Нефти и газа им. И. М. Губкина


Impuls proyeksiyalarining saqlanishi



Download 186,61 Kb.
bet14/38
Sana01.01.2022
Hajmi186,61 Kb.
#298551
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
Bog'liq
ГУБКИНА Neft-gaz tarjima

Impuls proyeksiyalarining saqlanishi

389. Mutlaq silliq gorizontal sirtda qum solingan 5 kg massali yashik 6 m/s tezlikda harakatlanmoqda. Qumga qandaydir balandlikdan erkin tashlangan 1 kg li tosh kirib qoldi. Yashikning tosh tushgandan keying tezligini aniqlang. (5)

390. Gorizontal yo’nalishda 0,2 m/s tezlikda harakatlanayotgan 800 kg massali vagonetkaga 200 kg massali shag’al yuqoridan solindi. Bunda vagonetkaning tezligi qanchaga qisqaradi (sm/s da)? (4)

391. sportchi rolikli konkida turib 4 kg massali yadroni gorizontga 60 burchak ostida 8 m/s tezlikda uloqtirdi. Agar sportchining massasi 80 kg bo’lsa u qanday boshlang’ich tezlik oladi? (20)

392. 0,8 m/s tezlikda relsda harakatlanayotgan vagonetkadan odam relsga perpendikular ravishda sakradi. Vagonetkani oxirgi tezligini toping. Vagonetka massasi 100 kg odam massasi esa 60 kg. (50)

393. 50 kg massali snaryad vertikalga 30 burchak ostida 600 m/s tezlikda uchib qumli platformaga kirib qoldi. Snaryad tekgandan keyingi platformaning tezligini toping. Platformaning massasi 950 kg. platforma va rels orasidagi ishqalanish hisobga olinmasin. (15)

394. 2 kg massali yuk platformadagi qo’zgalmas qiya doskada ishqalanishsiz sirpanmoqda. Yuk sirpanib tushayotganda platforma qanday tezlikda harakatlanadi (sm/s)? Doskaning gorizontga qiyalik burchagi 60 yukning dastlabki holati platformani yuqori nuqtasida. (30)

395. 9 kg massali qum solingan yashik silliq qiya tekislikda sirpanayotganda unga gorizontal yo’nalishda 3 kg massali yadro uchib kelib qumga tiqilib qoldi. Agar to’qnashuvdan oldin yashik 6 m/s tezlikda harakatlanayotgan bo’lsa unga yadro 12 m/s tezlikda urilgan bo’lsa yashikni keyingi tezligini toping. Qiya tekislikni gorizontga qiyalik burchagi 60 (3)

396. massasi 12 kg qum solingan yashik silliq qiya tekislikda sirpanmoqda. Unga 3,2 m balandlikdan 4 kg massali yuk urildi va qumga botib qoldi. To’qnashuvdan oldin yashik 8 m/s tezlikda harakatlangan bo’lsa yuk to’qnashgandan keyingi yashik tezligini aniqlang. Qiya tekislikni gorizontga nisbatan qiyalik burchagi 30 (7)

397. 100 g massali qurbaqa massasi 900 g va uzunligi 50 smli gorizontal silliq sirtda turgan doskada o’tiribdi. Qurbaqa doskadan 15 burchak ostida sakradi. Qurbaqa doskaning narigi chetiga qo’nishi uchun qanday boshlang’ich tezlikda sakragan bo’lishi kerak? (3)

398. 60 kg massali odam konkida turibdi. U 2 kg massali yukni gorizontal yo’nalishda 3 m/s tezlikda otdi va o’zi orqaga siljidi. Agar ishqalanish koeffitsienti 0,01 bo’lsa nechasekunddan keyin odam to’xtaydi. (1)

401. Teleshka silliq relesda turibdi. Odam uning ichida bir chetidan narigi chetiga relesga parallel holda yurib o`tdi. Teleshka yerga nisbatan qanday masofaga ko`chgan. Odam massasi 60 kg Teleshka massasi 120 kg uzunligi 6m (2)

402. 5m uzunlikdagi Teleshka silliq relsda turibdi. Teleshkaning qarama-qarshi tomonida 2 ta bola turibdi. Teleshka massasi 75 kg bolaning massasi 45 va 30 kg. Bolalar joylarini almashtirishdi. Bunda teleshga necha sm ga siljiydi. (50)

403. Odam massasi 400 kg bo`lgan aerostatda erkin osilib turib arqon narvondan tushmoqchi. Arqon narvonning uchi yerga tegib turishi uchun u qanday minimal uzunlikda aerostatga bog`lanishi kerak. Odamning massai 80 kg boshlang`ich vaqt momentida yerdan aerostatgacha masofa 10m (12)

404.Stol ustiga ingichka uzunligi 10sm li tayoq vertikal holda qo`yildi va qo`yib yuborildi. Tayoq stol sirti bilan 600 burchakni tashkil qilgan vaqtda uning pastki nuqtasi necha sm ga siljiydi. Ishqalanish kuchini hisobga olmang. (20)

405. Silliq sirtga muvozanati noturg`un kubni qirrasi qo`yildi. Kub quladi va yon tomoni bilan sirtga turib qoldi. Kub tomoni 32 sm bo`lsa qulashdan keyin qirrasida turgan paytdagidan qanchaga siljiydi (16)

406. Uzunligi 80 sm massasi 200 gr bo`lgan arqon gorizontal silliq sirtda bir uchining atrofida 10 rad/s burchak tezlik bilan aylantirildi. Arqon uzunligi o`rtasidagi taranglik kuchi nimaga teng (60)

407.Ingichka sipochka gorizontal silliq sirtga qo`yildi va bir uchining atrofida aylantirildi. Agar zanjir o`rtasida taranglik kuchi 12 N bo`lsa, sipochka aylanish o`qiga qanday kuch bilan qiladi.(16)

408.Tomoni 75 sm li kvadrat shaklidagi ingichka 500 gr massali plastinka vertikal o`q atrofida bir tomoni bilan 8 rad/s burchak tezlikda aylantirilmoqda. Plastinka o`qqa qanday kuch bilan ta`sir qiladi(19)

409. Uzunligi 1 m massasi 0.5 kg bo`lgan ingichka bir jinsli sterjen vertikal tekislikda uni bir uchidan o`tkazilgan gorizontal o`q atofida aylantirilmoqda. Pastki holatda ikkinchi uchining tezligi 4 m/s ga teng, sterjen aylanish o`qiga qanday kuch bilan ta`sir qiladi(9)

410.Har biri 250 gr bo`lgan 2 ta shar bir metr uzunlikdagi ip bilan bog`langan holda gorizontal silliq sirt bo`ylab harakatlanmoqda. Sharlarning biri harakatsiz bo`lgan vaqtda ikkinchi shar tezligi ipga perdikulyar yo`nalgan va 4 m/s ga teng. Ipning taranglik kuchi nimaga teng. (2)

411. 1 va 4 kg massali 2 ta shar 1m uzunlikdagi ip bilan biriktirilgan holda gorizontal silliq sirtda harakatlanmoqda. Ipni aylanish burchakli tezligi 5 rad/s bo`lsa, ipning taranglik kuchini toping.(20)

412.Minora krani gorizontal holatdagi uzunligi 5 m kesim yuzasi 0.01m2 balkani 15 m balandlikka tekis ko`tardi. Bunda kran bajargan ishini toping. Balkaning zichligi 7800 kg/m3.(58500)

413.Odam 2 kg massali jismni 1m balandlikka 3 m/s2 tezlanish bilan ko`tarishda qancha ish bajaradi.(26)

414.Yuk o`zgarmas tezlanish bilan tik yuqoriga ko`tarila boshladi. Harakatning 1 sekundida bajarilgan ish, ikkinchi sekunddagidan necha marta kam? (3)

415. 1 kg massali yuk ip yordamida o`zgarmas tezlanish bilan yuqoriga ko`tarilmoqda. 2 s da ipning taranglik kuchi 48 J ish bajardi. Yukning tezlanishini toping ? (2)

416.20 N kuch 2 kg massali yukni qiya tekislik bo`ylab 2.5 m balandlikka 5 m/s2 tezlanish bilan ko`tarishda qanday ish bajaradi ? Kuch qiya tekislikka parallel yo`nalgan (100)

417. 20 kg massali jism qiya tekislik bo`ylab 10 m masofa o`tdi va 6 m balandlikka ko`tarildi. Tortishish kuchi qiya tekislikka parallel bo`lib, ishqalanish koeffitsenti 2 bo`lsa ishqalanish kuchini bajargan ishini toping (320) Javobda olingan kattalik modulini ko`rsating.

418. 0.5 kg maasli jim qiya tekislikda 7 m balandlikdan uning asosigacha sirpanib tushdi. Qiya tekislikni gorizontga nisbatan burchagi 450 ishqalanish koeffitsenti 0.2 bo`lsa ishqalanish kuchi bajargan ishini toping. (7) Javobda ishni absolyut miqdorini ko`rsating.

419.200 kg massali vagonitka qiyalik burchagi gorizontga 300 ni tashkil qilgan tog` relisi bo`ylab ko`tarilmoqda. Agar vagonetga 0.2 m/s2 tezlanish bilan harakatlansa 50 m masofadagi tortishish kuchini bajargan ishi qanday? Ishqalanish koeeffitsenti 0.2 (69)

420.Sol 200 N kuch ta`sirida harakatlanmoqda bunda bajarilga nish 1000 J ga teng. Ko`chish va kuch yo`nalishi orasidagi burchak 600 ni tashkil qilsa sol qancha masofaga ko`chgan.(10)

421. Massasi 10 kg bo`lgan jism balandligi 6 m bo`lgan qiya tekislikdan sirpanib tushmoqda. Bunda og`irlik kuchini bajargan ishini toping. g=9.8 m/s2 (588)

422. 2 kg massali jism gorizontal sirtda gorizontga 45o burchak ostida yo’nalgan arqon yordamida tekis harakatlanmoqda. Jism va tekislik o’rtasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,2. Ipning tortishish kuchi 2,4 masofada qanday ish bajaradi? (8)

423. Gorizontal sirtda yotgan 10 kg massali yashik vertikal devordan qandaydir masofada devorga bikrligi 200 N/m bo’lgan prujina bilan mahkamlangan holda turibdi. Yashik va sirt orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,2. Yashik unga qo’yilgan kuch ta’sirida sekin devordan 20 sm siljidi. Bunda qanday ish bajariladi? Prujinaning dastlabki holida u deformatsiyalanmagan. (8)

424. Kvadrat plastinka silliq gorizontal sirtda tomonlaridan biriga parallel holda sirtning silliq bo’lmagan va ishqalanish koeffitsienti 0,2 ga teng bo’lgan chegarasiga siljib keldi. Chegara chiziqlari plastinka tezligi yo’nalishiga perpendikular yo’nalgan plastinka chegarani to’liq kesib o’tgan vaqtdagi ishqalanish kuchini toping. Plastinka tomoni 1 m massasi 10 kg javobda ishni absalut qiymatini ko’rsating. (10)


Download 186,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish