Tret-butil-spirti (TBS)- bir nechta jarayonlarda hosil bо‘ladi. U propilen oksidini olish jarayonda qо‘shimcha mahsulot sifatida hosil bо‘ladi. U N-butillen yoki izobutilenning suv bilan о‘zaro reaksiyasi natijasida olinadi va uning formulasi – (SN3)3SON.
MTBE. Metil-tret-butil-efir (MTBE) kislorod saqlovchi qо‘shimcha hisoblanadi. U spirtlar (ON – guruhni saqlovchi malekula) sinfiga mansub bо‘lgan metanol, etanol va TBS dan farq qiladi. Lekin shunga qaramay, MTBE har holda kislorodni saqlaydi. Formulasi (SN3)3SOSN3, suvda erimaydi. MTBE izobutelinnig metanol bilan katalizator ishtirokidagi reaksiyasi bilan olinadi.
Avtomobillarning benzinlari sanoatda quyidagi markalarda ishlab chiqiladi: A-72, A-76, A-80, A-92, AI-91, AI-93, AI-95 (A-matomobil, sonlar – oktanlar soni, I-harfi oktanlar soni tadqiqot metodida aniqlangan).
Aviatsiya benzinlari porshenli aviatsiya dvigatellarida qо‘llanilishga mо‘ljallagan. Ularning markalari B-91/115, B-95/130, B-92 va B-70 (B-benzin, sur’atdagi son – oktanlar soni; maxrajdagi sonlar – boyitilgan aralashmada navlilik kо‘rsatkichi).
Hozirgi vaqtda aviatsiyada porshenli tizimdan reaktiv dvigatellarga о‘tilganligi uchun aviatsiya benzinlarini ishlab chiqarish va iste’moli kamaygan.
Dizel yoqilg‘isi - qisilish natijasida alanga oladigan dvigatellarda va ba’zi bir gazturbinali dvigatellarda foydalaniladi. Bundan tashqari har xil sharoitlarda qо‘llaniladigan uch xil turdagi yoqilg‘ilar ishlab chiqariladi.
L- (yozgi) – atrof muhitning harorati musbat bо‘lganda qо‘llaniladi;
Z (qishki) – atrof muhitning harorati -20 oC (yoqilg‘ining quyuqlashish harorati -35 oC) dan minus -30 oC gacha (yoqilg‘inig quyuqlashish harorati -45 oC yuqori) bо‘lgan sharoitlarda qо‘llaniladi;
A(artik) – ishlatishda atrof –muhitning harorati minus -500C gacha.
Dizel yoqilg‘isining asosiy tasniflariga alangalanish harorati, sovush harorati va oltingugurtning tarkibi kiradi. Yoqilg‘ining bug‘i havo bilan birga aralashganda alangalanish yoki olovni olib kelishi – alangalanish harorati deyiladi. U yoqilg‘ining bug‘lanishini va olovni xavfsizligini tavsiflaydi. Markasi L bо‘lgan yoqilg‘i uchun alanganish harorati 40oS dan kichik, marka Z –uchun – 35oS dan past.
Oltingugurtning miqdoriga kо‘ra dizel yoqilg‘isidagi miqdori massasi bо‘yicha - 0,2 % dan kichik, 0,5% dan katta emas.
Alangalanish haroratiga yoki sovush ma’lumotiga hamda oltingugurtning tarkibiga muvofiq dizel yoqilg‘isi shartli ravishda quyidagicha ifodalanadi: L-O, 2-40 bu yozda paytida qо‘llaniladigan dizel yoqilg‘isi, oltingugurtning massali miqdori O,2% va alangalanish harorati 40 oS. Z-0,2-35 – bu yoqilg‘i qish vaqtida ishlatiladi, oltingugurtning massali ulushi 0,2% va alanganish harorati 35 oS.
Reaktiv yoqilg‘i – samolyot va vertolyotlarning gazturbinali dvigatellarida foydalaniladi. Bortdagi zaxira yoqilg‘isini olish, bakning hajmini chegaralanganligi va samolyotning uchishni boshlashdagi og‘irligini kо‘tarish uchun katta energiya talab qilinganligi uchun yoqilg‘ining yonish energiyasi yuqori bо‘lishi kerak. Massasini arzonligini turiga muvofiq bu talablarga kerosin tо‘liq javob beradi.
Reaktiv aviatsiyaning boshlang‘ich davrida yoqilg‘iga bо‘lgan istemol talabini T-1 yoqilg‘isi qondiradi, u oltingugurt miqdori kam bо‘lgan neftdan olinadi. Lekin 1950 yillardan boshlab reaktiv yoqilg‘ini ishlab chiqarish olingugurtli neftlarni qayta ishlash hisobiga kengaytirilgan, natijada massasini turi bо‘yicha reaktiv yoqilg‘iga mos keladigan TS-1 yoqilg‘isi ishlab chiqilgan.
Bundan tashqari T-2, T-6 markali reaktiv yoqilg‘ilar ishlab chiqariladi. Traktor yoqilg‘isi sifatida kerosin va ligroindan foydalaniladi. Energetika tizimidagi gazturbinalari, suv va yer usti transportlari uchun mazutlar va gazoyllardan foydalaniladi. Qozonxona yoqilg‘isi sifatida G‘5 va G‘12 yoqilg‘isidan (sonlar – shartli qovushqoqligi 400C da ) hamda yoqilg‘i mazuti M40, M 100, M200 lardan foydalaniladi.
Neft yog‘lari-ishlab chiqariladigan neft yog‘larining assortimentlari juda kо‘p turda: motorlar, industrial, silindrlar, turbinalar, kompressorlar, transmission, о‘qlar, elektr izolyatsiyasi va boshqalar uchun. Motor yog‘lari-aviatsiya, avtomobillar va dizel dvigatellarini surkovi; industrial–sanoat jihozlarini surkovi; silindrlar-zolotniklarni va bug‘ mashinalarini porshenli silindrlarini surkovi uchun; turbinalar–har xil turdagi turbo agregatlarni podshipniklarini va elektr tokli generatorlarni sovutish va moylashda qо‘llaniladi; transmission-kо‘pgina mashinalarni mexanizmlarni tishli uzatmalarini moylash uchun; kompressor-silindrlarni, shtoklarni, kompressorlarni klapanlarini, havo haydagichlarni va sovutish mashinalarini moylashda qо‘llaniladi; о‘qli–temir yо‘l vagonlarni о‘qlarini, bо‘yinlarini, teplovozlarni g‘ildiraklarini, parovozlarni va temir yо‘l transportining harakatdagi tarkibining ishqalanish tugunlarini moylashda qо‘llaniladi; elektr izolyatsiya – (transformatorlar, kondensatorlar va kabellar)-elektr qurilmalarda dielektrik sifatida va sovituvchi suyuqlik sifatida qо‘llaniladi.
Boshqa neft mahsulotlari-qattiq tovar parafinlari-sintetik kislota va spirtlarni mahsulot sifatida ishlab chiqarishda qо‘llaniladi hamda yuvuvchi moddalarni ishlab chiqarishda xom-ashyo hisoblanadi. Parafin meditsinada, oziq ovqat sanoatida ( parafin qog‘ozidan tara va о‘ramlar, kartonlar), gugurtlar ishlab chiqarishda svechalar, daraxt tolalaridan plitalar va boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda qо‘llaniladi.
Serezin–surkovlar, vazelinlar, kremlar va elektrozolyatsiya materiallarni ishlab chiqarishda qо‘llaniladi.
Vazelinlar-tabiiy, sun’iy, texnik va meditsina turida bо‘ladi. Tabiiy vazelinlar parafinnning mazutlaridan olinadi. Sun’iy vazelinlar-mineral
зyog‘larni va parafinning aralashmasi, texnik vazelin - parafin bilan industrial yog‘ning aralashmasidir, meditsina yog‘i esa - oq serezinning va parafinning parfmeriya yog‘i bilan aralashmasidir.
Neftli bitumlar- yо‘l qurilishida gidroizolyatsiya va tomlarni bekitish uchun materiallar sifatida ishlab chiqariladi.
Kerosinlar yoritish materiallari sifatida foydalaniladi.
Eritgichlarning quyidagi turlari – neftning tarkibidan ishlab chiqariladi:
a) benzilli eritgich BR-1 – rezina sanoatida qо‘llaniladi;
b) uayt spirt – lak- buyoqlar ishlab chiqarish sanoatida qо‘llaniladi;
v) ekstraksion benzin – ekstratsiya jarayonlarida qо‘llaniladi.
Neftli koks–elektrodlar ishlab chiqarishda hamda alyuminiy sanoatida qо‘llaniladi, qurumlar–rezina sanoatida hamda qalamlar ishlab chiqarishda, izolyatsiya materiallari, kopirovka qog‘ozlari, buyoqlar va boshqa. Konsistentli surkovlarga – solidollar, texnik vazelinlar va boshqalar kiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |