Qashqadaryo viloyatidagi 2001 yilda foydalanishga topshirilgan
SHurtan Gaz kimyo Majmuasi
Bugungi kunda O‘zbekistonda neftni qayta ishlash sanoati sohasida Oltiariq, Farg‘ona, Buxoro neftni qayta ishlash zavodlari ishlab turibdi. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi yonilg‘i va motor hamda surkov moylari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, 30 dan ortik texnologik qurilmalarga ega. Ko‘kdumaloq neft-gaz koni ochilganidan keyin Fransiyaning TEKNEP firmasi bilan hamkorlikda 1993 yildan Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurilishi boshlandi va bir yilda 2,5 mln. tonna gaz kondensatini qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan 1-navbati 1997 yil avgustida ishga tushirildi. Neftni qayta ishlash zavodlarida yuqori oktanli benzin, jumladan, B-92 aviabenzini, 2009 yildan esa Boing va Earbas reaktiv dvegatellari uchun Jet A-1 aviakerosini, dizel yonilg‘isi, koks, parafin, motor moylariga prisadkalar, engil avtomashinalar uchun mator surkov moylari (kompressor, turbina, urchuq moylari), kerosin, bitum, suyultirilgan neft gazlari (butan, texnik propan), mazut kabi 50 turdan ortiq neft mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
2003 yilga kelib 49 milliard kubometr tabiiy gaz, 7,6 million tonna neft qazib chiqarildi.
Gaz sanoati - yoqilg‘i energetika majmuasining eng rivojlangan tarmog‘i. Uning Respublikada qazib olinayotgan yoqilg‘i balansidagi hissasi 87,2% ni tashkil etadi. Neft bilan yo‘ldosh tarzda uchraydigan tabiiy gazni qazib olish ikkinchi jahon urushidan oldingi yillardan boshlangan. Neft gazidan sanoat maqsadlarida foydalanish uchun 15 km uzunlikdagi birinchi gazoprovod «Andijonsanoat» - Andijon shahri o‘rtasida ko‘rilgan. Gazni alohida sanoat usulida chiqarib olish o‘tgan asrning 50-60 – yillarida boshlandi. Gaz qazib olish sanoati joylashgan asosiy tumanlar – Buxoro va Qashqadaryo, shuningdek, Farg‘ona, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidir.
Ma’lumki, neft murakkab organik birikmalarning aralashmasidan iborat bo‘lib, uning asosini uglevodorod birikmalari tashkil etadi. Neftning paydo bo‘lishi er qa’rida bir necha minglab, xattoki millionlab yillar uglevodorodlar 1 – turdan 2 – to‘rga aylanishi natijasida paydo bo‘lgan.
Neft er qobig‘ida 500 - 5000m chuqurlikda joylashgan bo‘lib, asosiy qismi 800 - 2500m chuqurlikda, ba’zan undan ham chuqurroqda uchraydi. Ilgari er yuzasiga chiqqan neftdan foydalanishgan. Rossiyada birinchi neft hududi 1864 yilda Kubanda qazildi.
Neft er ostidan uch xil usul: fontan, kompressor (gazlift) va nasoslar yordamida olinadi.
Neft qudug‘i qazilganda birinchi navbatda neft gazlar bosimi ta’sirida fontan holida er yuziga chiqadi, keyinchalik er qobig‘idagi bosimning kuchi pasayadi va neftni kompressor yordamida olinadi. Buning uchun ikkita truba (birini ikkinchisining ichiga olib) tushiriladi. Ikkala trubani orasi orqali kompressor yordamida gaz beriladi. Gaz bilan neft aralashmasi ichki truba orqali er yuziga chiqadi. SHu usulda ma’lum vaqtgacha neft olinadi. Keyinchalik bu usul ham etarli samara bermaydi. Nihoyat uchinchi usul plunjerli nasos yordamida neft chiqariladi. Oxirgi vaqtda quduq ichiga tushiriladigan markazdan qochma harakatli (setrobejniy) nasoslar keng qo‘llanilmoqda.
Qazib olinayotgan neftni 1 tonnasi o‘zi bilan 50-100 m3 gaz, 200 - 300 kg suv, 10 - 15 kg mineral tuz va mineral chiqindilar olib chiqadi.
20 - 25 ba’zan 80 gacha quduqlardan chiqqan neft bir erga yig‘ilib, aralashmaning ichidagi neftni miqdorini topiladi. Keyin neftni jo‘natishga tayyorlovchi qurilmalarga uzatiladi. Bu qurilmalarda aralashmadan gaz ajratib olinib, gazni qayta ishlash qurilmalariga beriladi. Neft esa keyingi qurilmalarda suv va tuzlardan tozalanadi. Neftda suv 0,2 - 0,8 % gacha, tuz esa 1 t neftda 0,8-1 kg gacha kamayadi. Neftdan ajratilgan suv yana quduqqa qaytib beriladi. Suv va tuzdan tozalangan neft qayta ishlash zavodlariga yuboriladi.
Er ostidagi gaz boyliklari ikki xilda uchraydi: a) ba’zi konlarda faqat gaz bo‘ladi; b) gaz va gaz kondensati bo‘ladi. Har ikkala xolda ham gaz yuqori bosim ostida bo‘lib, quduqdan bosim ta’sirida fontan xolida chiqadi. Kondan chiqqan gaz kondensat va boshqa chiqindilardan tozalanib keyin trubalar orqali gazni qayta ishlash zavodiga yuboriladi.
Neftni qayta ishlash sanoatining taraqqiyoti
Bizga ma’lumki o‘rta asrlarda Kavkaz orti va G‘arbiy Ukrainada neftni oddiy usulda haydab, undan engil qismini ajratib olingan.
1821-23 yillarda Mozdok shahrida aka -uka Dubinlar neftni xaydash uchun birinchi kub qurilmasini ishga tushirdilar. AQSH da birinchi neftni qayta ishlash zavodi 1860 yilda ishga tushirildi. 1917 yilga kelib Baku rayonida 53 ta neftni qayta ishlash qurilmalari, Grozniyda 6 ta, Oltiariqda 1 ta ishlar edi.
Keyinchalik neftni ishlash bo‘yicha ko‘plab katta - katta zavodlar qurila boshladi. Zavodlar asosan neft mahsulotlarini iste’mol qiluvchi rayonlarga yaqin joylarda quriladi. Farg‘onada 1959 yilda yirik neftni qayta ishlaydigan zavod ishga tushirildi. Yiliga 8 mln. tonnaga yaqin neft qayta ishlanadi. Oltiariq zavodida neft yoqilg‘i - yoqilg‘i sxemasi bo‘yicha, Farg‘ona NQI zavodi esa yoqilg‘i - moy sxemasi bo‘yicha ishlaydi. Hozirgi vaqtda Buxoro shahrida neftni qayta ishlash zavodi qurilib, ishga tushirilgan bo‘lib, bu zavodda gaz kondensatidan turli mahsulotlar olinadi.
Neftni qayta ishlashga tayyorlash, asosan neft dastlab suvsizlantirilib, shu jarayon bilan birga tarkibidan har xil tuzlarni, o‘z navbatida uni har xil mexanik aralashmalari ajratilib olinib, oltingugurt miqdori deyarli yo‘q qilinib, keyin qayta ishlashga jo‘natiladi. Bu erda tuzsizlantirilgan neftda miqdoran 3 – 4 mg/l tuz va 0,1% suvning massa ulushi bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |