II.Asosiy qism
2.1. O'simlik gudronidan bitum olish
Gossipol smolasi yog’ – moy kombinatlari chiqindisi bo’lib, o’zining tarkibida yog’ kislotalarini, fosfor birikmalarini, azot birikmalarini saqlaganligi sababli trebotexnik masalalarini hal qilishda u juda ham qo’l kelishi mumkin bo’lgan moddadir. Efir sonlarining miqdori yuqoriligi, laktan shaklidagi erkin yog’ kislotalarining mavjudligi haqida dalolat beradi. Azot tutuvchi birikmalarning borligi, gossipol smolasidagi oqsil moddali birikmalarni kondentatsiyaga uchraganidan dalolat beradi.
Ishqoriy muhitda gossipol smolasi alyuminiy kvaslarni parchalanishidan hosil bo’luvchi alyuminiy gidroksidi bilan reaksiyaga kirishadi. Hosil bo’lgan birikma kalsiymagniyli muhit ta’siriga chidamli. Gossipol smolasi tarkibini taxminan 80% ni yuviluvchan qismlar tashkil etadi. Asosiy komponentning molekulasi polimer tuzilishga ega bo’lib, kondensatsiyaga uchragan fenol yadrolaridan tashlik topgan.
Gossipol smolasi asosida tayyorlangan EGT emulsoli TU – 38101149-75 talablarga javob berib, qirqish va bosim ostida ishlaydigan metall buyumlarni qayta ishlashda ishlatiladi.
Gossipol smolasi yuqori qovushqoqlikka ega bo’lganligi sababli ularning yemirilishga qarshi xossalari ham balanddir. Quyidagi jadvalda gossipol smolasi va boshqa yopishqoq materiallarning fizik – kimyoviy ko’rsatgichlari berilgan.
Keyingi jadvalda turli maydalovchi materiallarning trebotexnik xossalarini nisbiy ko’rsatgichlari (nigrol ko’rsatgichiga nisbatan olingan) keltirilgan
Shunday qilib, gossipol smolasini tadqiqoti shuni ko’rsatdi-ki, u o’zini tarkibida laktan shaklidagi yog’ kislotalarini, azot va fosfor birikmalarini tutar ekan. Bu birikmalar esa yuqori tabiatga ega bo’lgan yemirilishga qarshi, qirilishiga qarshi, oksidlanishiga qarshi va korroziyaga qarshi xossalarga ega ekanligi aniqlandi. Shu sababli O’ra Osiyo ITI – Giprogaz institutining tekshiruviga asoslanib gossipol smolasi burg’ulovchi eritmalarga qo’shiluvchi moylovchi modda sifatida O’rta Osiyo hududida ishlatish lozim deb topildi
Bu eritmani tayyorlash oddiy bo’lishidan qat’iy nazar foydasi yuqoridir. Eritmani tayyorlash uchun tayyorlanadigan moyli modda massani 65 % ini gossipol smolasi quyiladi. Zichlovchi modda sifatida ruh dioktilfenilditiofosfatdan 8 % miqdorida qo’shiladi. Aralashma qaynash holatigacha isitiladi va 393 - 403 K temperaturada 40 - 45 minut davomida ushlab turiladi.
Yana bir idishda kauchukni polietilen bilan birgalikda bir xil suyuq massa hosil bo’lguncha qaynatiladi, 35 – 363 K gacha sovutiladi. Shu kauchuk - polietilenli aralashmani zichlantiruvchi qo’shilgan gossipol smolasiga qo’shiladi va 45 – 6 minut davomida aralashtiriladi. So’ngra tayyor moylovchi aralashmani idishlarga quyiladi.
Yog’ kislotalari gossipol smolasi tarkibida bo’lib, moylovchi modda sifatida trebokimyo uchun juda muhim ahamiyatga ega. Chunki karboksil gruppa va uglevodorod radikali tutgan uglerod atomlari uzun zanjiridan iboratligi uchun metallar bilan xemosorbsiya jarayoniga kirishish qobilyatiga egadir.
Anion faol qo’shimchalar bilan oksidlangan risoykil, gossipol smolasi, …….ning kub qoldiqlari hamda qattiq yonilg’ilar smolalari bitumni karbonat materiallari bilan bog’lanishini kuchaytirib, amalda bitumning mineral materiallarini kislotali qismlari bilan birlashmaydi . Ya’ni bitumdan asfalt tayyorlash jarayonida bitumga qo’shiladigan moddalar tabiatiga katta e’tibor berish kerak bo’ladi.
Bitumni yupqa qatlamda kogeziya xossasini ko’paytirish uchun yuzani ohakli eritma bilan faollashtirish yaxshi natija beradi. Yuzani xossasini o’zgartirish uchun, kation faol qo’shimchalar bo’lgan DT diamin va KTP katapin hamda FGS gossipol smolasi asosida tayyorlangan karbon kislotaning temirli tuzlaridan qo’shish kerak.
Bu maxsuotlarning tarkibida azot, uglerod, vodorod, kislorod elementlari bo’lib, 3-4-5 gruppa elementlari xosilalari suvda eriydi. Zamishlyayevaning ko’rsatishi bo’yicha gossipol smolasini faqat 0,37 % i suvda eriydi xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |