15 Rasm. Quduqni ishlatish grafigi.
Dщт – shtutserning diametri, mm; qв – suvning ulushi, %; pб – buferdagi bosim, MPa; qн– neftning ōrtacha debiti, t/k.
Uyumlarni ishlatishni boshqarish usullari. Uyumlarni ishlatishni nazorat qilish har bir qatlam yoki qatlamning alohida uchastkalari zaxiralarini ishlatish darajasi, uyumni suvlanish xarakteri va SNCh ning siljishi hamda amalga oshiriladigan ishlatish tizimi natijasida uyumlarda bōladigan barcha jarayonlarni ōrganish imkonini beradi. Bularning barchasi qatlamdan bir tekis neft olish uchun ishlatishni boshqarish bōyicha ōz vaqtida choralar qabul qilishga imkon yaratadi. Qatlamlarni bir tekis ishlatishni ta’minlash uchun qatlamlar yoki qatlamlarning qismlari bōylab alohida suv haydash, kam ōtkazuvchan qatlamlarni haydovchi quduqlarda gidravlik yorish yoki qum-suyuqlik aralashmali (peskostruynaya) perforatsiyalash, turli suv haydash usullarini qōllash, qatlamlarni ajratib ishlatish, qōshimcha qazib chiqarish quduqlarini burĝulash va boshqarish tavsiya etiladi.
Atrof muxit va yer osti muxofazasi. Tabiatni muxofaza qilish iborasi XX asrning birinchi ōn yilligidan keng qōllanila boshlandi. Bu davrda tabiatni muxofaza qilish deganda xayvonot va ōsimliklarning alohida turlarini saqlash, tabiatning qimmatbaho maydon va ob’ektlarini asrash, qōrikxona va milliy xiyobonlarni tashqil etishga yōnaltirilgan faoliyat tushinilardi. Bunday faoliyat, masalan 1913 yilda Shveytsariyada tabiatni muxofaza qilish bōyicha 17 davlat a’zolari ishtirokida ōtkazilgan birinchi konferentsiyada kōrib chiqilgan.
30-yillarning boshida tabiatni muxofaza qilish insoniyat faoliyatini tabiatga zararli ta’sir qilishiga teskari harakatlantiruvchi kompleks tadbirlar sifatida qaraldi.
Hozirgi vaqtda tabiatni muxofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishni yaxshilash bōyicha ishlab chiqilayotgan standartlar inson faoliyati bilan tabiiy atrof muxit orasidagi muvozanatni turĝunlashtirishga yōnaltirilgan tadbirlar tizimidan iborat bōlib, tabiiy resurslarni saqlash va tiklashni taminlaydi, jamiyat faoliyati natijalarini tabiatga tōĝri va bilvosita salbiy ta’siri va inson soĝligiga ta’sirining oldini oladi.
Hozirgi vaqtda ekologik tadqiqotlar bilan geografiya, geologiya, biologiya, texnik va sotsial-iqtisodiy fanlar yunalishidagi mutaxassislar shuĝullanishadi.
Tog fanlarida litosfera va mineral resurslarni ōzlashtirish, yer qa’rida bōlib ōtadigan jarayonlardan yuzaga keladigan xalokatlar bilan boĝliq bōlgan xōjalik faoliyatining barcha sferalarida ekologik tadqiqotlar olib borilmoqda.
Mineral xomashyo va tabiiy resurslarning boshqa turlaridan kompleks foydalanish, chiqindisiz va kam chiqindili texnologik jarayonlarni tashkil etish, sanoat va maishiy oqavalarni tozalashni nisbatan samarador, shuningdek biologik usullaridan foydalanish-texnologik jarayonlarning ekologik tadqiq qilishni umumiy vazifasidir.
Tabiiy resurslardan rejali va oqilona foydalanish-tabiatni samarali muxofaza qilishning asosidir.
Neft va gaz sanoatidagi barcha texnologik jarayonlar (qidiruv, burĝulash, qazib chiqarish, yiĝish, tashish, saqlash va neft va gazni qayta ishlash) tabiiy ekologik holatni buzilishiga sabab bōlishi mumkin.
Neft, burĝulash va neftli shlamlar, oqava suvlar va ularning tarkibidagi turli kimyoviy moddalar tabiiy muxitni ifloslantiradi. Atmosfera uglevodorodlar, qattiq zarrachalar, oltingugurt oksidlari, uglerod va azot hisobiga ifloslanadi.
Yoqilĝi energetika bazasining hozirgi rivojlanish bosqichida yer ostidan oqilona, kompleks va unumli foydalanish va ularni muxofaza qilish muhim ahamiyatga ega.
Yer ostini muxofaza qilish bōyicha tadbirlar-neft va gaz quduqlarini burĝulash, konlarni ishga tushirish va ishlatishning asosiy texnologik jarayonlarini muhim elementi va tarkibiy qismidir. Ular asosan ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligi va xalokatsizligini taminlashga hamda neft, gaz va kondensatni tōliq qazib chiqarish va ishlatishga yōnaltirilgan.
Konlarni ishlatish jarayonida yer ostini muxofaza qilish uchun katta miqdorda tadbirlar ōtkazish lozim. Ular asosan neft, gaz va kondesatli gaz konlarini oqilona ishtish tizimini tanlashga, konlarni ishlatishni nazorat qilish va boshqarish, neft, gaz va kondensat beruvchanlikni oshirishning samarali usullarini qōllashga undaydi.
Neft va gaz konlarini ishlatishni loyihalayotganda texnologik va iqtisodiy kōrsatkichlarni hisobga olib maksimal darajada neft, gaz, kondensat beruvchanlikni ta’minlash lozim.
Yer ostini muxofaza qilish nuqtai nazaridan konlarni ishlash holatini ayniqsa neftlilik, gazlilik konturlarini siljishi, qatlam bosimini, qatlamlar orasidagi gidrodinamik aloqani nazorat qilish muxim ahamiyatga ega.
Qazib chiqarish va haydov quduqlarini ishlatish qatlamning tabiiy holatda saqlashni taminlovchi va quduqlarni muddatidan oldin suvlanishiga yōl qōymaydigan texnologik tarzda olib borishi lozim.
Yer ostini muxofaza qilish muammolariga neft va gazni yiĝish, tayyorlash, tashish va saqlash, uglevodorod xomashyoni yuqotilishini kamaytirish bilan boĝliq bōlgan masalalar ham kiradi. Ularni atmosfera, tuproq, suv xavzalariga chiqishi faqat yuqotishni kōpaytiribgina qolmay, balki atrof muxitni ifloslanishiga ham olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |