Yoqadi hatto oysiz tunlar ham,
Xazonga ko'milgan uzun yo'llar ham,
O'zgacha tarovat kuzda mujassam,
Bir-biriga yetishar mushtoq dillar ham.
Tabiat qo'yniga shoshadi rassom,
Yozuvchi qo'lida qalami tayyor,
Ijodkor qalbida yo'qolgan orom,
Shu onda kuzni tasvirlash darkor.
Yomg'irdan xursand oshufta dillar,
Sayrlar o'zgacha yomg'ir ostida,
Tutashar balki o'xshash taqdirlar,
Tuyg'ular jo'sh urar yurak tubida.
Yomg'ir tomchilari misoli shabnam,
Maysayu daraxtning barglarida nam,
Yomg'ir yangiladi barcha-barchasin,
O'tmish sahifasi yopildi bu dam.
Bunchalar yoqimli kuzning yomg'iri....
"Yaxshi odam"
Og'ir damda berasiz yordam,
Do'stlaringiz bilan baham: |