Xizmatda bo'layin hatto uyquda,
Vafodor yoringiz bo'laman begim,
Umrim so'nggigacha sevaman begim.
Baxt qasrin quramiz, muqaddas nikoh,
Shodligimizga barcha bo'lsin guvoh,
Har neni bilguvchi Allohim panoh,
Vafodor yoringiz bo'laman begim,
Umrim so'nggigacha sevaman begim.
"Tushunish qiyinmi..."
Armonlar dilimni timdalar,
Bu savol qiyindur qanchalar,
Yurak kuydi nega bunchalar,
Tushunish qiyinmi meni shunchalar.
So'raganim ozgina mehr,
Alloh bersin menga ko'p sabr,
Kutib turar ha o'sha qabr,
Tushunish qiyinmi meni shunchalar.
Bir og'iz shirin so'z yetadi,
Yurak barin ichga yutadi,
Yana qancha vaqtlar o'tadi,
Do'stlaringiz bilan baham: |