Нефти и газа им. И. М. Губкина



Download 186,61 Kb.
bet33/38
Sana01.01.2022
Hajmi186,61 Kb.
#298551
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
ГУБКИНА Neft-gaz tarjima

Potensiallar farqi.

a)Bir jinsli maydon potensiallar farqi.

1112. Bir jinsli elektr maydonida bitta kuch chizig'i bo'ylab bir-biridan 0,03 m masofada joylashgan nuqtalarning potensiallar farqi 12 V ga teng. O'sha kuch chizig'i bo'ylab bir-biridan 15sm masofadagi nuqtalarning potensiallar farqini toping. (60)

1113. Yassi kondensator elektr maydon kuchlanganligi 30kV/m. Qoplamalar orasidagi potensiallar farqi 300kV. Koldensator qoplamalari orasidagi masofani toping. (10 mm)

1114. 2ta bir-biridan 0,1 m masofada vakuumda turgan parallel metall plastinalar 1kV potensiallar farqigacha zaryadlangan.Plastinalar orasida joylashgan 10-4 C maydonga qanday kuch ta'sir qiladi? Plastinalar orasidagi maydon bir jinsli (1)

1115. Yassi kondensator gorizontal plastinkalari orasidagi 4,8 10-12 kg massali chang zarrasi muvozanatda turibdi. Agar kondensator kuchlanishi 3000V va plastinalari orasidagi masofa 2sm bo'lsa,chang zarrasining zaryadi elektron zaryadidan necha marta ko'p? (2000)

1116. Yassi kondensatorni gorizontal plastinkalari orasida plastinkali prujinada zaryadlangan sharcha osilgan. Kondensator EYUKi 500 V bo’lgan manbaga ulanganda prujina 1 sm ga uzayadi. Kondensator plastinalari orasidagi masofa 20 sm va prujina bikrligi 10 N/m bo’lsa sharcha zaryadini aniqlang. (40)

1117. 10-9 g massali chang zarrasi plastinalari gorizontal joylashgan yassi kondensator ichida muvozanatda turibdi. Kondensatorga 500 V potensiallar farqi berilgan.*********

1118. Yassi kondensator plastinalari gorizontal holatda va uni plastinalari orasida quyi plastinasidan 10 sm masofada zaryadlangan sharcha osilgan holda turibdi. Plastinalar orasidagi patensiallar farqi 400 V. Agar potensiallar farqi bir lahzada 200 V gacha kamaytirilsa necha ms dan keyin sharcha pastki plastinaga tegadi? (200)

1119. Zaryadlangan zarracha bir jinsli elektr maydon kuchlangan chiziqlariga qarshi harakatlanmoqda. Zarrachaning boshlang'ich tezligi 1Mm/s, uni solishtirma zaryadi 1011 C/kg. Maydon kuchlanganligi 100 V/m bo'lsa, zarracha to'qnashguncha qanday masofa o'tadi? (5sm)

1120. Elektron yassi kondensator qobig’I teshigidan uni ichiga uchib kirdi va kuchlanganlik chiziqlar yo’nalishida 0.003 m masofa o’tib o’z tezligini butunlay yo’qotdi. Agar kondensator potensiallar farqi va elektronni boshlang’ich tezligi 3 marta kamaysa electron o’z tezligini qancha masofada yo’qotadi? (1 mm)

1121. 5kV potensiallar farqidan o'tish natijasida tezlik olgan elektron yassi kondensator parallel plastinalari o'rtasiga uchun kirdi. Yassi kondensatordan elektron uchib chiqib ketmasligi uchun kondensatorning kuchlanishi kamida qanday bo'lishi kerak? Kondensator uzunligi 5sm, plastinalari orasidagi masofa esa 1sm. (400)

1122. Yassi kondensator uzunligi 10 sm va qoplamalari orasidagi masofa 1sm. Kondensatorga 8*10-15 J energiyali elektron uni plastinalariga 15' burchak ostida uchib kirdi. Chiqishda elektron kondensatorga parallel harakatlansa, plastinalar orasidagi kuchlanish qanday? (2500)

1123. 5 g massali 2 mK zaryadga sharcha gorizontal elektr kuchlanganligi 20 V/m bo’lgan maydonda 1 m li ipga osilgan holda turibdi. Dastlab sharcha quyi holatda ushlab turildi keyin esa qo’yib yuborildi. Sharcha boshlang’ich holatidan 20 sm yuqoriga ko’tarilgan vaqtdagi ipni taranglik kuchini toping. (92 mN)

1124. 10 g massali sharcha 100mkC zaryadga ega va 50 sm uzunlikdagi ipga osilgan sharcha bir jinsli kuch chiziqlar chapdan o'ngga yo'nalgan 100 V/m kuchlanganlikka ega maydonda turibdi. Sharcha osilgan nuqtasidan 30 sm quyiga kelguncha chapga burildi va qo'yib yuborildi. Vertikal holatga kelgan vaqtda ipning tarangligi toping.(196)

b)Potensialni jisoblash. Potensiallar farqi va ish.

1125. Teng tomonli, tomoni 30 sm li uchburchakni ikkita burchagida har biri 50nC dan bo'lgan zaryadlar joylashgan. Uchinchi burchakdagi potensialni toping. (3kV)

1126. Tomoni 30 sm bo'lgan kvadratni ikkita qarama-qarshi burchaklaridan 200 nC dan zaryadlar joylashtirilgan. Kvadratni qolgan ikkita burchagidagi potensiallar farqini toping. (12kV)

1127.To’g’ri burchakli uchburchakni burchaklarida 1, 2 va 3 nK zaryadlar turibdi. Agar gipotenuzani uzunligi 20 sm bo’lsa uni o’rtasidagi patensial nimaga teng? (540)

1128. Qirrasi 30sm bo'lgan muntazam tetraedrni uchta burchagiga nuqtaviy 3,5 va -2nC zaryadlar joylashtirilgan. To'rtinchi burchagidagi potensialni toping. (180)

1129. Tomoni 27 smli muntazam oltiburchakni uchta burchagida 1nC dan zaryadlar va qolgan uchta burchagida esa 2nC dan zaryadlar joylashtirilgan. Oltiburchakni markazidagi potensial nimaga teng? (300)

1130. Radiusi 6 sm bo'lgan ingichka halqada 4nC zaryad taqsimlangan. Halqa markazidagi o'qdan 8sm masofada yotgan nuqtadagi potensialni toping. (360)

1131. Radiusi 30 sm bo'lgan sfera sirtida 4nC zaryad taqsimlang. Sferaning markazida potensial nimaga teng? (120)

1132. Teng taqsimlangan +10 nK zaryadga ega sferaning markazida -5 nK zaryadga ega sharcha turibdi. Sfera tashqarisidagi uning markazidan 9 m masofadagi elektr maydon potensialini toping. (5)

1133. Elektrostatik maydon 2nC zaryadni maydon bir nuqtasidan boshqa potensiallar farqi 500 V bo'lgan nuqraga ko'chirishda qanday ish bajaradi? (1mkJ)

1134. 8mkC zaryadni potensiali 20 V bo'lgan nuqtadan potensiali 12 V bo'lgan nuqtaga ko'chirishda qanday ish bajariladi? Javobda ishni absolut qiymatini mkJlarda ko'rsating. (64)

1135. 130 nC zaryadni cheksizlikdan elektr maydonining qandaydir bir nuqtasiga ko'chirishda 65mkJ ish bajarildi. Shu nuqtaning potensialini toping. (500)

1136.10nC zaryadni cheksizlikdan tekis zaryadlangan shar sirtidan 20 sm masofadagi nuqtaga ko`chirishda 0.5µJ ish bajarildi. Shar radiusi 4sm bo`lsa shar sirtidagi potensialni toping. (300)

1137. Manfiy zaryadlangan zarrachani musbat zaryadlangan qo'zg'almas zarracha tomon ko'chirishda elektr maydon 9J ish bajarildi. Bunda zarracha qo'zg'almas zarrachagscha boshlang'ich masofasini yarmigacha ko'chdi. Elektr maydoni yo'lining birinchi yarmini o'tishda anday ish bajaradi? (3)

1138. 2g li zaryadlangan zarrachaning tezligi boshlang'ich nuqtada 0,02 m/s oxirida esa, 0,1 m/s. Zarrachaning zaryadi 50nC bo'lsa, shu nuqtalar orasidagi potensiallar farqini toping. (320)

1139. Radiusi 6 sm bo'lgan shar 4nC teng taqsimlang zaryadga ega va uni sirtida massasi 3mg 2nC zaryadga ega zarracha turibdi. Zarrachani shar sirtidan uning radiusiga teng masofaga ajralgan vaqtdagi tezligini toping. (20sm/s)

1140. 2nC zaryadga ega 10mg massali zarracha radiusi 10sm bo'lgan zaryadlangan og'ir bir jinsli shar tomon uzoqdan harakatlanmoqda. Shardan uzoq masofadagi zarracha shar sirtigacha uchib kelishi uchun unga qanday minimal tezlikka ega bo'lishi kerak? Shar zaryadi 1mkC (6)

1141. Ikkita har biri 10nC dan zaryadga ega nuqtaviy zaryadlar bir-biridan 4sm masofaga mahkamlangan. Zaryadlar o'rtasiga massasi 2 mg, zaryadi 36nC bo'lgan zarracha kiritildi va qo'yib yuborildi. Zaryadlardan katta masofaga o'tganda zarracha qanday tezlikka ega bo'ladi? (18)

1142. Tent yonli uchburchakning uchlariga 3 30ta bir xil 20nC nuqtaviy zaryadlar mahkamlangan. Gipotenuzaning o'rtasiga 3mg massali 40 nC zaryadga ega zarracha joylashtirildi va qo'yib yuborildi. Zaryadlardan katta masofada zarracha qanday tazlikka ega bo'ladi? Uchburchak gipotnuzasi 5sm (24)

1143. Teng tomonli tomoni 12 sm bo'lgan uchburchakni ikkita ichida har biri 6nC dan zaryadlar mahkamlangan 3- ichida esa massasi 6mg zaryadi 30nC zarracha bor. Zarracha qo'yib yuborildi va u harakatga keldi. Zarracha zaryadlarning o'rtasida joylashgan vaqtda uni tezligi qanday bo'ladi? (3)

1144. Ingichka 6 sm radiusli halqada 40 nK zaryad taqsimlangan. Halqa markaziga 9 mg massali 12 nK zaryadga ega zarra kiritildi va qo’yib yuborildi. Halqadan uzoq masofada zarrani tezligi qanday bo’ladi?(4)

1145. Radiusi 4sm ingichka halqada 50nC zaryad tekis taqsimlangan. Halqa markazidagi o'qidan 3sm masofada 1mg massaga 18nC zaryadga ega zarracha joylashtirildi. Zarrachani halqa markazidan uchib o'tahitian vaqtdagi tezligini toping. (9)

1146. 2 mkC va 4mkC nuqtaviy zaryadlar bir-biridan 30sm masofada joylashgan bo'lsa, ularning o'zaro ta'sir energiyasi qanday? (240mJ)

1147. Har biri 2mkC dan zaryadga ega 4ta zaryad bir chiziq bo'ylab qo'shin zaryadlar orasidagi masofa 30sm dan qilib joylashtirilgan. Sistemaning o'zaro ta'sir energiyasini toping. (520mJ)

1148. 3ta 2, 1 va 3mkC zaryadlar bir-biridan bir chiziq bo'ylab qo'shni zaryadlar orasidagi masofa 30sm qilib joylashtirilgan. Sistemaning o'zaro ta'sir energiyasini toping. (240mJ)

1149. Tomoni uzunligi 10 sm bo’lgan teng tomonli uchburchak burchaklarida 2, -1 va 3 mkK zaryadlar turibdi. Bu sistemaning o’zaro ta’sir energiyasi nimaga teng? (90 mJ)

1150. Qirrasi 50sm bo'lgan muntazam tetraedrni 4ta burchagida joylashtirilgan 1, 2, 3 va 4mkC zaryadlar sistemasining o'zaro ta'sir enegiyasini toping. (630mJ)

1151. 4ta bir xil 2mkC zaryadlar bir chiziq bo'ylab joylashtirilgan. Qo'shni zaryadlar orasidagi masofa 60sm ga teng. Bu zaryadlarni qirrasi 60sm bo'lgan muntazam tetraedrni 4ta burchagiga joylashtirish uchun qanday ish bajarish kerak? (100mJ)

1152. Ikkita har birining massasi 2 mg va 10 nK zaryadga ega zarralar bir biridan 5 sm masofada turibdi va ularni o’rtasida qo’zg’almas 60 nK zaryadga ega nuqta mavjud. Zarralar bir vaqtda qo’yib yuborildi. Ular uzoq masofaga ketganda ularni tezligi qanday bo’ladi? (15)

1153. Rombning o'tkir burchaklaridan 7nC dan zaryadlar mahkamlangan o'tmas burchaklarida esa har biri 2mg va 2nC dan zaryadli 2ta zarracha joylashtirilgan. Zarrachalar bir vaqtda qo'yib yuborildi va ular harakatga keldi. Zarrachalarni katta masofadagi tezligi qanday bo'ladi? Rombning tomoni 3sm. O'tkir burchagi 60'(3)

1154. Teng tomonli, tomoni 2sm bo'lgan uchburchakni bir burchagida 40nC zaryad mahkamlangan. Qolgan ikki burchagida esa massasi 5mg dan 10nC zaryadga ega zarrachalar joylashgan. Zarrachalar qo'yib yuborildi va ular harakatga keldi. Zaryaddan katta masofada ularning tezligi qanday bo'ladi? (9)

1155. 4ta massalari 4 mg dan va har biri 0,2mkC zaryadga ega zarrachalar tomoni 30sm bo'lgan tetraedr burchaklarida ushlab turilmoqda. Zarrachalar bir vaqtda qo'yib yuborildi. Zarrachalar katta masofaga uchib ketgqndan so'ng ularning tezligi qanday bo'ladi? (30)

1156. Ikkita bir xil sharchalar 400nC dan zaryadga ega va prujina bilan ulangan holda silliq gorizontal stolda turibdi. Sharchalar tebranmoqda va ular orasidagi masofa L dan 4L gacha o'zgarmoqda, L=2sm. Prujinani deformatsiyalanmagan holati va uzunligi 2L bo'lsa, uni bikrligini toping. (90)

1157. Uchta bir xil sharchalar bir xil 2 mkK dan zaryadga ega va bir biriga bir xil prujina bilan mahkamlangan sharchalar bir biridan 5 sm masofada turibdi. Sharchalar qo’yib yuborildi va ular harakatga keldi. Agar prujina dastlab deformatsiyalanmagan va sharchalarning maksimal bir biridan uzoqlashishi dastlabki holatidan 3 marta katta bo’lsa har bir prujinani bikrligini aniqlang. (96)

1158. Ikkita kichik, har biri 5g dan jismlar bir xil 10mkC zaryad bilan zaryadlangan va gorizontal tekislikda bir-biridan 10sm masofada joylashgan. Jismlar va tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,5 ga teng. Jismlardan biriga qanday minimal tezlik berganda ikkinchi jism turgan joygacha yet in kela load I? (8)

1159. Ikkita kichik jismlar har brining massasi 50g dan bir xil 10mkCdan zaryadga ega va gorizontal tekislikda bir- biridan 2 m masofada joylashgan.Jismlar va tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,1 ga teng. Jismlar bir naqtda qo'yib yuborildi. Jismlarning harakat davomidagi maksimal tezligini toping. (2)

1160. Ikkita kichik jism har biri 100g dan bir xil 10mkC zaryadga ega va gorizontal tekislikda bir-biridan 1m masofada tutib turilmoqda. Jismlar va tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,1. Jismlar bir vaqtda qo'yib yuborildi. Harakat davomidagi jismlarning maksimal tezligini toping. (2)

1161. Ikkita kichik sharcha deformatsiyalangan uzunligi 20sm bikirligi 20N/m bo'lgan prujina bilan bog'langan. Sharchalarga bir xil ishorali zaryadlar berilganidan so'ng prujina uzunligi 2 marta ortdi. Prujinaning oldingi holatiga qaytarish uchun qanday ish bajarish kerak? (12)

1162. Ikkita 150 g massali kichik sharchalar silliq gorizontal sirtda bir biriga 40 sm uzunlikdagi bikrligi 10 N/m bo’lgan deformatsiyalanmagan prujina yordamida biriktirilgan holda turibdi. Sharchalarga bir xil zaryad berilganda prujina uzunligi 2 marta ortdi. Sharchalar bir biriga dastlabki holaticha yaqinlashishi uchun ularga qanday bir xil minimal tezlik berish kerak? (4)

1163. Tortishish maydonida -10mkC nuqtaviy zaryad mahkamlangan. 5m pastda 9g massali 4mkC zaryadli zarracha joylashgan. Zarrachaga qanday minimal tezlik berilganda u qo'zg'almas zaryadgacha uchib boradi?(6)

1164. Yerdan 3 m balandlikda -4 mkK zaryad mahkamlangan undan qutida 2,2 m balandlikda 0,9 g 1 mkK zaryadga ega zarra turibdi. Zarracha yer sirtiga yetib kelishi uchun unga qanday tik pastga yo’nalgan minimal tezlik berish kerak? (6)

1165. -100nC qo'zg'almas zaryaddan 1m masofada 0,1g massali 2mkC zaryadga ega zarracha joylashgan. Zaryadlar bir jinsli kuchlanganligi 100 V/m va manfiy zaryaddan musbat zaryad tomon yo'nalgan maydonda joylashgan. Zarrachaga kuch chiziqlari yo'nalishida qanday minimal tezlik berilganda u cheksizlikka uchib ketadi? Og'irlik kuchi qatnashmaydi. (4)

1166. Ikkita 2 va 3 g massali bir xil 6 mkK zaryadga ega zarrachalar bir biri tomon yaqinlashmoqda. Ular 30 m masofaga ega vaqtda 3 m/s tezlikka ega. Zarralarni harakati vaqtidagi ular orasidagi eng yaqin masofani aniqlang. (10)

1167. Massasi 2 va 3 g va 3 va -12mkC zaryadga ega 2ta zarrachalar bir-biridan ajratilgan. Qandaydir vaqt momentida ular 10 m masofada joylashgan va bir xil 3m/s tezlikka ega. Harakat davomidagi zarrachalar orasidagi eng katta masofani toping. (30)

1168. Ikkita zarracha 1g dan massaga 3 va -12 zaryadga ega. Dastlab zarrachalar orasidagi masofa 3,2m , zarrachalardan biri tinch turibdi. Boshqasi esa birinchisidan 3m/s tezlik bilan uzoqlashmoqda. Harakat davomidagi zarrachalar orasidagi eng katta masofani toping. (16)

11169. Ikkita zarracha 4 va 5 g massaga ega va ularni zaryadlari 1 va -1 mK. Boshlang’ich vaqtda zarralar orasidagi masofa 10 sm qo’zg’almas 1-zarrachaga 2-zarracha v tezlikda yaqinlashmoqda. V tezlikni qanday minimal qiymatida zarrachalar to’qnashib ketmaydi? (9)

170. Ikkita dielektrik shar 3mkC zaryad bilan tekis zaryadlangan. Birinchi shar massasi 6 g, ikkinchi shar esa 12g va har bir shar radiusi 1sm. Dastlab sharlar bir-biriga tekkizib tutib turildi , key in esa qo'yib yuborildi. 1-sharning oxirgi tezligini toping. (30)

1171. Ikkita dielektrik shar hajmi bo'ylab tekis zaryadlangan. Birinchi shar 1mkC, ikkinchi shar 0,6mkC zaryadga ega. Birinchi shar massasi 6g, ikkinchi shar massasi esa 4g. Har bir sharning radiusi 1sm. Dastlab birinchi shar tinch turibdi. Ikkinchi shar esa unga uzoqroq masofada unga uzoq masofadan v tezlik bilan yaqinlashmoqda, v tezlikni qanday minimal qiymatida sharlar bir-biriga tegadi? (15)

1172. Radiusi 1sm dan va massasi 12g dan bo'lgan ikkita dielaktirik shar bir xil 0,4mkC zaryad bilan tekis zaryadlangan. Dastlab sharlardan biri tinch turibdi. Ikkinchisi esa unga uzoq masofada 5m/s tezlik bilan yaqinlashmoqda. Sharlar to'qnashgandan k eyingi birinchi tinch turgan sharning tezligini toping. (2)

1173. Radiusi 1sm dan bo'lgan ikkita dielaktirik shar har har biri 0,4 mkC dan zaryad bilan tekis zaryadlangan. Dastlab 16g massali shar tinch turibdi, 8g massali shar esa unga 6m/s tezlik bilan uzoq masofadan yaqinlashmoqda. Sharlar absolyut elastik to'qnashgandan keyingi tinch turgan sharning tezligini toping. (3)

1174. Radiusi 0.1 m bo`lgan o`tkazkich sar patensialini topin? Shar sirtidan 10 m masofada potensial 20V (2020)

1175. Havoda turgan metal sharga 1 mkC zaryad berildi shar radiusi 15sm bo`lsa shar sirtidan 10 sm masofadagi potensialni toping. (36)

1176. Radiusi 5sm bo`lgan metall shar 150V potensialgacha zaryadlangan. Shar sirtidan 5 sm masofada joulashgan nuqtada maydon kuchlanganligini topin. (750)

1177. 1000 ta bir xil shar shaklidagi simob tomchisi bir xil 0.01 v gacha zaryadlangan. Kichik tomchilarning qo`shilishidan hosil bo`lgan katta shar shaklidagi simob tomchisi potensialini aniqlang. (1)

1178. 2 ta bir-biridan uzoqda jaylashgan o`tkazgich sharlar 3 va 7sm radiusga 20va 30 V potensialga ega. Ularni ingichka o`tkazgich bilan ulagandan so`ng potensiali qanday bo`ladi? (27)

1179. 2 ta o`tkazgich sharlar radiuslari 8sm va 20sm bir biridan uzoq masofada joylashgan va 144nC va -7nC zaryadga ega. Sharlar o`tkazgich orqali ulansa 2-shar zaryadi qanday bo`ladi? O`tkazgich sig`imi hisobga olinmasin. (5nC)

1180. Metall sharlar bir xil zaryadlangan va 20V va 30V potensialga ega. Bu sharlarni o`tkazgich bilan ulasa ularni potensiali qanday bo`ladi? Sharlar radiuslari ularni orasidagi masofadan ancha kichik. O`tkazgich sig`imi hisobga olinmasin. (24)

1181. 2 ta konsentrik sfera 19 sm va 20 sm radiusga ega. Ichki sfera zaryadlangan tashqi sfera zaryadi 0 ga teng. Tashqi sfera yerga ulansa ichki sfera potensiali necha marta kamayadi? (20)

1182. 2ta konsentrik sferalar 8va 10sm radiusga ega. Tashqi sfera zaryadlangan , ichki sfera olektro neytrallangan. Ichki sfera tashqi sferaning kichik teshigidan o`tuvchi ingichka o`tkazgich yordamida yerga ulandi. Bunda tashqi sferaning potensiali nrcha marta kamayadi? (5)

1183. 2 ta konsentrik o`tkazgich sfera 2 sm va 12 sm radiusga ega. Ichki sfera zaryadlangan tashqi sfera zaryadi 0 ga teng. Ichki sfera tashqi sfera bilan ingichka o`tkazgich yordamida ulansa uning potensiali necha marta kamayadi? (6)

1184. Radiusi 3 sm bo`lgan yerga ulangan o`tkazgich sfera markazidan 10 sm masofada 20nC nuqtaviy zaryad joylashtirilsa sferaning zaryadi qanday bo`ladi? (6)

1185. Radiusi 2 sm o`tkazgich sfera zaryadi 10nC sfera markazidan 3 sm masofada 12nC nuqtaviy zaryad joylashtirilsa sferani potensiali necha marta kamayadi? (5)

Yassi kondensator. Elektr sig`im.

1186. Kondensator zaryadini 30mkC ga oshirishda uni plastinalari orasidagi potebsiallar farqi 10V ga ortgan bo`lsa kondensator sig`imini toping. (3mkF)

1187. Yassi kondensator plastinkalari yuzasini 8 marta orttirib ular orasidagi masofani 2 marta qisqartirilsa kondensator sig`imi necha marta ortadi? (16)

1188. Kondensator vakumda bir-biridan 0.88mm masofaga ajratilgan 2 ta kvadrat plastinkadan tashkil topgan. Kondbsator sig`imi 1 pF ni tashkil qilishi uchun plastina kvadratining tomoni qanday bo`lishi kerak? (1sm)

1189. Yassi kondensator sig`imi 6 mkF . yassi kondensator plastinkalari orasidagi masofa 2marta orttirilsa va uni maydoni dielektrik bilan to`ldirilsa kondensator sig`imi qanday bo`ladi? ɛ=5 (15µF)

1190. Yassi havo kondensatori kuchlanish manbaiga ulanishi natijasida 10µC zaryad yig`di , kondensator plastinkalari orasidagi masofa 5mm bo`lsa kondensator ichidagi maydon kuchlanganligini aniqlang. (2kV/m)

1191. Zaryadlangan yassi kondensator plastinkalari orasidagi masofa 2 marta qisqardi kondensator har doim kuchlanish manbaiga ulangan holda bo`lsa bunda uning maydon kuchlanganligi necha marta ortadi? (2)

1192. Yassi havo kondensatori EYUKi 200V bo`lgan kuchlanish manbaiga ulangan. Kondensator plastinkalari orasidagi masofani 1sm dan 2sm gacha kattalashtirilsa kondensator elektr maydon kuchlanganligi qanchaga kamayadi? (10kV/m)

1193. Yassi kondensator plastinkalari orasidagi masofa 2sm ga teng , plastinkalar 100V potensiallar farqigacha zaryadlangan. Plastinkalar orasidagi masofa zaryad miqdori o`zgarmasdan 8sm gacha orttirilsa unda potensiallar farqi nimaga teng bo`ladi? (400)

1194. Izolyatsiyalangan yassi kondensator qoplamalari 400V potensiallar farqigacha zaryadlangan va qoplamalar orasi dielektrik bilan zich to`ldirilgan. Dielektrik olib tashlansa kondensator qoplamalari orasidagi potensiallar farqi qanday bo`ladi? (2000)

1995. Sig`imi 100µF bo`lgan yassi kondensator ichidagi nuqtaviy zaryadga nomalum kuch tasir qiladi. Kondensator kuchlanishi 20kV. Kondensator 2 min davomida 0.1 A tok oqimi bilan zaryadlansa zaryadga tasir qiluvchi kuch necha marta ortadi? (7)

1196. Yassi kondensator qoplamalari sirtidagi zaryad zichligi 6nC/m2 bo`lsa kondensator ichidagi 10-7 gr massali 1.77pC zaryadga ega zarracha tik yuqoriga qanday tezlanish bilan ko`tariladi? (2)

1197. Yassi havo kondensatori 6µC zaryadga ega va maydon kuchlanganligi 3kV/m bo`lsa uni qoplamalari bir biriga qanday kuch bilan tortishadi? (9mN)

1198. 2ta radiusi 6 sm dan bo`lgan dumaloq metall plastina bir biridan kichik masofaga joylashtirilgan va ingichka o`tkazuvchi sim bilan ulangan . plastinalar bir jinsli maydon kuchlanganligi 10kV/m va plastinkalarga tik yo`nalgan maydonga joylashtirilsa, ularni har biriga qanday kuch tasir qiladi? (5µN)

1199. Qoplamalari orasidagi masofa 1mm bo`lgan kondensator ichiga dielektrik singdiruvchanligi 3 qalinligi esa 1mm bo`lgan dielektrik plastina joylashtirilgan . kondensator zaryadi 2µC va kuchlanishi 200V bo`lsa uni qoplamalari plastinaga qanday kuch bilan tasir qiladi? (600mN)

1200. Ozgarmas kuchlanish manbaiga ulangan yassi kondensator ichiga plastinadan bo`lgan va kondensator qoplamalari orasini to`la to`ldiruvchi dielektrik kiritildi. Dielektrikni dielektrik singdiruvchanligi 4 ga teng bo`lsa qoplamalar orasidagi tortishish kuchi necha marta ortadi? (16)

1201.Radiusi 6sm bo`lgan tekis zaryadlangan dumaloq plastinka maydon kuchlanganligi 100V/m bir jinsli maydonda kuchlanganlik chiziqlari plastinaga perpendikulyar yo`nalgan.Plastinani bir tomonidan markazlari yaqinida maydon kuchlanganligi 0 ga teng.P lastinani zaryadi nimaga teng?(4C)

1202.Zaryadlanmagan 1nF sig`imli kondensator bir plastinasi yer ga ulandi boshqasi esa ingichka uzun ip bilan uzoqdagi radiusi 20sm bo`lgan 92µC zaryadga ega sharga ulangan,sharda qanday zaryad miqdori qoladi.(2µC)

1203.Yassi kondensator qoplamalari radiusi 5sm bo`lga dumaloq plastina ko`rinishida va bir-biridan 0.5 mm masofada dastlab kondensator zaryadlanmagan keyin esa ingichka sim yordamida o`tkazgich sharga ulandi.Birinchi holda shar radiusi 50sm 150V potensialgacha zaryadlangan,2-holda shar radiusi 125sm va 60V potensialgacha zaryadlangan kondensatorda qanday zaryad hosil bo`ladi.(20)

1204.800pF sig`imli kondensatorga qanday sig`imli kondensator ketma-ket ulanganda 160 nF sig`imli kondensator batareyasi hosil bo`ladi. (200 pF)

1205. Sig`imi 20 pF bo`lgan yassi kondensator xuddi shunday sig`imli ammo dielektrik singdiruvchanligi 3 bo`lgan dielektrik bilan to`ldirilgan kondensatorga ketma-ket ulangan. Shu batareyani sig`imini toping. (15 pF)

1206.5 µF sig`imda yassi havo kondensatori dielektrik singdiruvchanligi 6 bo`lgan dielektrik bilan to`ldirildi. Shu kondensatorni qanday sig`imli kondensator bilan ketma-ket ulaganda 5 µF sig`imli batareya hosil bo`ladi (6 µF)

1207. Ikkita sig`imlari 2 µF va 4 µF bo`lgan kondensator ketma-ket ulandi va EYUK 75 V bo`lgan manbaga ulab yoqildi. Sig`imi katta bo`lgan kondensator potensiallar farqini toping. (25 V)

1208.Ikkita sig`imlari 500 va 300 nF bo`lgan har biri 300 V maksimal kuchlanishga mo`ljallangan kondensatorlar ketma-ket ulangan. Shu tuzilgan kondensatorlarga qanday maksimal kuchlanish qo`yish kerak. (480)

1209.sig`imlari 1.2 va 3µF bo`lgan ketma-ket ulangankondensatorlar EYUKI 220 V bo`lgan kuchlanish manbaiga ulangan har bir kondensator zaryadini aniqlang.(120µC)

1210.ikkita ketma-ket ulangan yassi havo kondensatorlari kuchlanish manbaiga ulandi. Kondensatorlardan biriga suyuq dielektrik solinganda plastinalari zaryadi 1.5marta ortdi.Dielektrik dielektrikning singdiruvchanlikni toping .(3)

1211. 2ta bir xil ketma-ket ulangan yassi havo kondensatorlari kuchlanish manbaiga ulandi.Kondensatorlardan biriga unid qoplamalari orasini to`ldirib dielektrik (EYUKI=3)solindi.Shu kondensator maydon kuchlanganligi necha marta qisqardi?(2)

1212.2ta bir xil ketma-ket ulanganyassi havo kondensatorlari o`zgarmas kuchanish manbaiga ulangan kondensatorlardan birining plastinalar orasidagi masofa 3 marta otrttirildi.Shu kondensatordagi maydon kuchlanganligi necha marta kamayadi?(2)

1213. 2ta bir xil ketma-ket ulanganyassi havo kondensatorlari doimiy kuchlanish manbaiga ulangan kondensatorlardan birining qoplamalar orasidagi masifa 3 marta kamaytirildi,ikkinchisi esa 3 marta orttirildi.Birinchi kondensatordagi kuchlanish necha marta qisqaradi.(5)

1214. 5 pF sig`imli yassi kondensator qoplamalar orasidagi masofa 2 mm va EYUK 2 V bo`lgan kuchlanish rrrrrrrmanbaiga ulangangan. Kondensator qoplamalar orasidagi bo`shliq qoplamalarga parallel holatda kiritilgan 1 mm qalinlikdagi plastina bilan to`ldirilgan. Manba orqali kiritilgan plastinadan o`tayotgan zaryad miqdorini aniqlang. (10 pC)

1215. 2 taparallel ulangan bir xil havo kondensatorlaridan biri dielektrik singdiruvchanligi 5 bo`lgan dielektrik bilan to`ldirilsa bu tizimni sig`imi necha marta ortadi. (3)

1216. 2 ta kondensator sig`imlari 2 va 3 µF ketma-ket ulangan. Shu kondensatorlar tashqi uchidan 3-0.8 µF sig`imli kondensatorga parallel ulandi. Bu sistemani umumiy sig`imi qanday? (2 µF)

1217.Sig`imlari 10 va 1.5 µF bo`lgan kondensatorlar parallel ulangan. Kondensatorlarni umumiy zaryadi 2.3 µC. sig`imi katta bo`lgan kondensator zaryadini aniqlang.

1218.2 ta bir xil havo kondensatorlari parallel ulagan holda zaryadlandi va manbadan uzildi.Kondensatorlardan birining plastinalari orasidagi masofa 3 marta ortdi.shu kondensatorlarda maydon kuchlanganligi necha marta qisqaradi?(2)

1219. 2 ta bir xil parallel ulagan havo kondensatorlari zaryadlandi va manbadan uzildi.Kondensatorlardan birining plastinalari orasidagi masofa 3 marta qisqartirildi 2-sida esa 3 marta orttirildi.2-kondensatorda maydon kuchlanganligi necha marta qisqardi?(5)

1220. 2 ta bir xil parallel ulagan havo kondensatorlari zaryadlandi va manbadan uzildi. Kondensatorlardan biri dielektrik singdiruvchanligi 5 bo`lgan dielektrik bilan to`ldirildi.shu kondensatordagi maydon kuchlanganligi necha marta qisqaradi?(3)

1221.Sig`imi 1µF bo`lgan kondensator 500V gacha zaryadlangan va sig`imi 4µF bo`lgan zaryadlanmagan kondensatorga parallel ulandi.Kondensatorlardagi potensiallar farqini toping.(100)

1222.240V gacha zaryadlangan havo kondensatori xuddi shundaq shisha dielektrik bilan to`ldirilgan zaryadlanmagan kondensatorga parallel ulandi.Tizimdagi kuchlanish 30V ga teng bo`lsa shishani dielektrik singdiruvchanligi qanday?(7)

1223. 100 V potensiallar farqigacha zaryadlangan kondensator ikki marta katta sig’imli 250 V potensiallar farqigacha zaryadlangan kondensatorgan parallel ulab yoqildi. Kondensatorlar qoplamalari orasidagi potensiallar farqi qanday bo’ladi? (200)

1224. 1,2 mkF sig’imli kondensator135 V gacha zaryadlangan. Shu kondensator 0,8 mkF sig’imli va 110 V kuchlanishli kondensatorga parallel ulandi. Kondensatorlarni ulagan simdan qanday zaryad o’tadi? (12 mkKl)

1225. Ikkita kondensatordan birining sig’imi ikkinchisidan 4 marta katta va ular ketma-ket ulandi hamda EyuKi 75 V bo’lgan kuchlanish manbayiga ulandi. Kondensatorlar zaryadlangandan so’ng manbadan uzildi va bir-biri bilan parallel ulandi. Shundan so’ng kondensatorlardagi kuchlanish qanday bo’ladi? (24)

1226. Plastinalari vertikal joylashgan yassi kondensator yarmigacha dielektrik singdiruvchanligi 5 bo’lgan dielektrik bilan to’ldirilsa uni sig’imi necha marta ortadi. (3)

1227. Plastinalari vertikal joylashgan yassi kondensator yarmigacha dielektrik singdiruvchanligi 5 bo’lgan dielektrik bilan to’ldirildi. Kondensator sig’imi oldingidek qolishi uchun uni plastinalari orasidagi masofa necha marta orttirilishi kerak? (3)

1228. Zaryadi 1 nKl va sig’imi 1pF bo’lgan kondensator hajmining 2/3 qismigacha dielektrik singdiruvchanligi 2 bo’lgan dielektrik bilan to’ldirildi. Kondensator plastinalari suyuqlik sirtiga perpendikular. Bunda kondensator qoplamalari orasidagi potensiallar farqi qanday? (600)

1229. Kondensator 10 nKl zaryadga ega va plastinalari yuzi 10 sm2 ular orasidagi masofa esa 17,7 mm. Kondensator plastinalari vertikal holatida uni hajmining 2/3 qismigacha kerosin quyildi. Bu kondensatorni kuchlanishi nimaga teng? Kerosinning dielektrik singdiruvchanligi 2. (12 kV)

1230. Yassi kondensator ichiga uni qoplamalariga parallel yuzasi qoplamalar yuziga teng va qalinligi qoplamalar orasidagi masofadan ikki marta kichik bo’lgan dielektrik plastina kiritildi. Plastinani dielektrik singdiruvchanligi 4 ga teng bo’lsa kondensator sig’imi necha foiz ortadi? (60)

1231. Yassi kondensator ichiga uni qoplamalariga parallel yuzasi qoplamalar yuzasiga teng va qalinligi qoplamalar orasidagi masofani yarmiga teng bo’lgan dielektrik plastina kiritildi. Bunda kondensator sig’imi 20 % ortgan bo’lsa dielektrikni dielektrik singdiruvchanligi nimagan teng? (2)




Download 186,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish