( Nikoh kechasi kuni aytilgan so'zlar kelinchak nomidan)
Yonimda bo'lingda shudir tilagim,
Sizni deya urar xasta yuragim,
Borimsiz-yo'g'imsiz, sizsiz keragim,
Vafodor yoringiz bo'laman begim,
Umrim so'nggigacha sevaman begim.
Xiyonat aylamam shu aytar so'zim,
Zinolardan yiroq yuradi ko'zim,
O'ylab bosgum har bir qadamim, izim,
Vafodor yoringiz bo'laman begim,
Umrim so'nggigacha sevaman begim.
Ishga kuzataman har sahar kulib,
Suygan taomingiz tayyorlay bilib,
Oilangiz ardoqlay hurmatin qilib,
Vafodor yoringiz bo'laman begim,
Umrim so'nggigacha sevaman begim.
Janjal chiqarmayin aslo behuda,
Kelin qilishdi-ku shirin orzuda,
Do'stlaringiz bilan baham: |