1. Hech kim siz uchun brend yaratib bermaydi
Bo’lajak brendni yaratish haqidagi g’oya sizniki bo’lishi kerak. Bo’lajak
brendning egasi sifatida siz brendning ma’nosini, iste’molchilar uchun u nima
bo’lishini, iste’molchi sifatida kimlarni ko’rishni xohlayotganingizni aniq bilishingiz kerak. Brending agentliklari sizga turli xil konsepsiya taklif qilishlari,
uning tashqi ko’rinishini shakllantirib berishlari, brendni iste’molchiga yetkazishga yordam berishi mumkin. Agentliklar turli bozorlarda har xil iste’molchilar bilan ishlash tajribasiga ega bo’lib, siz ko’rmay o’tkazib yuborgan biror narsani ko’rishlari mumkin.Shuningdek, ular hatto savdo belgisini to’g’ridan – to’g’ri bozorga olib chiqishlari mumkin. Ammo brendning “otasi” siz bo’lishingiz kerak.Brend g’oyasi haqiqiy bo’lishi va korxona ishlarining real holatiga javob berishi kerak. Brend orqali kompaniya haqida gapirilishi kerak, zero brend manbaalarni kompaniya ichidan oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |