Neftni qayta ishlash sanoatining taraqqiyoti Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Download 1,79 Mb.
bet6/10
Sana11.06.2022
Hajmi1,79 Mb.
#655370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Neftni qayta ishlash sanoatining taraqqiyoti

ILMIY KLASSIFIKASIYA


Turli rayonlarda olinadigan neftlar, ba’zan bir rayonda turli quduqlardan olinadigan neftlar o’zlarining fizikaviy va kimyoviy xususiyatlari bilan bir — birlaridan farq qiladi. Neftning bu xususiyatlari ularni qayta ishlashni yo’nalishini belgilash uchun katta ahamiyatga ega.
Bir xil klassga tegishli neftlarni birga qo’shib qayta ishlanishi tavsiya etiladi.
Neftni ilmiy klasifikasiyasi, ularni tarkibidagi qaysi uglevodorodlarning ko’pligiga qarab belgilanadi: parafinli, parafin —naftenli, naftenli, parafinnaften — aromatikali, naften — aromatikali va aromatikali neftlar deb yuritiladi.


NEFTNI PAYDO BO’LISHI. ANORGANIK NAZARIYA


Mendeleyevning karbid gipotezasi — metall karbidlarini suv bilan birikishi natijasida neft hosil bo’lgan. Ammo nazariya neft tarkibidagi ba’zi bir birikmalar qanday qilib paydo bo’lganligini tushuntirib bera olmaydi.

ORGANIK NAZARIYA



Organik nazariya Lomonosov tomonidan taklif etilgan, bunga muvofiq neft organik moddalar, asosan suv osti o’simliklarini maxsus mikroorganizmlar va tuproq jinslari yordamida yuqori bosim va harorat ta’sirida neft qatlamlari hosil bo’lgan.

2.3. Neft sanoatining rivojlanish bosqichlari
Respublikamizda neft va gaz sanoatining rivojlanishi ancha katta tarixga ega. Qadimiy yunon tarixchi va faylasufi Plutarx, Iskandar Zulqarnaynning O’rta Osiyo orqali Hindistonga qilgan yurishi (eramizgacha 329-327 yillar) tarixini yozishda Amudaryo oqimi bo’ylab bir necha joylarda moysimon qora suyuqlikning yer yuziga chiqqan joylarini belgilab o’tgan.
XVIII asr oxirlarida Moylisoy hududida neftning yer yuziga qalqib chiqqan joylari ma’lum bo’ldi. Umuman 1870 - 1872 yillarda Farg’ona vodiysida 200 ga yaqin neft manbalari ma’lum edi.
1880 - 1883 yillarda Farg’ona vodiysidagi Qamish - Boshi tumanining Lakkon qishlog’ida to’rtta qidiruv quduqlari burg’ilangan bo’lib, bu quduqlarning chuqurligi 36,2 m (17 sajen) va diametri 219 mm (8 dyuym) edi.
1880 yilda sho’rsuv maydonida burg’ilangan birinchi qidiruv qudug’idan sutkasiga 160 kg dan neft olina boshlandi.
Farg’ona vodiysidagi birinchi tadbirkorlaridan D.P.Petrov 1885 yilda Sho’rsuv neft uchastkasini sotib olib, har kuni 400 - 500 kg-gacha neft qazib olib undan o’zining kichkina zavodida kyerosin ajratib olardi va Toshkent, Andijon va boshqa viloyatlarga sotardi.
1900 yilda “Chimin” va 1908 yilda “Santo” nomli aksionyerlik jamiyatlari tuzildi.
Qidiruv ishlari natijasida Farg’ona vodiysida Ho’jaobod, Andijon, Polvontosh, Janubiy Olamushuk va shu kabi bir necha konlar ochildi.
Surxondaryo vohasida qidiruv ishlari 1933 yilda boshlanib Houdag, Ko’kayti, Lalmikor, Uchqizil, keyingi yillarda Amudaryo, qo’shtor, Mirshodi konlari ochildi.
G’arbiy O’zbekistonda qidiruv-izlash ishlari 1949 yilda boshlanib, Setalantepa, Toshquduq, Jarkoq, Saritosh, qorovulbozor kabi bir qator konlar ochildi. Undan keyingi yillarda Sho’rtan, Shimoliy va g’arbiy Muborak, Zevarda, Pomuq, Alan gaz konlari, Shimoliy O’rtabuloq, Quruq, Umid, Ko’kdumaloq kabi neft konlari ochildi. Hozirgi kunda bu konlar Respublikada qazib olinadigan neftning 80dan ko’prog’ini ta’minlaydi.
G’arbiy O’zbekiston va Ustyurt platosida ochilgan Gazli. Shahpahta, Uchqir, Urga va Shu kabi bir qator konlarning ham salmog’ini alohida ta’kidlash lozim.
Mustaqillikka erishilgandan beri respublikamizda neft va gaz sanoati rivojlanishiga alohida e’tibor berilib, yoqilg’i ta’minoti mustaqilligiga erishildi. Ya’ni oxirgi yillarda chetdan neft va gaz import qilinmaydi.
Hozirgi kunda neft va gaz konlarini qidirish va izlash, quduqlarni burg’ilash, konlarni ishlatish, neft, gaz va neft mahsulotlarini yig’ish va quvurlar orqali uzatish, neft va gazni qayta ishlash, yer osti gaz omborlari va sanoatimizdagi qurilish ishlari bilan shug’ullanadigan yirik birlashma va boshqarmalarning ishi “O’zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi tomonidan boshqariladi.
Hozirgi kunda Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Farg’ona, Oltiariq va Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodlari ishlab turibti. Sho’rtan gaz-kimyo kompleksining qurilishi jadal sur’atlarda olib borildi.

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish