Neft va gaz konlari mashina va jihozlari


 Neftni qayta ishlash jarayonida olinadigan mahsulotlar



Download 11,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/272
Sana31.12.2021
Hajmi11,62 Mb.
#230796
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   272
Bog'liq
2 5276009492230703006

  
18.2. Neftni qayta ishlash jarayonida olinadigan mahsulotlar 
 
Neftni qayta ishlash natijasida quyidagi mahsulotlar olinadi: 
1) yoqilg‘i;  
2) neftli yog‘lar;  
3) parafinlar, serezinlar, vazelinlar;  
4) neftli bitumlar;  
5) yoritish kerosinlari;  
6) eritgichlar;  
7)  boshqa  neft  mahsulotlari  (neftli  koks,  qurum,  konsistent  surkovlari  va 
boshqa). 
 
Yoqilg‘i 
Neftdan olinadigan yoqilg‘ilarning soniga  avtomobil  va aviatsiya benzinlari 
hamda traktor, reaktiv, dizel, gaz turbinali va qozonxona yoqilg‘ilari mansubdir.  
Avtomobil  benzinlari  –  karbyuratorli  dvigatellarda  qo‘llaniladi.  Hamma 
avtomobil benzinlari quyidagi turlarga bo‘linadi:  
-  yozda  hamma  tumanlarda  1  apreldan  –  1  oktabrgacha  qo‘llash  mumkin, 
janubiy rayonlarda yilning hamma fasllarida; 
-  qishki, hamma mavsumlarda qo‘llashga mo‘ljallangan. 
Benzinning  muhim  ishlatish  tasniflaridan  biri  ularni  detonatsiyaga 
chidamliligi  hisoblanadi.  U  qanchalik  katta  bo‘lsa,  dvigatelning  siqish  darajasi 
shuncha yuqori va shunga mos uning solishtirma quvvati katta hamda yoqilg‘i sarfi 
kichik bo‘ladi. 
Benzinlarni  detonatsiyaga  chidamliligi  oktanlar  sonini  ifodalaydi,  maxsus 
mator qurilmalarida yoki tadqiqot metodlari asosida aniqlanadi. Oktanlar sonining 
miqdori  aralashmadagi  N–geptan  bilan  izooktanlar  teng  bo‘lib,  sinaladigan 
benzinning detonatsiya chidamliligiga ekvivalentdir. 
Benzinlarni  detonatsiya  chidamliligini  oshirish  uchun  va  shunga  mos 
bo‘lgan  oktanlar  sonini  oshirishda  ularga  tetraetilevinets  1  kg  benzinga  3,3 
grammgacha  qo‘shiladi.  Shuning  uchun  etillashtirilgan  benzinlar  bilan  ishlashda 
xavfsizlik choralarini oldini olish qoidalariga rioya qilinadi. 
Benzin  va  havo  aralashmasi  silindrga  tushganda,  porshen  yuqoriga 
harakatlanib uni siqadi. Bug‘lar siqilganida ular qizib ketadi. Agar benzin va havo 
aralashmasi  qattiq siqilsa, u o‘ta qizib ketadi va yondirish svechasi yordamida o‘z-
o‘zidan yonib ketadi.  
Agar  benzinni  yonishi  alangalanish  muddatidan  oldin  sodir  bo‘lsa,  porshen 
o‘zining  yuqori  nuqtasiga  yetmasdan  orqaga  qaytib  dvigatelning  burama  valining 
harakatiga  to‘sqinlik  qiladi,  ya’ni  detonatsiya  sodir  bo‘ladi.  Detonatsiya  odatda 
taqillab  silkinish  va  dvigatelning  guvillab  shovqin  chiqarishi  bilan  tavsiflanadi. 
Detonatsiya  hosil  bo‘lishiga  yo‘l  qo‘ymaslik  kerak,  chunki  u  motorning 
harakatdagi  kuchiga  qarshi  ishlaydi,  shuning  uchun  uning  mexanik  qismlariga 
ta’sir qiladi. 


 
184 
Benzinnning  oktanlar  sonini  aniqlashda  uning  siqilish  darajasining  aniqligi 
katta  ahamiyatga  ega.  Ayniqsa  o‘z-o‘zidan  alangalanish  porshen  harakatining 
yuqori  nuqtasida  sodir  bo‘ladi.  Siqilish  darajasi  benzin  oktanlar  soniga  bog‘liq. 
Oktan  soni  100  bo‘lgan  benzin  uchun  shartli  ravishda  izooktan  (2,  2,4- 
trimetilpentan) S
8
N
18 
qabul qilingan.  Kuchsiz siqilishda  ham detonatsiyalanadigan  
n-geptan (S
7
N
16
) oktan soni “0” bo‘lgan benzin uchun qabul qilingan. 
Zarur  bo‘lgan  oktan  sonli  benzin  olish  masalasini  soddalashtirish  uchun  
benzinga  qo‘rg‘oshin-tetraetil  qo‘rg‘oshin  (TEQ)  yoki  tetrametil  qo‘rg‘oshin 
(TMQ)  qo‘shiladi.  Bu  birikmalar  benzinning  oktan  sonini  oshiradi.  Bu  bilan 
benzinning  boshqa  xossalariga  ,  jumladan  to‘yingan  bug‘  bosimiga    (TBB)  ta’sir 
etilmaydi.  
TEQ  (TMQ)  –  juda  zaharli  kimyoviy  birikma,  hatto  uning    juda  kichik 
konsentratsiyali  bug‘i  ham  kasallikka  yoki  o‘limga  olib  kelishi  mumkin.  Shunisi 
qiziqki,  benzinga  qo‘rg‘oshin  qo‘shilishidan  maqsad,  uning  muddatidan  oldin 
alangalanib  ketishini  oldi  olinadi.  Oktan  soni  qanchalik  kichik  bo‘lsa, 
detonatsiyaning  yuzaga  kelishi    yoki    benzinning  o‘z-o‘zidan  alangalanishining 
ehtimolligi  yuzaga  keladi.  Shuning  uchun  qo‘rg‘oshin  alangalanishning  oldini 
oladi. Qo‘rg‘oshinning atrof  muhitga ta’sirini kamaytirish maqsadida , benzinning 
oktan sonini oshirish uchun neft-kimyo sonaotida metanol, etanol, TBS, va MTBE 
kabi mahsulotlarni qo‘llash tavsiya etilgan. 
Metanol  -  CH
3
OH  qadimdan  ma’lum  bo‘lgan  kimyoviy  modda.  U  yog‘och 
spirti  sifatida  mashhur,  chunki  avvallari  yangi  arralangan  zich  yog‘ochli 
g‘o‘lalarga  kimyoviy  reagent  ta’sir  ettirib  olingan.  1923  yilda  nisbatan  unumli 
jarayon  ishlab  chiqilgan.  Bunda  dastlabki  modda  sifatida  metan  yoki  benzin 
fraksiyasidan  foydalanilgan.  Metanning  manbai  sifatida  asosan  metandan  iborat 
bo‘lgan tabiiy gaz ishlatilgan. 
Jarayonning  asosiy  bosqichi    -  sintez  gazning  olinishi    uglerod  monooksidi 
(CO) va vodorod (H
2
) aralashmasining olinishidir: 
                       CH

+ H
2
O  →   CO + 3H
2
       (sintez gaz) 
                       CO  +  2H
2
   → CH
3
 OH         (metanol)  
Bu tenglamani olish texnologiyasi  juda murakkab va qimmat. 
Etanol  -  yoki  etil  spirti  (C
2
H
5
OH)  –  aroqning  asosiy  komponenti 
hisoblangan  kimyoviy  modda.  Etanol  ham  qadimdan  tabiiy  manbalardan:  uzum 
(vino) tarkibidagi qandni achitish, kartoshka (aroqda) yoki arpa va jo‘xori (viski)ni 
fermentlar  ta’sirida  ishlash  bilan  olingan.  Sanoat  miqiyosida  etanol  olishda 
foydalaniladigan  hozirgi  kimyoviy  jarayon  1919  yilda  ishlab  chiqilgan.  Bu  usul 
etilenning  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  gidrotatsiyasiga  (suvning  birikishi  gidrotatsiya  deb 
ataladi) asoslangan : 
                        C
2
H
5
  + H
2
O   =    CH
3
 - CH
2
 - OH

   (etilen) (suv) (etanol) 

Download 11,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish