umumiy texnologik chizmasi: 1–neft quduqlari; 2–neft miqdorini o‘lchovchi jihozlar; 3– siquvchi nasos
stansiyasi; 4–gazni qayta ishlash zavodi; 5– neftni kompleks tayyorlash
qurilmalari; 6– suvni tozalovchi qurilmalar; 7– neftni saqlovchi rezervuarlar;
8– tayyorlangan neftni uzatuvchi nasoslar; 9–neft sifatini tekshiruvchi
jihozlar; 10–tayyor neftni saqlovchi rezervuarlar; 11–tayyor neftni magistral
neft quvuriga (12) haydovchi nasoslar; 13–suvni haydovchi nasos;
14– suvni neft quduqlariga haydash.
23
sizlantirish va tuzsizlantirish jarayonlari ham bajariladi. Ajratib
olingan gazlar gazni qayta ishlash zavodi (4) ga yuboriladi. Ajratib
olingan suv tozalash qurilmalari (6) ga yuboriladi. Òozalangan
neft esa yopiq rezervuarlar (7) ga oqiziladi va u yerdan nasos (8)
orqali neftning sifatini tekshiruvchi jihozlar (9) ga uzatiladi.
Agar tozalangan neftning sifati qoniqarli bo‘lsa, u mahsulot
saqlovchi rezervuarlar (10) ga haydaladi. U yerdan neft nasos
(11) yordamida magistral neft quvuri orqali neftni qayta ishlash
zavodiga yuboriladi.
Agar tayyorlangan neftning sifati qoniqarsiz bo‘lsa, u holda
neft (9) dan yana kompleks tayyorlash qurilmalari (5) ga qaytariladi.
Ajratib olingan suv (6) da tozalanib, nasos (13) yordamida
neft quduqlariga haydaladi (kerak bo‘lsa).
Magistral neft quvurining tarkibi va vazifalari Magistral neft quvuri tarkibiga bosh qurilmalar; bosh nasos
stansiyasi; quvurning to‘g‘ri chiziqli bo‘limi; oraliq nasos stansiyalari;
turli to‘siqlar orqali o‘tish bo‘limlari; elektrokimyoviy
31
himoya (EKH) vositalari; elektr va aloqa liniyalari; ta’mirlash va
quvurni ishlatish obyektlari kiradi
Magistral neft quvuri tarkibining umumiy chizmasi: 1– neft quduqlari; 2– bosh qurilmalar; 3– bosh nasos stansiyasi (BNS);
4– quvurning chiziqli bo‘limi; 5 – sun’iy to‘siqlar; 6– oraliq nasos stansiyalari
(ONS); 7– tabiiy to‘siqlar; 8– EKH vositalari; 9– neftni qayta ishlash
zavodi yoki uzatuvchi neft ombori; L– magistral neft quvurining uzunligi
Bosh qurilmalar. Ularning asosiy vazifalari quduqlardan olinayotgan
neftni suvlar, mineral tuzlar, mexanik qo‘shimchalardan
tozalash va uni iste’molchilarga jo‘natishga tayyorlab berishdan
iborat.
Bosh nasos stansiyasi. Uning vazifasi jo‘natishga tayyorlangan
neftni kerakli bosimda quvurga haydashdan iborat. Neftni magistral
neft quvuriga haydashda porshinli va markazdan qochma kuchli
nasoslardan foydalaniladi.
Oraliq nasos stansiyalari. Ularning asosiy vazifalari neft
oqimining gidravlik qarshiliklar natijasida yo‘qotilgan bosimini
birlamchi bosimgacha ko‘tarib berish va yana quvurga haydashdan
iborat.
Neftni qayta ishlash zavodi vazifasi. Quvur yoki boshqa transport
turi orqali olib kelingan neftni fraksiyalab kerakli neft mahsulotlarini
ajratib olish va ularni iste’molchilarga jo‘natishdan iborat.
Neftni qayta ishlash jarayonida undan 600 dan ortiq neft mahsulotlari
ajratib olinadi.
Magistral neft quvurining qolgan obyektlari magistral gazquvurining obyektlari bajaradigan ishlarni bajaradi