2.4.O'zbekiston Respublikasining neft va gaz sohasida erishgan
yutuqlari.
Serquyosh Respublikamiz o‘zining yer osti boyliklari bilan ham dunyodagi ko‘pgina mamlakatlardan ustunlikka egadir. Umumiy maydoni 448,9 ming km2 bo‘lgan Respublikamiz hududining 60% neft va gaz istiqboliga egadir. 2000-2002 yillarida 12 ta yangi neft va gaz konlari ochilib,ulardan 5 tasi istiqbolli Ustyurt mintaqasida joylashgan. Hozirgi kunda mavjud bo‘lgan konlardan qazib olinayotgan neft va gaz Respublikamiz ehtiyojini qondiribgina qolmay, balki ularni chetga sotish imkoniyatlari ham mavjud. Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan Qorovulbozor tumani hududida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi hamda Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi kabi ulkan va noyob inshootlarning ishga tushirilishi Vatanimiz va xalqimiz hayotidagi unutilmas voqealardan hisoblanadi. Bu ulkan sanoat inoshootlarining maxsuloti mamlakatimiz yoqilg‘i - energetika bazasining rivojlanishida hamda kimyo sanoatining xom ashyoga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim o‘rin egallayodi. Ayni paytda ushbu sanoat korxonalarining maxsulotlari chet davlatlarga eksport qilinmoqda.1997 yilda yiliga 2,5 mln tonna gaz kondensatini qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan Buxoro neftni qayta ishlash zavodi hamda qatlamga 50 MPa bosimgacha gaz hayday oladigan noyob Ko‘kdumaloq kompressor stansiyasi ishga tushirildi. 2001 yilda Markaziy Osiyoda yagona yirik bo‘lgan Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi maxsulot bera boshladi. Asosiy maxsulot hisoblangan polietilendan tashqari propan - butan fraktsiyasi ham olina boshladi. Natijada Respublikamizda ishlabchiqariladigan suyultirilgan gaz hajmi ikki marta ko‘paydi.Tseolitli oltingugurt tozalashdek noyob texnologiyaga asoslangan Sho‘rtan gaz-kimyo majmui yiliga 4,5 mlrd. m3 gazni qayta ishlash quvvatiga egadir. Natijada majmua yiliga 125 ming tonna polietilen, 137 ming tonna suyultirilgan gaz, 130 ming tonna yengil gaz kondensati, 4 ming tonna oltingugurt hamda 4,2 mlrd. m3 gaz mahsuloti bermoqda.Majmua 150 xildosh polietilen turlarini ishlab chiqara oladi.Muborak gazni qayta ishlash zavodi past haroratli separatsiyada gazni qayta ishlashga asoslangan bo‘lib, tabiiy gazdan suyultirilgan gaz, gaz kondensati va oltingugurt olinadi. Bu zavodda har yili 24 mlrd. m3 gaz qayta ishlanadi.Respublikamiz gaz uzatish tizimi 13 ming km.li 1020, 800, 700 mm diametrli gaz uzatish magistral quvurlaridan tashkil topgan bo‘lib, ulardan 5,5 MPa bosim ostida gaz uzatiladi. 1200 va 1400 mm diametrli «O‘rta Osiyo - Markaz» gaz quvurlari orqali 7,5 MPa bosimda gaz chet datlatlarga uzatiladi. Gaz uzatish tizimini 250 dan ortiq turli xildagi agregatlar bilan ta‘minlangan compressor stansiyalari bosim bilan ta‘minlaydi.
Farg‘ona va Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlari mos ravishda yiliga 5,5 va 3,2 mln. tonna neft va gaz kondensatini qayta ishlash quvvatiga ega. Farg‘ona va Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlari yoqilg‘i moylash maxsulotlari chiqarishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, yangi zamonaviy texnologiyalar asosida ishlovchi Buxoro neftni qayta ishlash zavodida xalqaro standartlarga mos yuqori sifatli avtobenzin, aviakerosin, dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarilmoqda.Hozirgi kunda Respublikamizdagi ishlab turgan neftni qayta ishlash avodlarining quvvati yiliga 11,2 mln tonna neft va gaz kondensatini qayta ishlashga etadiHozirgi kunda Respublikamizda 91 ta gaz va gaz kondensati hamda 96 ta neft, neft-gaz va neftgazkondensat beruvchi jami 187 ta uglevodorod xomashyosi beruvchi neft gaz konlari ochilgan. O‘zbekiston yiliga 57 mlrd. m3 gaz va 8 mln. tonna suyuq uglevodorodlar qazib oluvchi, yoqilg‘i-energetik resurslari bilan Markaziy Osiyoda yirik davlatlaridan biri sifatida XXI asrga kirib keldi.2002 yilga kelib uglevodorodli xom ashyo qazib olish 65,7 mln tonna shartli yoqilg‘i miqdoriga yetib, 1991 yilgiga nisbatan 1,5 marta ko‘pdir.Maxsulot ishlab chiqarish hajmi 2002 yilda 580 mln AQSh dollarini, mahsulot realizatsiyasi esa 1823 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Ma‘lumki, yoqilg‘i energetika sohalarini potensial ta‘minlovchi korxonalarning barqaror va samarali ishlashi, rivojlanishi va istiqboli bu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan va tayyorlanadigan yuqori malakali kadrlarning saviyasi va sifatiga bevosita bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |