Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi


§. Benzin distillyatini ikkilamchi haydash



Download 4,1 Mb.
bet12/71
Sana25.07.2021
Hajmi4,1 Mb.
#128529
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71
Bog'liq
НГКИТ китоб 2013

1.7.§. Benzin distillyatini ikkilamchi haydash

Benzin distillyatini ikkilamchi haydash qurilmasi neftni qayta ishlash zavodlari tarkibiga mustaqil jarayon ko’rinishida yoki mujassamlashgan qurilmalar bir qismi ko’rinishida bo’ladi. Zamonaviy zavodlar qurilmalarida benzin distillyatini ikkilamchi haydash orqali undan qisqa fraksiyalarni olish uchun mo’ljallangan. Bu fraksiyalar keyingi jarayon katalitik riforming uchun xomashyo sifatida ishlatiladi, buning natijasida individual aromatik uglevodorodlar-benzol, toluol, ksilollar yoki biroz yuqori oktanli benzin olinadi. Aromatik uglevodorodlar ishlab chiqarishda xomashyo benzin distillyati qaynash temperaturalariga ko’ra quydagi fraksiyalarga bo’linadi: 62-850C (benzol), 85-115(120)0C (toluol) va 115(120)-1400C (ksilol).

Benzin distillyatini ikkilamchi haydash qurilmasidagi texnologik jarayon tizimi quyidagi 5-rasmda keltirilgan. Benzin distillyatini keng qamrovli fraksiyasi (qaynash temperaturasidan to 1800C gacha) 37-nasos yordamida 28, 31 va 34-issiqlik almashtirgichlar orqali haydalib, birinchi zmeevikli pechga (4), so’ngra 3-rektifikatsion kolonnaga beriladi. Bu kolonna bosh mahsuloti qaynash temperaturasi 850C gacha fraksiya 5- havoli va 6- sovitkichdan o’tib, 7-yig’gichga tushadi. Hosil bo’lgan kondensatning bir qismi 8-nasos yordamida 3-kolonna yuqorisida “to’yintirish” uchun qolgan qismi esa 9-kolonnaga beriladi. Sirkulyatsion flegma (85-1800C fraksiya) yordamida 3-kolonna pastki qismidagi issiqlik ta`minlanadi. U 2-nasos yordamida 4-pech orqali 3-kolonna pastki qismiga beriladi. 3-kolonna pastki qism qoldig’i 1-nasos bilan 20-kolonnaga yuboriladi.

Bosh fraksiya (q.b- 620C) 9-kolonna yuqorisidan ajratilib, 10-havoli sovitkichda kodensatsiyalanadi, so’ngra 11-suvli sovitkichda sovitilgan kondensat 12-yig’gichga to’planadi. Bu erdan kondensat 13-nasos yordamida rezervuarga, bir qismi esa 9-kolonnaga to’yintirishga qaytariladi. Qoldiq mahsulot – 62-850C fraksiya 9-kolonna pastki qismidan 16-nasos yordamida chiqarilib, 26-issiqlik almashtirgichdan va 29,30-sovitkichlardan so’ng rezevuarga jo’natiladi. 20-kolonna yuqorigi mahsuloti sifatida 85-1200C fraksiyasi olinadi, qaysiki u 21 va 22 – sovitkichlardan o’tib, 23-yig’gichga tushadi. Kondensatning bir qismi 20-kolonna yuqori qismiga “to’yintirish” uchun bir qismi esa 24-nasos yordamida qurilmadan rezervuarga chiqariladi. Ksilol fraksiyasi (120-1400C) 25-bug’latuvchi (streping) kolonnasi pastki qismidan 27-nasos yordamida 31-issiqlik almashtirgichda sovitilib, 32 va 33-sovitkichlardan so’ng rezervuarga chiqariladi.

20-kolonna pastki mahsuloti 140-1800C dagi fraksiya bo’lib, u 17-nasos yordamida 34-issiqlik almashtirgichda sovitilib, 35 va 36-sovitkichlardan so’ng rezervuarga chiqariladi.

9 va 20-rektifikatsion kolonnalardagi bug’latish seksiyalari uchun kerakli issiqlik 14 va19-qaynatgichlar orqali ta`minlanadi. Tashqi 25-bug’latuvchi kolonnada 16-qaynatgich hizmat qiladi. Qaynatgichlarda issiqlik tashuvchisi bsuv bug’i hisoblanadi. Har bir rektifikatsion kolonnada 60 tadan tarelka mavjud.

Asosiy jihozlardagi temperatura va bosim quyidagicha bo’ladi:


Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish