar, soatga qarab ma`lum miqdordagi so`zlarni o`qish mashqlarini bajarish natijasida o`quvchilarning tez va tushunarli o`qish ko`nikma va malakalari shakllantirib boriladi. Ovoz chiqarib o`qiganda o`rganilgan til birliklari uzoq vaqt xotirada saqlanib qoladi.
SHivirlab va ichda o`qish ya`ni ovoz chiqarmay o`qish individual o`qish sarasiga kirib, odatdagidek axborot, ma`lumot, yangilik olishga qaratilgan bo`ladi. Ichda o`qishda o`ziga xos tovush mavjud bo`lib, u o`qish jarayonida ichki sharpa, ichki sado shaklida namoyon bo`ladi. Mutolaa qiluvchi harflar, so`z, so`z birikmalari, hattoki butun bir romanni ovoz chiqarmay ichda o`qishi mumkin. Muloqot jarayonida ham shunga o`hshash hodisa sodir bo`ladi. Xabar uzatuvchi gapiradi, tinglovchi o`z novbatida uning gaplarini ichda takrorlab turadi. Buni ko`pincha o`zi sezmagan holda bajaradi.
O`qish turlari, ularni o`rgatish tamoyillari bo`yicha ham ilmiy manbalarda qimmatli fikrlar bayon etilgandir (M. Uest, I. M. Berman, V. A. Buxbinder, Z. I. Klichnikova, S. K. Folomkina, J. J. Jalolov, N. V. Barishnikov, M. L. Vaysburd, M. A. Nujdina va b.).
Umumta’lim maktablari va o’rta maxsus ta’lim tizimida chet til darslarida o`qishning tanishuv, o`rganuv, kuzatuv turlariga o`rgatiladi. O`quvchilarga mamlakatshunoslikka doir matnlar taqdim etilar ekan, ular matnni tanishuv o`qishdan boshlashlari kerakligi metodik jihatdan maqsadga muvofiqdir.
O`quvchilarga matn berildi va matn mazmunini to`liq tushunishga emas, unda o`tilgan mavzu yuzasidan nimalar bayon etilganligi bilan yaqindan tanishish va qiziqarli hamda eng kerakli ma`lumotlarni topishga, muallif ilgari surgan g’oyalarni fahmlash, anglab yetishga e`tibor qaratish topiriq qilib berildi. O`qishning bu turida o`quvchi matndagi ma`lumotning 70-75 foizini tushunib yetishi nazarda tutildi.
Ovoz chiqarib o`qishda talaffuz va intonatsiyaga katta e`tibor qaratiladi. Sinchiklab o`qish (sinfda va uyda) va tanishuv o`qish turlari sinfda mashq qilib boriladi. O`qish turlari va matnlarni tanlash ko`p jihatdan chet til muallimining mahoratiga bog’liqdir. O`qituvchi tanlagan matnlar o`quvchilarning umumiy bilimdonligini oshirish uchun xizmat qiladigan ilmiy-ommabop, kasbiy xarakterga ega bo`lgan (ilmiy-texnikaviy va sohaviy kashfiyotlar va h.k.) matnlar bo`lsa, ular qiziqish bilan o`qiydi. Budan tashqari o`quvchi asliyat (orginal) matn (hox u magnit tasmasiga yozilgan badiiy asardan parcha bo`lsin, yoki mutaxassislikka oid matn bo`lsin) orqali o`quvchi tili o`rganilayotgan mamlakat tarixi, adabiyoti, madaniyati, iqtisodi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo`ladi.
Kasb-hunar kolleji o`quvchilarida adabiyotlar bilan ishlash va ulardan olgan bilimlari amaliyotda qo`llay olish ko`nikma va malakalarni shakllantirish maqsadida quyidagi vazifalarni amalga oshirish tavsiya etiladi:

  1. Tanlangan matnni tahlil (interpretatsiya) qila olish:

  2. Nemis tilidagi asliyat (orginal) matnlarda uchraydigan tarixiy, geografik joy nomlarini tanish, madaniy-maishiy mazmun kasb etuvchi xos so`z (realiya)larni tarjima qila olish va amalda qo`llay olish:

  3. O`quvchilarning dunyoqarashini mamlakatshunoslikka oid matnlarni mustaqil o`qishga o`rgatish orqali kengaytirish va chet tildagi adabiyotlarga bo`lgan qiziqishlarini oshirish:

Matnlarga qo`yiladigan talablar. O`zbek metodist olimlaridan professor J.J.Jalolov fikricha, o`qilgan matn mazmunini rollarga kirib ijro etish, matndagi qahramonlar fikrini o`z so`zlari bilan bayon etish mustaqil fikrlashga va o`z fikrini erkin ifodalay olishga undaydi. SHu bois, o`qish ta`lim-tarbiyaning muhim vositasi matnlarni tanlashda quyidagi metodik talablarga amal qilindi: (1) tanlangan matnlar o`quvchilarning yosh xususiyatlariga mos kelishi; (2) o`quvchilarga tavsiya etilayotgan matnlar, ularning ma`naviy saviyasini shakllantirishga xizmat qilishi; (3) taqdim etilayotgan matnlarda tili o`rganilayotgan mamlakatning siyosiy va ijtimoiy tuzilishi, milliy madaniyati, urf-odati to`g’risidagi boy ma`lumotlar o`z aksini topganligi; (4) matnlarni tanlashda nemis tili til normasi o`z aksini namoyish etishi, ular ilmiy-publitsistik bo`lishiga e`tibor berish. O`qituvchi badiiy janrdagi matnlar bilan birga, ilmiy sohaga oid matnlarni tanlashi ham mumkin. Bunday matnlar bilan ishlash o`quvchilarni ilmiy izlanishlarga tayyorlab boradi.


CHet tilni o`rganayotgan o`quvchi o`zida mavjud so`z boyligi doirasida, o`zidan kelib chiqqan holda gapirishga harakat qiladi. Uning fikr ko`lamini voqea kechadigan vaziyat qamrab oladi. O`quvchi matnlarni o`qish orqali undagi fikrni idrok etadi va shu orqali uni o`zlashtirib boradi. Idrok etish esa kishi ongida narsa, voqealar, tashqi belgilarning sezgi organlari yordamida amalga oshadigan va idrok etilayotgan predmet obrazini ajratish hamda shu obraz bilan ish ko`rish orqali yakunladigan in`ikos jarayonidir.
O`quvchilarning mamlakatshunoslikka oid matnlarni o`qib undagi yakunlarni tushunishganliklari tekshirilganda quyidagilar aniqlandi:
1. Sodda matnlar. O`quvchilar mamlakatshunoslikka oid murakkab bo`lmagan asliyat (origianal) matnlarni o`qiganlarida matndagi hamma so`zlarga tushunishlari kuzatildi. Notanish so`zlar uchramadi. Bunda matndagi axborot o`quvchiga to`g’ri yetib keldi, o`zgarmadi va biror bir so`z tushub qolmadi. Madaniyatlar o`rtasidagi farq sezilmadi.
2. Qisman murakkab matnlar. Ushbu matnlarni o`qish jarayonida notanish so`zlar uchradi, ularni tarjima qilishda bir qator qiyinchiliklar tug’ildi. Matndagi mazmun qisman yo`qoldi. Tarjima jarayonida so`zlarning hajmi ko`payishi kuzatildi.
3. Murakkab matnlar. Matndagi ba`zi so`zlarning muqobili tarjima qilinayotgan tilda umuman bo`lmasligi turli qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. Matnlarni o`qib tushunish jarayonida so`zlar tarjimasi normadan oshib ketadi.
Matnni o`qish jarayonida fikrlash, mulohaza qilish, bilish faoliyatining asosiy shakli, usuli psixologik mehanizmidir. Bilish farqlash asosida kechadi. O`quvchilarning bilimlarni o`zlashtirganlik darajalari nazorat qilish orqali aniqlanadi.
Bundan xulosa shuki, bir madaniyat vakili boshqa bir «begona» madaniyat vakilining fikrini tushunish uchun to`g’ri tarjima qila olish malakasiga ham ega bo`lishi lozim. Kommunikantlarning bir-birini to`g’ri tushunishlari uchun bir qator to`siq va qiyinchiliklar mavjud bo`lib, ular bu qiyinchiliklarni ham bartaraf eta olishi talab etiladi. Tarjima murakkab jarayon bo`lib, puxta bilimni, yuksak mahoratni, keng dunyoqarashni, qobiliyatni talab qiladi. Bilish nuqtaiy-nazaridan qaralsa tarjima tushunishning turli turlari bilan almashish ekanligini kuzatish mumkin. Tushunish umumiy planda – aqliy faoliyatning sintezi, amaliy jihatdan mazmunni egallashdir. Tushunish ob`ekti bo`lib madaniyat xizmat qiladi. Tushunish bilan filosoflar shug’ullanadilar. Psixologlar tushunishning tafakkur bilan bog’liq tomonlarini o`rganadilar.
Idrok qilish tushunishning oxirgi natijasi hisoblanmaydi. Tekstdan mazmunni anglab olish boshqa madaniyatni tushunish uchun bir vosita bo`lib mizmat qiladi. Bir-biriga yaqin va assotsiatsiyaga kirishadigan ya`ni mazmunan bog’lanadigan tushunchalar hisoblanadi.
Til vositasida amalga oshadigan muloqotda juft nutq, matn tahlili va tarjima kabi uch xil tushunish vaziyatlari mavjud.
Matnni idrok etish, tushunishni quyidagi aspektlarga bo`lib o`rganish mumkin;
- mantiqiy mazmunga qarab-logik aspektga;
- mazmunni idrok etish faoliyatiga ko`ra - gnoseologik aspektga;
- madaniyat bilan bog’liq bo`lgan bilimlar va uni qabul qilish jihatidan - ontologik aspektga;
- o`quvchinig ruhiy omillari bilan bog’liq narsalar, tinglash, o`qish jarayonida to`g’ri idrok etish, tushunish tomonlarini inobatga olib - psixologik aspektga.
Tushunish taffakur bilan bog’liq jarayondir. Inson tafakkuri orqali olgan axborotini idrok etadi, axborotni to`liq idrok etish tushunganlik darajasini aniqlaydi.
Matnlarni o`qib tushunishda mutolaa qiluvchining kayfiyati, tilni bilish darajasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Biz o`quvchilarni yuqoridagi kamchiliklarini bartaraf qilish uchun quyidagi mashqlar tizimidan foydalandik:
- o`quvchilarda mamalakatshunoslikka tili o`rgatilayotgan mamlakatning madaniyatini o`rganishga qiziqishni oshirish uchun matnni o`qib undan mashhur shahar nomlarini topishni topshiriq qilib berish;
- o`quvchilarda til materiallarini puxta egallashlari uchun gaplarni to`ldirish topshirig’ini berish; (a) kichik matn qismlari tanlab olinib, lug’at yordamida tarjima qilish topshirig’i; (b) so`zlar berilib ulardan kim ko`p gap tuzish mashqlarini bajarish.
Tili o`rganilayotgan mamlakatning madaniyatini o`zida qamrab olgan matnlarni o`qishdan ko`zlangan maqsad, yoddan hikoya qilib berishga o`rgatish emas, uning ma`nosini o`z so`zlari bilan qayta hikoya qilishga qaratilgan bo`lishi lozim. Bu ko`zlangan maqsadga tez erishishga yordam beradi. Bunday mashqlar o`quvchilarning so`z boyligini oshiradi, grammatik vositalardan foydalana olish, so`zlarni ma`nosiga qarab qo`llay olish imkonini beradi.
Biroq, bunda o`qituvchi darsliklardan mamlakatshunoslikka oid matnlarni tanlay olish malakasiga ega bo`lishlari ham muhim sanaladi. Bu jarayonda quyidagilarga e`tibor berish, ahamiyatni qaratish tavsiya etiladi:
(a) tanlangan va taqdim etiladigan matnlar mamlakatshunoslikka doir ma`lumotlarga boyligi; (b) chet tilni o`rganayotgan o`quvchilar hayot tajribasiga yaqinligi; (v) so`zlashuv nutqida qo`llaniladigan so`zlar, murakkab grammatik vositalar soddalashtirilganligiga.
CHet til o`qituvchisi o`quvchilarda mamlakatshunoslikka oid matnlarga bo`lgan qiziqishlarni kuchaytirish orqali ularning nutqini o`stirish va rivojlantirish ishlarini olib borish bilan bir vaqtda vatanpavarlik, baynalminallik tarbiyalarni ham berib boradi.
Nemis tili darslarida o`quvchilarni nemislarning milliy madaniyati, an`analari, urf-odatlarini tarannum etuvchi matnlar yordamida, nemis madaniyati bilan yaqindan tanishtirib borildi. Masalan, xorijlik tengdoshlari ommaviy transport vositalarida o`zlarini qanday tutushlari, ovqatlanish va salomlashish madaniyatini aks ettirgan matnlarni o`qish, madaniyatlararo muloqot jarayonida bir-birlarini to`g’ri tushunish va umumiy tasavvurga ega bo`lish kabi imkoniyatlarni yaratadi.
YUqoridagilardan tashqari o`quvchilar matn muallifi haqida to`liq ma`lumotlarga ega bo`lishi, uning ismi, sharifi, tug’ilgan joyi, kasbi, tahallusi kabilarni xotirasida saqlab qolishi shart. O`quvchi matn qaysi janrga mansubligini u maqolami yoki esse, ocherk, hikoya, inter’vyu ekanligini ajrata olishi, farqlashi muhim ahamiyat kasb etadi.
O`quvchi matnni o`qir ekan, unda ko`tarib chiqilgan muammolarni va avtorning fikrini, nima demoqchi ekanligini ilg’ab olishi, idrok etishi zarur. Ko`p kitob o`qigan o`quvchi muallif qo`llagan tasviriy vositalarni tez fahmlaydi, idrok eta oladi. O`quvchi tanlangan matn, maqola yoki biror ilmiy asar bo`lsa, u vaqtda foydalangan adabiyotlar ro`yxatini ko`zdan kechirishi tavsiya etiladi.



Download 125,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish