Neft va gaz kimyosi


Gossipol smolasidan qurilish bitumini olish texnologiyasini



Download 420,55 Kb.
bet5/8
Sana31.12.2021
Hajmi420,55 Kb.
#223417
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Annamedova Sona kurs ishi

2.4. . Gossipol smolasidan qurilish bitumini olish texnologiyasini

yaratish asoslari

Gossipol smolasidan hozirgacha doimiy ravishda bitum ishlab chiqarilmayotganligi sababli u uchun maxsus texnologik qurilma mavjud emas. Shu sababdan neft bitumini ishlab chiqaradigan uskunalarni qayta jihozlab o’simlik gudronidan bitum hosil qilish uskunalarini tayyorlash mumkin. Neft qoldiqlaridan bitum ishlab chiqarish uskunalaridan biri MBU – markali uskuna bo’lib, uskuna orqali quyidagi maqsadlar uchun ishlatilinadigan bitum olish mumkin:

1) Yo’llarni qoplash uchun ishlatilinadigan bitum;

2) Turli qoplamalar olish uchun ishlatilinadigan bitum;

3) Qurilish maqsadlarida ishlatilinadigan bitum;

4) Izolyatsiyalovchi bitum;

5) Bitumli mastikalar ishlab chiqarish uchun ketadigan bitumlar.

Asosan bitumlar uch xil usul bilan olinadi:

1) Vakum orqali haydashdan foydalanib bitum olish mumkin. Bu usullarda qoldiqdan hosil qilgan bitumlar olinadi;

2) Neft maxsulotlarini yuqori temperaturada oksidlash orqali bitum olish mumkin. Bu usul bilan oksidlangan bitum olinadi;

3) Kompaund bitumlar. Bu usul bilan yuqorida ikki usul bilan olingan bitumlar har xil darajada aralashtirilib olinadi.

Sifatli maxsulotlar olish uchun albatta xom ashyoni sifatiga katta e’tibor berish kerak. Neft maxsulotlaridan bitum olish uchun mini uskunalar mavjud bo’lib, ularga biz yuqorida misol keltirgan MBU – markali uskuna misol bo’ladi. Bu uskuna blok tipida yig’ilgan bo’lib, uzluksiz ravishda ishlaydi. Bu uskuna yo’l qoplamalari uchun, qurilish va yopuvchi maxsulotlar olish uchun bitum tayyorlaydi. Yo’l qoplamasi uchun yoki qurilish maqsadida bitum olish uchun mazut yoki kreking qoldig’ini kollonna shaklida yig’ilgan uskunani ichida havo haydash orqali bitum olinadi. Bu uskunani texnik ko’rsatgichlari quyidagilar:



Bitum ishlab chiqarish uchun ishlatilinadigan MBU-1 uskunasiga o’zgartirishlar kiritib gossipol smolasda bitum hosil qilish uskunasini labaratoriya variantini yaratdik va biz olgan natijalar shu uskunadan foydalanib hosil qilinganbitumlardan olingan natijalardir. Gossipol smolasodan bitum hosil qilish uchun davriy ravishda ishlaydigan uskunaning blok chizmasi quyida keltirilgan.



Biz tomondan yaratilgan uskuna silindr shaklidagi hajmi 1,5 litr idishdan iborat bo’lib, elektr yordamida isitiladi. Idishni (reaktor) teppa tomoni qopqoq bilan yopilgan bo’lib, kerak paytda ochilishi mumkin. Qopqoqda termometr o’rnatish, aralashtirgich o’rnatish va kerak paytda kalsiy oksidni solish uchun teshik va darchalar ochilgan. Zaharli gazlarni chiqib ketishi uchun dud burunlar qilingan. Bu uskuna davriy ravishda ishlagani uchun qopqoq ochilib gossipol smolasidan 500 ml solinadi. Idish reaktor vazifasini bajaradi. Idishga gossipol smolasi solingandan so’ng isitgich yoqiladi. Temperatura 60- 7 oC ga borganda gossipol smolasining qovushqoqligi pasayib oquvchan holatga keladi. Shu vaqtda aralashtirgich ishga tushiriladi. Temperatura 90 oC ga borganda reaktordagi massa qaynay boshlaydi. Bu gossipol smolasi tarkibidagi suvning bug’lanib chiqib ketayotganidan dalolat beradi. Bir necha minut davomida qaynashdan keyin suv bug’lanib ketgandan so’ng maydalangan kalsiy oksidini reaktor ichiga solamiz. Aralashtirishni davom ettirgan holda temperaturani oshirib bitum hosil bo’lishini reaktor ichidagi massadan olib va uni sovitib nazorat qilish orqali kuzatib turiladi.

Download 420,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish