G'amlarni yubording tinmasdan hargiz,
Ko'z yoshlarim bugun bo'ldi-ku dengiz,
Dunyoga to'ymasdan bo'g'ildi guling,
Aslida ne uchun tug'ildi guling.
Shifo izlab yurdim,kezdim tun-u kun,
Najot topolmadim charchadim bugun,
Jazoga mahkumman men nima uchun,
Dunyoni anglamay bo'g'ildi guling,
Aslida ne uchun tug'ildi guling.
Aldashdi,berishdi yolg'on va'dalar,
Armonga yo'g'rildi shirin orzular,
Yurakka ko'mildi toza tuyg'ular,
Dunyoni anglamay bo'g'ildi guling,
Aslida ne uchun tug'ildi guling.
Beg'ubor bo'ladi mitti chaqaloq,
Bo'lib qolsaydim men jajji qizaloq,
Hammasin unutib yashardim quvnoq,
Dunyoni anglamay bo'g'ildi guling,
Do'stlaringiz bilan baham: |