Neftni qayta ishlashda nano texnologiyalardan foydalanish Reja


Suv va tuzlarni yoʻqotish[tahrir]



Download 25,16 Kb.
bet2/3
Sana23.07.2022
Hajmi25,16 Kb.
#841992
1   2   3
Bog'liq
Neftni qayta ishlashda nano texnologiyalardan foydalanish

Suv va tuzlarni yoʻqotish[tahrir]


Neft tarkibida, odatda, minerallashgan burgʻi suvi, suvli 1 m3 neftda 30-50 g gacha tuz boʻladi. Ularni yoʻqotish uchun Neftni qayta ishlash zavodlarida elektr yordamida tuzsizlantirish qurilmalari ishlatiladi. Neftga deemulgator qoʻshilib, chuchuk suv bilan yuviladi. Hosil boʻlgan emulsiyani 100—140° gacha qizdiriladi va uzluksiz ishlaydigan elektr degidratoriga uzatiladi. Yuqori kuchlanishli elektr maydoni, deemulgator va qizdirish taʼsirida emulsiya tezda parchalanadi, suv va unda erigan tuzlar cho'kadi va chikarib tashlanadi. Suv va tuzlardan tozalangan neft tarkibida 0,2% gacha suv va 0,5 mg/l gacha xloridlar (tuzlar) bo'ladi.
Neft tarkibida uglevodorodlarning butan propanli, qisman pentanli fraksiyalari bo'ladi. Neftni tashish va saqlashda eng zarur uglevodorodlarning yoʻqolishini kamaytirish, neftni haydash qurilmasiga kelayotgan neft bug'lari bosimini bir xil tutib turish uchun bu fraksiyalar ketkaziladi. Bu ish suvsizlantirish va tuzsizlantirish qurilmalari bilan birga qurilgan kompleks yoki maxsus qurilmalarda bajariladi. Stabillash natijasida ajratib olingan propanbutan fraksiyasi neft-kimyo sanoati uchun muhim xom ashyo hisoblanadi.
Neft idishga quyilib qizdirilganda, uning harorati ko'tariladi va bir qismi hatto 30—40° dayoq bug‘lanib havoga ko‘tarila boshlaydi. Nisbatan past temperaturalarda bug‘langan uglevodorodlar neftning yengil qismi (fraksiyasi), idishda qolgan uglevodorodlar neftning og‘irroq qismi hisoblanadi. Bugʻlangan neft sovitilsa, u yana suyuq holatga o‘tadi. Neftni bugʻlatib, keyin bugʻlangan uglevodorodlarni suyuqlikka aylantirish jarayoni neftni toʻgʻri qaydash deb, olingan mahsulot distillyat deb ataladi.
Neft mahsulotlarining sifatini yaxshilash maqsadida olingan distillyatlar tozalanadi. Distillyatlarni oltingugurt, azot, kislorod va toʻyinmagan uglevodorodlardan tozalash uchun gidrotozalash jarayoni qoʻllanadi. Gidrotozalash 350—420° da va 1,7 — 40 MPa bosimda katalizator yordamida amalga oshiriladi. Gidrotozalash, asosan, dizel yonilgʻisi va moy distillyatlarini oltingugurtdan tozalashda va ayrim distillyatlarni ikkilamchi jarayonga tayyorlashda ishlatiladi.
Yonilg‘i distillyatlaridagi kislorod va oltingugurtli birikmalarni yoʻqotishda ishqor bilan tozalash usuli ham qoʻllanadi. Bu jarayonda tozalanayotgan mahsulotga ishqor va suv qoʻshilib, hosil boʻlgan birikmani mahsulotdan ajratib olinadi.
Yonilg‘i va moy distillyatlarining sovuq paytda qotib qolmasligini taʼminlash maqsadida ular parafinsizlantiriladi. Bunda tez quyuqlashadigan parafin uglevodorod distillyatlardan ajratib olinadi.
Neftni toʻgʻri haydalganda ajralib chiqqan benzin, kerosin va dizel yonilgʻisi fraksiyalarining jami ulushi neft hajmining 40—50 % idan oshmaydi. Yonilgʻilarni ajratib olish ulushini oshirish va ularning sifat darajasini yanada koʻtarish maqsadida neftni kimyoviy qayta ishlash, yaʼni ikkilamchi jarayonlar qoʻllanadi. Ular orasida kreking jarayoni — uglevodorodlarni parchalash jarayoni keng tarqalgan. Benzinlarning detonatsiyaga turg‘unligini oshirish maqsadida uglevodorodlarni alkillash va izomerlash jarayenlari ham qoʻllanishi mumkin.
Neft mahsulotlarining sifatini yaxshilash uchun qoʻshimchalar qoʻshiladi.
"O‘zneftmahsulot" aktsiyadorlik kompaniyasi yonilg‘i muammosida neft mahsulotlarining yetishmasligi sabab bo‘layotganini qisman tan olgan va muammoni bartaraf etish uchun chetdan xom ashyo import qilishga va‘da bergan.
Shirkat benzin qayerdan va qancha miqdorda import qilinishi borasida ma‘lumot bermagan. Biroq "Novy vek" gazetasi kompaniyadagi manbaasiga tayanib xom ashyo Turkmanistondan import qilinishi mumkinligini bildirgan.


Mutaxassislar Ittifoq tarqaganidan so‘ng O‘zbekiston o‘z oldiga qo‘ygan neft mustaqilligiga erishish g‘oyasi bugunga kelib barbod bo‘lganini ta‘kidlashmoqda.
O‘zbekistonda so‘nggi 10 yilning ichida suyuq uglevodorod qazib olish 2,2 barobar tushib ketgani aytiladi.
Rasmiy malumotlarga ko‘ra, 2002 yili 7 milion 240 ming tonna neft va gaz kondensati qazib olingan bo‘lsa 2012 yilga kelib ushbu ko‘rsatgich 3 million 170 ming tonnaga tushib ketgan. Shundan neft qazib olish esa 2,6 foizga tushib ketgan va o‘tgan yili 1 million 560 ming tonna neft qazib olingan.
"O‘zbekneftgaz" xolding kompaniyasi raisining sobiq muovini, iqtisodchi Anvar Husainov O‘zbekistonni neft mahsulotlari bilan ta‘minlab turgan "Ko‘kdumaloq" neft konida mahsulot miqdori yildan yilga kamayib borayotganini va respublikada yuzaga kelgan benzin taqchilligi muammosining asosiy negizi shu ekanligini aytadi.
"Ko‘kdumaloqdan qazib chiqarilayotgan neftning miqdori yildan yilga kamayib borayapti. Birinchidan, qazib olishni rejalashtirishda mutaxassislarning maslahatlariga qaramasdan jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yildi. Intensiv qazib chiqarish yo‘lga qo‘yilgani uchun neftning katta qismi qochib ketdi. Natijada katta bir neft koniga tayanish o‘zini oqlamayapti", - deydi Anvar Husainov.
Sobiq hukumat a‘zosining qo‘shimcha qilishicha, "O‘zbekneftgaz" kompaniyasining o‘sha vaqtdagi ayrim rahbarlari mamlakatni ichki zahiralar orqali ta‘minlash mumkin degan g‘oyani oldinga surishgan va barcha kuch ichki zahirani rivojlantirishga sarflangan.
Natijada "G‘arbiy Sibir – Markazi Osiyo" neft quvuridan foydalanish butkul to‘xtatilgan.
Mustaqillikning ilk yillarida O‘zbekistonning neft mahsulotlari importi bilan shug‘ullangan Anvar Husainov ushbu quvur orqali O‘zbekiston yiliga Rossiyadan 5 million tonnadan ortiq neft mahsuloti import qilganini aytadi. Bugungi kunga kelib ushbu quvur foydalanmasdan yotibdi.
Quvurlar chirib ketmasligi uchun ichi suvga to‘ldirilgan. Mutaxassis quvurlar orqali neft transporti judayam arzonga tushishini aytadi.
"Sibirdan olinadigan neftning sifati baland, narxi arzon bo‘lishiga qaramasdan, biz undan voz kechganmiz. O‘zbekiston rahbariyatining "biz hech kimdan biror bir narsaga qattiq qaram bo‘lib qolmaymiz, o‘zimizning imkoniyatlarimizdan foydalanamiz", degan ambitsiyalari bor", - deydi Anvar Husainov
Mutaxassis ushbu ambitsiyalar bugun iqtisodiy rivojlanishga tushov bo‘layotganini aytadi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati haliyam ushbu variantdan foydalansa ayni muddao bo‘ladi. Buning uchun Rossiya bilan davlat rahbarlari miqyosida kelishuvlar olib borilishi kerak va Surgut nefti yana o‘zbek zavodlarida qayta ishlanishi mumkin.
O‘zbekistondagi Buxoro, Ohangaron va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodlariga yiliga 11 million tonnadan ortiq neftni qayta ishlash quvvatiga ega. Biroq xom ashyoning yetishmasligi sabab ushbu zavodlar 60% kuch bilan ishlamoqda.
Mutaxassislarning hisob kitoblariga ko‘ra ayni vaqtda O‘zbekiston ichki bozorini ta‘minlash uchun yiliga 4 million tonnadan ortiq neft import qilishga muhtoj. 10 yildan keyin ushbu ko‘rsatgich 7 million tonnaga chiqishi mumkin.
Anvar Husainovning ta‘kidlashicha, agar Rossiya, Qozog‘iston yoki Turkmanistondan neft import qilinib mahalliy zavodlarda qayta ishlansa, benzin bilan ichki bozorni ta‘minlash bilan birga uni qo‘shni davlatlarga eksport qilish imkoni paydo bo‘ladi.
Misol uchun, qo‘shni Qozog‘iston neftga boy bo‘lishiga qaramasdan, qayta ishlash quvvati kamligi sabab ichki bozorini benzin bilan qoplay olmaydi va yiliga 1 million 100 ming tonna yoki 33% dan ortiq benzin import qilishga majbur.
Sobiq hukumat a‘zosi Anvar Husainov neftni qayta ishlovchi korxonalarga nisbatan liberal siyosatni amalga oshirish lozimligini urg‘ulaydi.
"Xorijiy sarmoyadorlar keltirgan neftni ma‘lum shartnomalar asosida tayyor mahsulotga aylantirib bersa, o‘sha sarmoyadorlarning o‘zi sotuvchi bo‘lishi mumkin. Ya‘ni neftni qayta ishlash korxonalariga liberal siyosatni amalga oshirish, ko‘proq erkinliklar berish kerak. Xorijiy kapitallarning ham neft-gaz sohasiga kirib kelishiga yo‘llar yopilgan. Ularni ham ochish kerak. Mana shu zavodlarga Turkmanistondan, Qozog‘istondan va Rossiyadan xom ashyosini olib kelib, qayta ishlash imkoniyatlarini bersak, neft bilan birga sarmoya ham kiradi", - deydi iqtisodchi.
Bugungi kunda insonlarning texnologiyalarga bo‘lgan talablari ortib borishi bilan texnologiyalar juda ham jadal tarzda rivojlanib bormoqda. Foydalaniladigan qurilmalarning imkoniyatlari yanada ko‘proq bo‘lishini hamma ham xohlaydi. Shu sababdan ham mikrotexnologiyadan nanotexnologiyaga o‘tilmoqda. Nanotexnologiya sohasida yetarlicha natijalarga ham erishildi. Ushbu yo‘nalishda yaratilgan ilmiy ixtirolar iqtisodiyot, tibbiyot, biologiya, ekologiya, aviatsiya, radioelektronika kabi ko‘plab muhim sohalarda yuqori samaradorlik va tejamkorlikka erishish imkonini bermoqda.
Hayotimizga dadil kirib kelayotgan nano­texnologiya tushunchasi jamiyatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirish, turmushi­miz farovonligini oshirish, ha­yotimizda o‘z yechimini kutayotgan eko­logik, ijtimoiy va boshqa muammolarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki ilm-fanning bunday kashfiyotlari noyob xususiyatlarga ega yangi meta-materiallar va ekstremal sharoitlarga chidamli nanomateriallar olish va ularni tatbiq etishga xizmat qiladi. Shu bois jahonda nanotexnologik tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish va bu boradagi innovatsion texnologiyalardan tobora keng foydalanishga e’tibor kuchayib bormoqda. Masalan, kom­pyuter texnologiyalari sohasida olib borila­yotgan izlanishlar natijasida kvant infor­matikasi fani yuzaga keldi.
Ushbu soha nanoo‘lchamli protsessorlarga ega bo‘lgan kvant kompyuterlarini yaratish va ular uchun dasturlar ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. Kvant kompyuterla­rida bir birlik axborotni yozish uchun bitta yoki bir nechta atomdan foydalaniladi. Biz foydalanayotgan hozirgi zamon kompyuterlarida bu jarayonni bajarish uchun esa bir necha milliard atom sarflanadi. Demak, kvant kompyuterlarida hisoblash jarayonida o‘z-o‘zidan o‘ta yuqori tezlik, ixchamlik va samaradorlik oshadi.

Hozirgi davrdayoq nanotexnologiya sohasidagi izlanishlarning yuksak natijalari tibbiyotda: dermatologiya, pulmonologiya va ftiziatriya sohalarida ishlatiladigan inson vujudiga beziyon shifo vositalarini yaratishda ham yaxshi samara bermoqda. Nanotexnologiyalardan tibbiyot sohasida foydalanish muhim kashfiyotlarga yo‘l ochmoqda. Shu kunlarda jahondagi yetakchi ilm-fan mar­kazlarida bu yo‘nalishda yaratilgan dori kapsulalari va shpritslar sinovdan o‘tmoqda. Dori nanokapsulalarining afzalligi shundaki, ular tananing sog‘lom qismiga salbiy ta’sir ko‘rsatmay, faqat kasallangan hujayraga yetib boradi. Nanotexnologik ishlanmalar ishlab chiqarishning ko‘plab sohalariga keng tatbiq etilmoqda. Ko‘pgina rivojlangan davlatlarda mahsulot sifatini yaxshilash uchun nanomateriallar qo‘llanilmoqda. Masalan, mikrobga qarshi vositalarda o‘z-o‘zidan tozalanadigan matolar aynan nanomateriallar asosida yaratilmoqda yoki protezlar tayyorlashda uning birikish joylarini nanoo‘lchamli kumush zarralar bilan qoplash yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu bakteri­yalardan himoya qilishda yordam beradi. Nanotexnologiyalarning rivojlanishi kelgusida tibbiyotni yanada taraqqiy ettirishga xizmat qiladi. Natijada kasalliklarning klinik alomatlarini yuzaga chiqishidan oldin aniqlash va uni ilk bosqichlardayoq bezarar usullar vositasida davolash imkoniyati vujudga keladi.


Nanotexnologiyalarning rivojlanishi muqobil energiyadan foydalanish istiqboli uchun ham muhim asos bo‘ladi. Chunki nanomateriallar asosida yaratilgan elektr ener­giyasi ishlab chiqaruvchi uskunalarning samaradorligi amaldagilaridan bir necha ba­robar o‘sadi. Nanotexnologiya sohasida mamlakatimiz olimlari va mutaxassislarining olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari ham yuksak natijalar bermoqda. Jahon ilm-fanida bunday ixtirolarning yutuqlarini chuqur o‘rganish va uni hayotga tatbiq etishda mamlakatimiz ilm-fan markazlarida ham qator loyihalar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Issiqlik fizikasi bo‘limida o‘tgan asrning 90-yillarida nanofizi­ka sohasida dastlabki ilmiy-tadqiqotlar boshlangan edi. Bu jabhada olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida nanomateriallar yordamida nurlanuvchi diodlar yaratildi.

Ayni paytda olimlarimiz nanofizikaning qator dolzarb masalalari yuzasidan keng ko‘lamli ilmiy izlanishlarni hayotga tatbiq etmoqda. Vodorod energetikasining oldida turgan dolzarb muammolar, vodorod moddasini suv yoki boshqa suyuqlik molekulalari orasida yuzaga keluvchi nanoqopqonlarda saqlash, nanotarmoqlardan foydalanishga asoslangan termoelektrik nanomateriallar yaratish, axborot yetkazish samaradorligi o‘ta yuqori nanoo‘lchamli mezoskopik tizimlarga asoslangan tar­moqlar yaratishga oid ilmiy loyihalar shular jumlasidandir. Bu yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar qisqa davrda amaliy natija berayotgani quvonarlidir. Nanotuzilishli suyuqlik asosida yaratilgan issiqlik uzatkich, qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashish vositasi, sintez qi­lingan nurlanuvchi diodlar ana shunday muhim kashfiyotlar sirasiga kiradi. Mamlakatimizda qattiq jismlar, atom va molekulyar fizika, nochiziqli dinamika kabi ilm-fan maktablarining an’analarini rivojlantirish, ilm-fan faoliyatini izchil takomillashtirish uchun yaratilgan keng ko‘lamli sharoit zamonaviy nanofizika sohasida ana shunday muhim natijalarga erishishga xizmat qilmoqda. Yurtimizda nanotexnologiyalarni rivojlan­tirish, ilmiy-intellektual salohiyatni rivojlantirish, ilmiy-texnika bazasini takomillashtirish va xalqaro aloqalarni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar mamlakatimizning yanada rivojla­nishiga xizmat qiladi.


Nanotexnologiya rivojlanishi ustida dunyoda ko‘plab olimlar ish olib bormoqda. Ular XXI asr davomida nanotexno­logiya­ning rivojlanishida bir qator natijalarni ko‘zlamoqdalar. Jumladan, tibbiyot sohasida odamning tanasida paydo bo‘ladigan barcha kasalliklarning oldini oluvchi yoki davolovchi molekulyar nanorobotlarni yaratish, gerontologiya sohasida insonlar­ning jismoniy boqiyligiga, odam tanasidagi hujayralar qirilishining oldini oluvchi, odam organizmi to‘qimalarining ishlashini yaxshilash va qayta qurish uchun molekulyar robotlarni kiritishga erishish, sanoat sohasida iste’mol mollarini ishlab chiqarishda an’anaviy usullardan foydalanishdan bevo­sita atom va molekulalardan yig‘ishga o‘tish, qishloq xo‘jaligi sohasida oziq-ovqatni tabiiy ishlab chiqaruvchilarni (masalan, o‘simliklar va hayvonlar) molekulyar robot­lardan tuzilgan funksional o‘xshash­lariga almashtirish, ya’ni tirik organizmda sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlarni qisqaroq va samaraliroq yo‘l bilan amalga oshirishga erishish (bunda qishloq xo‘jaligi samaradorligi ob-havo va og‘ir mehnat sharoitiga bog‘liq bo‘lmaydi, uning ishlab chiqarish hajmi oziq-ovqat mahsulotlari yaratilishga ta’sir etadi), biologiya sohasida tirik organizmga atomlar darajasidagi nanoelementlarni kiritish (buning oqibatlari turlicha bo‘lib, yo‘qolib ketgan turlarni tiklashdan tortib, yangi turdagi jonzotlar biorobot­larini yaratishga olib kelishi mumkin), ekologiya sohasida inson faoliyatining atrof-muhitga ta’sirini to‘liq bartaraf qilish (bun­ga birinchidan, ekosferani inson faoliyati chiqindilarini boshlang‘ich xom-ashyoga aylantiruvchi molekulyar robot-sanitarlar bilan to‘ldirish, ikkinchidan esa, sanoat va qishloq xo‘jaligini chiqindisiz nanotexnologik usulga o‘tkazish bilan amalga oshi­rish mumkin), koinotni o‘zlashtirish sohasida koinot «odatiy» yo‘l bilan emas, balki nanorobotlar orqali o‘zlashtirilishiga eri­shish, ya’ni robot-molekulalarning ulkan armiyasi Yer atrofidagi fazoga chiqariladi va to‘liq o‘rganishga erishiladi hamda Oy, asteroidlar va yaqin planetalarda inson uchun kosmik stansiyalar quriladi (bu hozir­da mavjud bo‘lgan usullardan arzon va xavfsiz bo‘ladi), kibernetika sohasida hozirda mavjud bo‘lgan planar strukturalardan o‘lchamlari molekular o‘lchamiga teng bo‘lgan hajmiy mikrosxemalariga o‘tish sodir bo‘lishi (kompyuterlarning ishchi chastotasi teragers qiymatga yetadi, neyronga o‘xshash elementlardan tuzilgan sxemalar paydo bo‘ladi, oqsil molekulalaridan tuzilgan xotira hajmi terabaytlarda o‘lcha­nadigan, saqlash davri uzoq bo‘lgan xotira elementlari paydo bo‘ladi, inson aqlini kom­pyuterga «ko‘chirish» mumkin bo‘lib qo­­ladi), aqlli yashash muhitini yaratish, ya’ni barcha tashkiliy qismlarga mantiq elementlarini kiritish hisobiga biz yashayotgan atrof-muhit «aqlli» va inson yashashi uchun to‘la qulay bo‘lib qolishiga erishish mumkin. Ushbu kutilayotgan natijalar nanotexnologiya­ning hozirgacha bo‘lgan istiqbollari va ke­lajakdagi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda sanab o‘tildi.

Xulosa
Ayni paytda olimlarimiz nanofizikaning qator dolzarb masalalari yuzasidan keng ko‘lamli ilmiy izlanishlarni hayotga tatbiq etmoqda. Vodorod energetikasining oldida turgan dolzarb muammolar, vodorod moddasini suv yoki boshqa suyuqlik molekulalari orasida yuzaga keluvchi nanoqopqonlarda saqlash, nanotarmoqlardan foydalanishga asoslangan termoelektrik nanomateriallar yaratish, axborot yetkazish samaradorligi o‘ta yuqori nanoo‘lchamli mezoskopik tizimlarga asoslangan tar­moqlar yaratishga oid ilmiy loyihalar shular jumlasidandir. Bu yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar qisqa davrda amaliy natija berayotgani quvonarlidir. Nanotuzilishli suyuqlik asosida yaratilgan issiqlik uzatkich, qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashish vositasi, sintez qi­lingan nurlanuvchi diodlar ana shunday muhim kashfiyotlar sirasiga kiradi. Mamlakatimizda qattiq jismlar, atom va molekulyar fizika, nochiziqli dinamika kabi ilm-fan maktablarining an’analarini rivojlantirish, ilm-fan faoliyatini izchil takomillashtirish uchun yaratilgan keng ko‘lamli sharoit zamonaviy nanofizika sohasida ana shunday muhim natijalarga erishishga xizmat qilmoqda. Yurtimizda nanotexnologiyalarni rivojlan­tirish, ilmiy-intellektual salohiyatni rivojlantirish, ilmiy-texnika bazasini takomillashtirish va xalqaro aloqalarni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar mamlakatimizning yanada rivojla­nishiga xizmat qiladi.


Download 25,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish