Bu paytda distillash gazlarini karbonat angidridni monoetanolamin
eritmasi bilan ajratish
jarayoni olib borilmoqda edi. Shu bilan bir vaqtning o'zida uzluksiz bug'lanish jarayonini vint
turdagi karbamid eritmasi va kristalizasyon uskunalari sinovi ustida ish olib borilmoqda edi.
Ushbu tadqiqotlar o’z natijasini berdi va o’zining kamchilik hamda avzalliklariga ega edi.
Niderlandiyada 1959-yilda stamicarbon kompaniyasi tomonidan ugleammoniy tuzlarining
suvdagi eritmalari yordamida karbamid ishlab chiqarish texnologiyasi qo’llanildi. Bu davrda
ko’pgina chet el mamlakatlarida ishlar olib borilmoqda edi lekin shunisi qiziqki karbamid ishlab
chiqarish noorganik moddalrning o’zaro reaksiyasiga kirishadigan
granulyatsiya usuli bilan
amalga oshirilardi.
Keyinchalik ushbu granulyatsiya usuli anchagina ruvojlantirildi. Bir vaqtning o'zida
Rossiyada yiliga 35 ming quvvatga ega Shchekinsky va Severodonetsk kimyoviy zavodlari ishga
tushurildi. Shu bilan birgalikda Salavatskaya neft-kimyo zavodida yiliga 90 ming tonna quvvatga
ega bo’lgan maxsulot ishlab chiqarila boshlandi.O’zbekistonda esa Maksim chirchiq
elektrokimyoviy zavodida ham karbamid maxsuloti ishlab chiqarila boshlandi.
Yuqorida aytilganidek karbamid ishlab chiqarish Stamicarbon, Snamprogetti, Tecnimont
texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi. Hozzirda ko’plab mamlakatlarda
karbamid ishlab
chiqarish bilan shug'ullanadi. Karbamid ishlab chiqarish bo’yicha tadqiqot instituti tashkil
etilgandan so'ng institut karbamid ishlab chiqarishni yaratish va qayta ishlashda muhim rol
o'ynamoqda. Dunyo mamalaktlari ya’ni g'arb kompaniyalari texnologiyalari keng qo'llanildi.
Hozirgi kunda eng keng tarqalgan texnologiya Stamikarbon va Snamprogetti texnologiyasidir.
Korxonalarda karbamid ishlab chiqarish haqida batafsil ma'lumot quyida keltirilgan qismda
keltiriladi.
Karbamid ishlab chiqarish bo’yicha yangi quvvatlar yaratish
texnologiyalari bozorida
jarayonining turli xil modifikatsiyalari mavjud bo'lib, ular asosan sintez apparaturasi bo’lib
tarkibidagi elementlari bilan farqlanadi. Xorijiy kompaniyalar bugungi kunda 1000 dan 2000
gacha, hatto 3000 tonna quvvatga ega uskunalarni taklif etmoqdalar.
Bu texnologiyalarning barchasi xom ashyoni ishlatish darajasiga nisbatan taxminan bir xil
darajadagi, asboblarni loyihalash uchun turli xil echimlar, qo'llaniladigan strukturaviy
materiallar, energiya sarfi darajasini minimallashtirishga imkon beradigan texnologik usullar
bilan farqlanadi.
Misol uchun, Stamikarbon yuqori bosimli kondanser bilan birgalikda suv
aralashmali sintez reaktorini taklif qiladi. Bu bosqich birliklarida sintez bosqichlari va keyingi
bosqichlar issiqlikda birlashtiriladi, bu esa energiya sarfini kamaytirish imkonini beradi.
Chexiyaning "Hepos" firmasi bilan birgalikda modernizatsiyalash texnologiyasi
asosida kuniga
1200-1500 tonna quvvatga ega maxsulotni etkazib berishni taklif etadi.
Stamicarbon CO2 ning ajratish jarayonini batafsilroq ko'rib chiqamiz. Jarayonning
soddalashtirilgan funksional sxemasi rasm- 1.8 da keltirilgan
Do'stlaringiz bilan baham: