I BOB. Adabiyotlar sharxi
Tuproq qoplamini neft va neft mahsulotlari bilan ifloslanishining asosiy omillari о‘rnida Y.A.Majayskiy, I.Y.Davshova, V.F.Yevtyuxin, K.N.Yevsenkin (1999), V.I.Solovyev, V.A.Pushkina, G.A.Kojanova, T.V.Gudzenko (2001),
V.M.Kondrashenko, V.P.Xolodenko (2001), L.A.Deminalar (2000) tabiat komponentlari ayniqsa, tuproq qoplamining neft bilan ifloslanishida quyidagi asosiy omillarni kо‘rsatishadi:
-neft sanoati tarmoklaridagi chikindi suvlarining tuproq qoplamiga va sug‘orish suvi manbalariga tushishi;
-neft va boshqa yoqilg‘i turlarining tashish kemalari, transportlari va uzatuvchi kuvurlaridagi halokat holatlari;
-neft konlarining yonib ketishi;
-neft saklash omborlaridagi noqulay holatlar natijasida tuproq qoplami va ekosistemaning asosiy qismlari ifloslanadi. Bundan tashqari neft va neft mahsulotlaridan notо‘g‘ri foydalanish mobaynida va ifloslangan hududlarda rekultivatsiya ishlarini yetarli darajada yо‘lga qо‘yilmasligi okibatida ham bir qator muammolar kelib chiqadi.
II BOB. Tekshirish metodikasi
Tadkiqotlarga ko‘ra (K.Mirzajonov, M.Nazarov, S.Zokirova, G‘.Yuldashev 2004) zavodlardan chiqarilayotgan fosforli o‘g‘itlarning har tonnasida tabiiy radionuklidlardan uran-0,036, toriy-0,027, ftor-25,0 (g/t) miqdorida uchrash hisobidan yiliga 445,9 ming tonna fosforli o‘g‘it solinadigan bo‘lsa, respublika tuproq qoplamiga 16,05 t uran, 12,03 t toriy va 11148 t ftor tushishi e’tirof etiladi. Bu esa eng oddiy yo‘l bilan tuproq qoplamini o‘ta zaharli moddalar bilan ifloslanishga yaqqol misoldir, shu nuqtai nazardan yerga solinayotgan va turli maqsadlarda qo‘llanilayotgan turli kimyoviy moddalarning foydalanish tavsifini to‘liq bilish talab etiladi, chunki tuproq tanasi "Tirik tana" hisoblanib, unga tushayotgan har bir yot modda albatta o‘zining ijobiy yoki salbiy ta’sirini o‘tkazadi.
Ayni kunda tuproqlarning kimyoviy ifloslanishi har kachongidan ko‘ra avj oldi va bu bir muayyan hudud uchun emas, balki mintaqaviy va global darajadagi muammolarga olib kelmoqda Bu o‘rinda respublikamizning janubiy Surxondaryo viloyatining bir necha tumanlariga o‘zining chiqindi tutunlari bilan bir qator muammolarni keltirib chiqarayotgan Tojikiston alyuminiy zavodi (TojAZ) faoliyatini keltirishimiz mumkin. TojAZ birgina 2002 yilda 21,613 ming tonna atmosfera orqali tuproq, o‘simlik, hayvonot va suv qoplamiga vodorod ftorid - NG‘, azot ikki oksidi -N0, uglerod ikki oksidi - SO, oltingugurt to‘rt oksidi - 802 kabi zaharli moddalarni chiqargan, natijada esa tuproq qoplamida ayrim kimyoviy elementlarning miqdori ruhsat etilgan miqdori (REM) ko‘rsatkichidan bir necha marta ortgan va tuproqning bir qator xossalariga salbiy ta’sir etgan. Eng achinarlisi bu holat shu hududda yashovchi xomilador ayollar, yosh bolalarga sezilarli ta’siri achinarli holatlarga olib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |