Tinchlik tasvirlasam deydi so'zlari,
Faqat shodlik ko'rsam deydi ko'zlari,
Baxtga olib borsam deydi izlari,
Ko'ngilda borini yozar ijodkor,
She'riyat shaydosi men bir havaskor.
O'qigani doim Qodiriy, Cho'lpon,
Komillikka yetishmoq istar har on,
Olg'a yurib borar orzular tomon,
O'zga bir olamda yashar ijodkor,
She'riyat shaydosi men bir havaskor.
Javobsiz savoldan qiynalar yomon,
O'zin tushunolmay ko'z yoshi ummon,
Yolg'iz qolish istar, kezadi sarson,
O'zga bir olamda yashar ijodkor,
She'riyat shaydosi men bir havaskor.
"Ishonchim..."
(Bir hikoya qahramoni tilidan)
Sevdim deya nega aldaysiz
Yolg'on so'zlar takror so'zlaysiz,
Do'stlaringiz bilan baham: |