Yorim deb atolmam sizni do'st dedim,
Dardimga malhamim faqat siz dedim,
Lek men adashdim qayda pand yedim,
Ishonmang mening bu kulgularimga,
Ko'milidim men bugun qayg'ularimga.
O'zimdek so'lmoqda suygan gullarim,
Bunchalar chalkash taqdir yo'llarim,
Armonni tutqazdi o'tgan yillarim,
Ishonmang mening bu kulgularimga,
Ko'mildim men bugun qayg'ularimga.
Charchatdi meni tuhmat, bo'xtonlar,
Bahorim o'rnida kuzgi xazonlar,
Haqiqat yo'q endi qoldi yolg'onlar,
Ishonmang mening bu kulgularimga,
Ko'mildim men bugun qayg'ularimga.
Ko'z yoshim yashirdim tabassum bilan,
Men sevsam sevdimku pok qalbim bilan,
Yolg'iz qoldim bugun armonim bilan,
Do'stlaringiz bilan baham: |