2.1-rasm. Ishlatish quduqlarining profilini sxemasi.
1-tik
uchastkasi;
2-burilish
uchastkasi;
3-qiya
uchastkasi; 5-tik uchastka.
2.2-rasm.
Ishlatish
qudug’ining
sxemasi.
1-tizma boshchasi; 2-yo’llanma; 3-
konduktor; 4-ishlatish tizmasi; 5-
klapan; 6-filtr.
2.2. Ishlatish quduqlarining yer usti jihozlari
Quduq ustidagi mustahkamlash tizmasi bog’lanadi ya’ni, quduqning boshqa
jihozlari biriktiriladi, bu esa tizma boshchasi deyiladi.
Tizma boshchasi (2.3-rasm) quduqning hamma mustahkamlash tizmalarini
birlik tizimga biriktiradi. Ularning og’irligini qabul qiladi va hamma
yuklanmalarni konduktorga uzatadi. U tizmalar oralig’idagi fazoni izolyatsiyasini
va germetikligini ta’minlaydi hamda bir vaqtda quduqning stvol qismining holatini
va kerakli texnologik jarayonlarni bajarishni nazorat qilishga yo’l beradi.
16
Tizma boshchasi quduqqa tushiriladigan ishlatish jihozlarini montaj qilishda
supa vazifasini bajaradi. Quduqlarni burg’ilash vaqtida unga otilmaga qarshi jihoz
preventor montaj qilinadi va burg’ilash tugagandan keyin demontaj qilinadi.
Tizma boshchasi konstruktiv – bir nechta bir-biri bilan bog’langan
elementga ega bo’ladi, ularga g’altak yoki chorbarmoq (kristovina), mustahkam
tizmalari kiradi. Bu elementlarning soni quduqdagi mustahkamlash tizmasining
soniga bog’liq bo’ladi.
Tizma boshchasini ishlatish sharoitlari yetarli darajada murakkabdir:
mustahkamlash tizmasini og’irligidan beriladigan yuklanma chuqur quduqlarda bir
necha yuz kilonyutondan oshib ketadi. Bundan tashqari tizma boshchasi o’zi bilan
kontaklashuvchi zonadan beriladigan bosimni ham qabul qiladi. Qatlam
suyuqligini yoki gazini tarkibidagi H
2
S, CO
2
yoki kuchli minerallashgan suvlar
tizma boshchasini korroziya ta’siriga duchor qiladi. Chuqur quduqlarga issiqlik
tashuvchilar haydalganda ularning stvollari va tizma boshchalari 150-250
o
C gacha
qiziydi.
Ikkita tizmani biriktiruvchi tizma boshchasi (2.4-rasm) korpusdan (4) tashkil
topgan bo’lib, mustahkamlash quvurlariga (6) burab mahkamlangan. Korpusning
ichki yuzasi konussimon, unga (3) pona joylashtirilgan, ichki tizmani
mustahkamlash quvurini (7) saqlab turadi. Flanetsni korpusiga (1) g’altak
o’rnatilgan, quvurga kiydirilgan va odatda unga payvandlanadi. Quvurlar
oralig’idagi fazo (2) zichlanma bilan ajratiladi. Tizma boshchasida qulfak (5)
o’rnatilgan bo’lib, u quvurning orqa tomonidan kirib kelishni ta’minlaydi. Bunday
tizma boshchasini tik o’lchami bir metrga yaqin bo’ladi. Mustahkamlash
quvurlarining diametriga bog’liq massa 500-550 kg bo’ladi.
Bunday
tizma
boshchasi bilan chuqurligi 1500-2000 metr, bosimi 25 MPa gacha bo’lgan
quduqlar jihozlanadi. Mustahkamlash tizmasini soni ko’p bo’lgan uch, to’rt va
besh tizmali quduqlarni jihozlash uchun tizma boshchalari tayyorlanadi. Bunday
tizma boshchalarini pritsipial va konstruktiv sxemalari yuqoridagiga o’xshashdir.
Besh tizmali boshcha chuqurligi (5000 metrgacha) bosimi 70 MPa gacha
quduqlarning ustiga o’rnatish uchun mo’ljallangan bo’ladi, uning tik
balandligining o’lchami 3 metr. Asosiy tugunlari 1, 8, 9, 10, 11 beshta chorbarmoq
o’lchamlari 168 mm dan 502 mm.gacha bo’lgan mustahkamlash quvurlari uchun,
2, 4, 5, 7 ponali osmalar va 3 jo’mrakdan tashkil topgan.
Korpuslar uchun po’latning oqish chegarasi 5,0-5,5 MPa, nisbiy
uzatishi 14-15 % va zarbali qovushqoqligi 40 mNm/m
2
gacha. Og’ir sharoitlarda
ishlatiladigan tizma boshchalarini tayyorlash uchun 35 XML turdagi past
legirlangan po’latlardan foydalaniladi. Shtampalangan yoki bolg’alangan flanetslar
yoki bo’g’izlar 35 XM, 40 X po’latlardan to’g’ridan to’g’ri yasaladi. Tizma
boshchasi biriktirgichlarini, elementlarining o’lchamlarini mos kelmasligi avariya
holatlarini keltirib chiqarishga sabab bo’ladi. Standart boyicha 14, 21, 31, 70, 105
MPa,ga ishchi bosimga mo’jallangan tizma boshchalari ishlab chiqariladi.
17
Do'stlaringiz bilan baham: |