NEFTNI QATA ISHLASH TEXNOLOGIYASIDA NAMLIKNI NAZORAT QILISH TIZIMI
Kirish
Asosiy qism
Neftni ishlab chiqarishning rivojlanish.
Neft maxsulotlarni ishlab chiqish
II. Amaliy qism
Nefni qayta ishlash texnologiyalari.
4. Namlikga chidamlilik sinovlari.
Xulosa
Takliflar
Kirish
Neft, neft mahsulotlari va gaz ishlatilishining tez sur’atlar bilan ortib borishi hozirgi sharoitlarda xalq xo‘jaligi tarmoqlarining rivojlanishi bilan uzviy bog‘langan. Sanoat, transport va qishloq xo‘jaligida 200 dan ortiq neft mahsulotlari yonuvchi va surkovchi yog‘lar ko‘rinishida ishlatilmoqda. Gazdan elektr stansiyalarida, metallurgiya va boshqa xalq xo‘jaligi tarmoqlarida arzon yoqilg‘i sifatida foydalaniladi. Ayniqsa, tabiiy gaz kimyo sanoati uchun asosiy xomashyo hisoblanadi. Xalq xo‘jaligi tarmoqlarining uzluksiz ishlab turishi neft, neft mahsulotlari va gazning o‘z vaqtida sifatli yetkazib berilishiga bog‘liq. Mahsulotlarni yetkazib berish va tarqatish jarayonlari tashish va saqlash tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu tizim temiryo‘l va suv yo‘li, quvur, avtomobil transportlarini, mamlakat hududida ratsional tarzda joylashgan (neft omborlari) neftebaza tarmoqlarini, gaz saqlagichlarni, benzin-gaz tarqatuvchi stansiyalarni o‘z ichiga oladi. Respublikamizda, ayniqsa, mustaqillik yillarida mahsulotlarni tashish va saqlash tizimi isloh qilinib, hozirgi zamon talablari asosida rivojlantirilmoqda. Yiliga ishlab chiqarilayotgan 55 mlrd metr kubdan ortiq tabiiy gaz, «O‘ztransgaz» AK qaramog‘idagi uzunligi 13000 km dan ortiq bo‘lgan magistral gaz quvurlari orqali kerakli manzillarga yetkazib berilmoqda. Iste’molchilarni neft va neft mahsulotlari bilan ta’minlash umumiy rezervuarlar saroyining hajmi 1,1 mln metr kubdan ortiq bo‘lgan 60 ta (shoxobchalari bilan birga) taqsimlovchi neft omborlari va umumiy rezervuarlar saroyining hajmi 380 ming metr kub bo‘lgan 2 ta uzatuvchi neft omborlari (Angren va Pop) orqali amalga oshirilmoqda. Bulardan tashqari respublikamizda xalqaro andozalarga javob beruvchi 6 ta «Kompleks avtoservis punktlar» tashkil etilgan. Bular transport vositaKIRISH 4 lariga yoqilg‘i quyish, texnik xizmat ko‘rsatish bilan birga turli ko‘rinishdagi madaniy-maishiy ishlarni ham amalga oshiradilar. Iste’molchilar tomonidan gaz ishlatishdagi notekisliklarni (sutkali, mavsumiy) kompensatsiya qilish maqsadida respublikamizda yer usti gaz saqlagichlari (gazgolderlar) va yer osti gaz omborlaridan (Xo‘jaobod, Gazli, Shimoliy So‘x) foydalanilmoqda. Mazkur o‘quv qo‘llanmada neft va gazni ishlab chiqarish, tashish (transport vosita turlari bo‘yicha), saqlash bilan bog‘liq barcha texnologik jarayonlar va ularni amalga oshirish sharoitlari bayon etildi. Shuningdek, quvur transportining ish qobiliyatini saqlashdagi tadbirlar va mahsulotlarni tashish hamda saqlashda atrof-muhit musaffoligini ta’minlash yo‘lidagi jarayonlar haqida batafsil so‘z yuritildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |