10.3. Qatlamga haydaladigan suvning xossasi va sifati
Qatlam bosimini saqlab turish uchun katta hajmdagi suvdan foydalaniladi.
Bunday muammolarni hal qilish uchun ishonchli va suvga boy bo’lgan manbalarni
izlash suvning sifatini asoslash va uni tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish
talab qilinadi. Haydaladigan suvning sarfi ishlatish bosqichlarini aniqlaydi[29]
(10.2-rasm).
Qatlamga haydaladigan suvning manbalari har xil bo’ladi. Hozirgi vaqtda
har xil manbalardagi suvlardan foydalaniladi: ochiq suv havzalari (daryo, ko’llar,
suv omborlari, dengizlar); gruntlarni (o’zan tagi va artezian); chuqurlikdagi (quyi
va yuqori chuqurlikdagi suvlik qatlamlari); oqova suvlardan.
Grunt suvlari kimyoviy tarkibining har xilligi bilan tavsiflanadi
(minerallashishi 100-200 mg/l), ko’p bo’lmagan miqdorda muallaq zarrachalar
ham mavjud bo’ladi.
Ochiq suv havzalaridagi suvlarning tarkibining sifati bir oz to’g’ri kelmaydi,
chunki uning tarkibida ko’p miqdorda mexanik aralashmalar (loylar yoki qumlar),
ayniqsa jala va toshqin, qor erish davrida mexanik aralashmalar ko’payib ketadi va
loylarni bo’kish xususiyatini kuchaytiradi.
Chuqur joylashgan suvlilik gorizontlarining tarkibi yuqori darajada
minerallashgan, shuning uchun qo’shimcha tozalash ishlari amalga oshiriladi.
68
10.2-rasm. Suyuqlikning olishni nisbiy dinamikasi, suvni haydash, suvning
iste’moli V va t vaqt bo’yicha neftberuvchanlik:
1, 1 -erigan gaz rejimida neft qazib olish va neftberuvchanlik; 2, 2, 3 -mos ravishda
suv haydashda neft qazib olish, neftberuvchanlik va suyuqlikni olish; 4-oqova
suvlar to’liq qayta berilganda suvga talab; 5-haydaladigan suv sarfi;
Shtrixlar: tik – suv haydab neft qazib olish samarasi; qiya shtrix tejalgan
suvlar.
Oqova suvlar asosan qatlam suvlaridir. Neft bilan birgalikda qazib olingan,
chuchuk, neftni tayyorlash qurilmasiga uzatilgan va jala suvlaridan tashkil topgan.
Ular minerallashgan (15-3000 g/l) va yaxshi neftni siquvchanlik xossasiga ega.
Shu bilan birgalikda ko’p miqdordagi neft emultsiyasi, mexanik aralashmalar
hamda uglerod oksidi (SO
2
) va oltingugurt (S) bo’ladi.
Suv manbalari asosan suvni tayyorlashning texnologiyasini hisobga olib
texnik iqtisodiy ma’lumotlar tahlil qilib tanlanadi.
Xuddi shunday texnologiya asosida “Muborakneftgaz” UShKga qarashli
Ko’kdumaloq, Kruk va hakozo konlariga haydaladigan suvlar “Devxona” ko’lidan
olib beriladi va tozalash jarayoni amalga oshiriladi.
Qatlamga haydaladigan suvlarga qo’yilgan talablar va ularni almashtirish:
1) mahsuldor qatlamning xossasi;
2) uning tuzilishi va har xil jinsliligi;
3) haydaladigan suvning turi;
4) konda amalga oshiriladigan masalaning xususiyati.
Mahsuldor qatlamga haydaladigan suvga qo’yilgan klassik talablar
quyidagilar:
1) mexanik zarrachalarning tarkibini ko’p bo’lmasligi;
2) emulsiyali neftning miqdorini ko’p bo’lmasligi;
3) naporli va taqsimlovchi quvur uzatmalarga, nasoslarga haydovchi
quduqning jihozlariga nisbatan korrozion inertlilik.
4) suvda oltingugurt, uglerod ikki oksidi, suvdagi jonli organizmlar,
jihozlarni
korroziyasini
jadallashtiruvchi
mikroorganizmlarni
va
haydovchi quduqlarni qabul qiluvchanligini pasaytirgichilarning mavjud
bo’lmasligi.
Suvda erigan kislorod metallni korroziyalanishini jadallashtiradi va qatlamda
aerobli bakteriyalarni faol rivojlanishini keltirib chiqaradi. Uglerod ikki oksidi
(CO
2
) suvning pH ko’rsatgichini pasaytiradi va metalldagi himoyaviy oksidlarning
pardalarini parchalanishga olib keladi hamda jihozlarni korroziyasini tezlashtiradi.
Oltingugurt temir bilan reaktsiyalanib, suv bilan chiqib ketadigan qattiq
temir sulfidni, ikslorod mavjud bo’lganda esa–oltingugurt kislotasini hosil qiladi.
U suvda kaltsiy sulfat uglevodorodlarini neftning tarkibida uglerod ikki oksidini
ajralib tiklanishi natijasida va kaltsiy karbonat ko’rinishida paydo bo’ladi. Neft
qazib oluvchi quduqlarning mahsulotini tarkibida uning mavjud bo’lishi neft qazib
oluvchi jihozlarning korroziyalanishini kuchaytiradi.
Qatlamga “birlamchi” yoki “ikkilamchi” suv haydalgandi tuzning miqdoriga
va uning tarkibiga jiddiy e’tibor beriladi. Haydaladigan suvning kimyoviy tarkibi
qatlam sharoitidagi suyuqlikning tarkibi bilan mos kelishi o’zaro taqqoslanadi.
Suvdagi mineral suvlarning tarkibi va miqdori olti komponentli tahlil asosidagi
69
metodika bo’yicha baholanadi: kaltsiy ionlari (Ca
2+
), magniy ionlari (Mg
2+
), natriy
ionlarining (Na
2+
) ijobiyligi (musbatligi) va salbiy xlor (C l
2-
), sulfat (
2
4
SO
) va
3
HSO
ionlari. Ionli tahlil suvning zichligini pN va ko’rsatkichlarini aniqlaydi. Bu
ionlarning chegaraviy qiymatlari har bir ob’ektni ishlash ko’rsatkichlaridan kelib
chiqib individual aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |