2.1.3. Po‘latlarning korroziya (zanglash)ga barqarorligi
NQIK jihozlarini tayyorlash uchun material tanlanganda ko‘ðincha
aniqlik kirituvchi omil sifatida muhitning agressivligi qabul qilinadi.
Ishlatilayotgan metall jihozning uzoq vaqt ishlashini ta’minlanib
qolmasdan, balki olinayotgan mahsulot va texnologik jarayonga o‘zi
hamda uning korroziya mahsulotlari ta’sir etmasligi kerak.
Metall va qotishmalar korroziyasining tezligini laboratoriya
sharoitida ma’lumotnomalardan foydalaniladi va tajribaga talabga
javob beradigan qimmatbaho bo‘lmagan material (po‘lat)lar
tanlab olinadi.
Po‘latlarning kimyoviy tarkibi va strukturasi bir xil emas,
shuning uchun ularning agressiv muhitdagi barqarorligi yuqori
bo‘lmaydi. Agar adabiyotlardan tekshirilayotgan materiallar
toðilmasa, u holda shu sharoitda uni korroziyaga chidamliligi
o‘rganilib chiqiladi va olingan natijalar taklif qilinadi (2- jadval).
2- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |