72
suyuq fazalar to‘qnashishi pufakchalar hamda gaz oqimi suyuq
tomchilar sirtiga to‘g‘ri keladi. Ko‘ðikli rejimda
barbotajli tarelkalarda
fazalarning to‘qnashish yuzasi maksimal miqdorga egadir.
Oqimli (injeksion) rejim. Agar gaz tezligi yanada oshirilsa,
gaz oqimining uzunligi ko‘payadi va
u barbotaj qatlamidan chiqib
qoladi. Shu bilan birga, barbotaj qatlam buzilmaydi va ko‘p
miqdorda yirik tomchilar hosil bo‘ladi.
Bunday rejimda fazalarning
to‘qnashish yuzasi keskin ravishda kamayib ketadi. Shuni alohida
ta’kidlash kerakki, bir rejimdan keyingisiga o‘tish
asta-sekin
bo‘ladi. Barbotajli tarelkalar gidravlik rejimlari chegarasini
hisoblashning umumiy usullari shu kungacha yaratilmagan.
Shuning uchun ham tarelkali absorberlarni
loyihalashda tarelka
ishlashining pastki va tepa oraliqlari hisoblash yo‘li bilan toðiladi.
So‘ngra gazning ishchi tezligi toðiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: