Men bir so'zni aytaman takror,
Dunyolar turguncha turing buvijon,
Baxtimizni ko'rib yuring buvijon.
Duolaringiz qo'llaydi har dam,
Siz borsiz-ki nurafshon olam,
Shodon yuring bilmay sira g'am,
Dunyolar turguncha turing buvijon,
Baxtimizni ko'rib yuring buvijon.
Farzand-u nabiralar ardog'idasiz,
Buvijonlar ichra yagonasi siz,
Bobojonim qalbida dil to'rida siz,
Dunyolar turguncha turing buvijon,
Baxtimizni ko'rin yuring buvijon.
So'zingiz yoqimli shunday muloyim,
Samimiy dilkashsiz mehri daryoyim,
Savobli ishingiz siz ezgu o'yim,
Dunyolar turguncha turing buvijon,
Baxtimizni ko'rin yuring buvijon.
"Begim"
Do'stlaringiz bilan baham: |