2.4.§. Pentan va geksan katalitik izomerlash jarayoni
Izomerlash jarayoni mohiyati engil normal parafin uglevodorodlarini mos izotuzilishdagi uglevodorodlarga katalitik o’zgarishi hisoblanadi.
Katalitik izomerlash jarayoni yuqori oktanli benzin komponentlari ham neft kimyosi sanoati uchun xom-ashyo olishga mo’ljallangan. Jarayon xom-ashyosi sifatida n-butan, boshlang’ich qaynash temperaturasi 520C bo’lgan engil, to’g’ridan-to’g’ri haydashdan olingan frakstiyalar, katalitik riforming rafinatlari: n-pentan, n-geksan yoki ularni gazlarni frakstiyalash vaqtda ajralgan aralashmalari ishlatiladi.
Asosiy katalizatorlar sifatida Fridel – Kroft katalizatori, volfram sulfidli bifunkstional, nodir metall steolit tarkibli va kompleks katalizatorlar ishlatiladi. Hozirgi vaqtda platina yoki palladiyli bifunkstional katalizatorlardan foydalanish keng tarqalgan.
Izomerlash jarayoni rejimi qo’llaniladigan katalizatorlarga bog’liq holda har-xil intervallarda o’zgarishi mumkin.
Harorat, 0C .................................................................................. 0-480
Bosim, MPa ................................................................................... 1,4-10,5
Vodorodning xom-ashyoga nisbati .................................................(2-6):1
Xom-ashyoni hajmiy uzatish tezligi, soat -1.................................. 1,0-6,0
Jarayonda izomerizatning chiqishi 93-97% (mass), oktan soni 88-92 (tadqiqot usulida) teng. Yonaki mahsulot quruq gaz bo’lib, yoqilg’i sifatida ishlatiladi.
Izomerlash qurilmasi rektifikastiyalash va izomerlash bloklaridan iborat. Rektifikatlash blogida izomerlashga yuboriladigan xom-ashyo oldindan pentan va geksan frakstiyalariga ajratiladi, shundan so’ng olingan mahsulotni barqarorlashtirish orqali undan tayyor izopentan va izogeksanlar ajratiladi. Izomerlash blogida esa izomerizatlar olinadi.
Quyidagi rasmda tarkibi 27,5% izopentan, 44% n-pentan va 26,2% izogeksanni ftor bilan promotorlangan alyumoplatinali katalizator orqali olishdagi izomerlash qurilmasi texnologik sxemasi keltirilgan. (Xom-ashyo boshlang’ich qaynash harorati 620C dagi frakstiya).
Xom-ashyo 17-absorberdan to’yingan absorbent bilan birgalikda 8- rektifikastion kolonnaga ajralishga kiritiladi. Izopentan frakstiyasi 8- kolonna yuqorisidan ajratiladi va keyingi rektifikastiya uchun 5-butan kolonnasiga o’tkaziladi, 8-kolonna pastki mahsuloti 9-pentan rektifikastiya kolonnasiga kiritiladi. 9-kolonna yuqorisidan olinuvchi tarkibi 91% (mass) atrofidagi n-pentandan iborat pentan frakstiyasi vodorod saqlovchi gaz bilan aralashtirilib, 6-issiqlik almashtirgichda isitiladi va so’ngra 12- quvurli pechda qizdirilib, 11-izomerlash reaktoriga kelib tushadi. Pentan kolonnasi pastki mahsuloti 10-izogeksan kolonnasiga ajratishga yuboriladi.
Reakstiya mahsulotlari 6-issiqlik almashgichda 7 va 3- sovutgichlarda sovutilib 2-separatorga tushadi. Separatordan stirkulyastiyalanuvchi gaz 14-absorberga yuboriladi, izomerizat esa 16- kolonnada barqarorlashtirilgandan so’ng xom-ashyo aralashmasi bilan aralashgan holda 8-rektifikastion kolonnaga jo’natiladi.
Katalizatorni kislotalilik funkstiyalarini saqlash uchun toza vodorod va stirkulyastiyalanuvchi vodorod saqlagan gaz oldindan 14-adsorberga NaA tipdagi steolitlarda ko’rinishdan o’tkaziladi.
Stirkulyastiyalanuvchi gazdagi vodorodning konstentrastiyasi 80-85%ni tashkil etadi. Katalizator yuza qismida hosil bo’lgan koksni har 3-4 oyda kuydirish yo’li bilan qayta tiklanadi.
Izopentan 17-absorberda barqarorlashtirish gazlaridan ajratiladi, bunda absorber yuzasidan geksan frakstiyasi “sug’orish” hosil qilish uchun beriladi. Qurilma asosiy mahsuloti 95% (mass) tozalikdagi izopentan hisoblanadi. Pentan frakstiyasini izomerlashdan so’ng boshlang’ich distillyat oktan soni 79 dan 90gacha ko’tariladi. Umumiy holda engil frakstiyalar oktan sonini izomerlash yordamida 15-20 birlikka oshirish mumkin. Qurilmadagi texnologik rejim quyidagicha boshqariladi:
Harorat, 0C .................................................................................. 380-450
Bosim, MPa ................................................................................... 3,5
Xom-ashyoni hajmiy uzatish tezligi, soat -1.................................. 1,5
Vodorodni n- pentanga nisbati ................................................... 3:1
VSGning karraligi, m3/m3 ...............................................................880
Pentanli izomerizat restirkulyastiya karrasi ............................... 1,25
Kolonnalardagi harorat va bosimlar jadvali. Jadval 10
Harorat, 0C
|
Kolonna 5, 0C
|
Kolonna 8, 0C
|
Kolonna 9, 0C
|
Kolonna 16, 0C
|
evoparatorda
|
55
|
90
|
84
|
84
|
Yuqorida
|
82
|
77
|
74
|
68
|
Pastda
|
100
|
110
|
110
|
104
|
bosim
|
MPa
|
MPa
|
MPa
|
Mpa
|
|
0,6
|
0,5
|
0,3
|
0,15
|
Rams -11. Izomerlash jarayoni texnologik sxemasi. 1-nasoslar.2- separatorlar.3- suvli sovutgichlar. 4- isitgich. 5,8,10,16 – kolonnalar. 6 - issiqlik almashgich. 7 – havoli sovutgich. 11 – reactor. 12 – quvurli o`choq.13 – yig`gich.14 – adsorber quritgich.15 – compressor. 17 – absorber.
Do'stlaringiz bilan baham: |