NEFNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYALARI.
Neftni birlamchi kayta ishlash va olingan maxsulotlarni kayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni yonilg’i, surkov moyi yoki kimyo sanoatida hom ashyo sifatida to’g’ridan to’g’ri ishlatish mumkin emas. Ulardan sifatli maxsulot olish uchun qo’shimcha ravishda keraksiz, tayyor mahsulotni sifatiga salbiy tahsir ko’rsatuvchi moddalardan tozalash kerak.
Buning uchun kerak bo’lmagan moddalarni bahzi bir reagentlar bilan kimyoviy birikmalar shaklida chiqazib tashlanadi / masalan kislotalar, j ishqorlar va boshqalar yordamida/. Bahzan neft mahsulotlarini fizikaviy usul bilan uglevodorod tarkibini o’zgartirmagan holda mahlum qismlarga ajratiladi / tanlab tahsir etuvchi erituvchilar, adsorbentlar yordamida, deparafinlash va boshkalar/.
Do'stlaringiz bilan baham: |