7
Ma’ruza
matni
8
1-modul. Yoqilg’ilarni olinishi va umumiy xususiyatlari
1-mavzu. Yoqilg’ilarning olinish usullari.
Neftni atmosfera bosimida fraktsiyalarga ajratish
Neftni haydash jarayoni asosan, uni ma’lum haroratgacha qizdirib,
tarkibidagi uglevodorodlarni bug‘ holatga o‘tkazib, keyin sovutish natijasida
suyuq holatga ya’ni distillyatlar va qoldiq hosil qilishdir. Haydash vaqtida
qaynash haroratlari bilan farq qiladigan ikki komponentdan tashkil topgan
aralashma t
1
qaynash haroratigacha qizdiriladi. Bunda oson qaynaydigan
mahsulot bug‘lanadi va tizimdan chiqarilib sovutiladi.
Distillyat va qoldiqni toza holda ajratib olish uchun haydash jarayonini
bir necha marta qaytarish kerak. Buning uchun rektifikatsiya jarayonidan
foydalaniladi. Rektifikatsiya jarayoni maxsus tarelkalar bilan jihozlangan
kolonna tipidagi vertikal silindrik shakldagi qurilmada olib boriladi.
Rektifikatsiya jarayonida qarama - qarshi harakatlanayotgan bug‘ va suyuq
fazalar ko‘p marta bir-birlari bilan to‘qnashadi, bug‘ faza past haroratda
qaynaydigan komponent bilan, suyuq faza yuqori haroratda qaynaydigan
komponent bilan boyitiladi.
Neftni birlamchi haydash atmosfera sharoitida, qoldiq qismi esa
vakuumda haydaladi. Haydashdan hosil bo‘lgan distillyatlar tarkibidan engil
komponentlarni ajratish uchun “o‘ta qizdirilgan bug‘” ishlatiladi. Suv bug‘ining
sarfi atmosfera kolonnasi uchun neftga nisbatan 1,5-2,0 % (mass), bug‘latuvchi
kolonnada esa 2,0-2,5 % (mass) ni tashkil etadi.
Neftni atmosferali haydash qurilmalarida asosan neftdan yoki neft
aralashmasidan to‘rt distillyatli fraktsiyaga va qoldiq mazutga ajratiladi.
Uglevodorodli gazlar va vodorod sulfidli gazlar yonaki mahsulot hisoblanadi.
Qurilmaning texnologik sxemasi 4 - rasmda tasvirlangan.
Xom-ashyo ikki karra bug‘latishda ikki kolonnali (birinchisi oddiy,
ikkinchisi murakkab) qurilma texnologik tizimini ko‘rib chiqamiz. Neft birinchi
9
rektifikatsion kolonnaga kelguncha bir yoki bir necha oqimda issiqlik
almashtirgichlarda 200-220
0
S haroratda qizdiriladi. Birinchi kolonna yuqori
mahsulotlari engil benzin va kam miqdordagi gaz hisoblanadi. Qolgan
distillyatlar ikkinchi kolonnada olinadi. Har ikkala kolonna uchun umumiy
holda quvurli pech xizmat qiladi.
Oddiy kolonna yuqorisidan ajraluvchi engil benzin bug‘lari (oxirgi
qaynash harorati 160
0
S gacha bo‘lgan fraktsiyalar) 3 - havoli sovutgichda
kondensastiyalanadi, so‘ngra kondensat va gazlar 4 - suvli sovutgichda
sovutiladi va 5 - gaz separatorida ajratiladi. Bu erdan 7 - nasos yordamida
barqarorlashtirish blogiga yoki ikkilamchi haydashga yuboriladi. Engil benzinni
bir qismi 2 - kolonna yuqori tarelkasiga sovuq sug‘orish sifatida qaytariladi.
Qisman benzinsizlantirilgan neft 2 - kolonna pastki qismidan 1 - nasos
yordamida 6 - zmeevikli pechga kiritiladi. Pechda bug‘-suyuqlik holatida (330-
360
0
S) qizdirilgan neft asosiy 14 - rektifikatsion kolonnaga beriladi. Pechda
qizdirilgan neftning bir qismi 2 - kolonnada retsirkulyat sifatida qo‘llaniladi.
Kolonna yuqorisidagi mahsulot benzin fraktsiyasi bo‘lib, uni 2 - kolonnadan
olingan benzin bilan taqqoslaganda biroz og‘irdir. 14 - kolonna bo‘ylab
chiqayotgan benzin bug‘lari, shuningdek, suv bug‘lari 15 - havoli sovutgichda
kondensatsiyalanadi. 16 - suvli sovutgichdan so‘ng 17 - gaz separatorida gaz,
benzin va suvga ajratiladi. Suyuq benzin fraktsiyasi 22 - nasos yordamida
ikkilamchi haydashga beriladi, bir qismi esa 14 - kolonnani yuqori tarelkasiga
“sovuq sug‘orish” sifatida qaytariladi.
10
R
as
m
-4.
N
ef
tni
a
tm
os
fe
ra
li
ha
yda
sh
qur
il
m
as
i
te
xnol
ogi
k
sxe
m
as
i:
1,
7,
8
,
9,
12,
13,
20,
21
,
22
–
na
sos
la
r;
2,
14
–
r
ekt
if
ika
ts
ion
kol
onn
al
ar
;
3,
15,
24,
27,
30
-
ha
vol
i
sovut
gi
chl
ar
;
4,
16,
25,
31
-
sovut
gi
chl
ar
;
10,
11,
23,
26,
29
-
is
si
ql
ik
al
m
as
ht
ir
gi
chl
ar
;
5,
17
–
ga
zs
epa
ra
tor
-s
uv
aj
ra
tg
ic
hl
ar
;
6
-
pe
ch;
18,
19
-
bu
g‘
la
tuvc
h
i
kol
onna
la
r;
11
Bug‘latuvchi kolonnalar 18 va 19 orqali 20 va 21 nasoslar yordamida
140
0
S - 240
0
S va 240
0
S-350
0
S (yoki 140 220
0
S va 220 350
0
S) da qaynovchi
fraktsiyalar chiqariladi. Birinchisi kerosin fraktsiyasi issiqlik almashtirgich 23,
havoli sovutish qurilmasi 24 va suvli qobiq quvurli sovutgichdan so‘ng
qurilmadan chiqariladi. Ikkinchi dizel yoqilg‘isi isiqlik almashtirgich 26,
sovutgich 27 va 28-suvli sovutgichdan so‘ng qurilmadan chiqariladi.
Bug‘latuvchi kolonnalar pastki tarelkasi ostidan o‘ta qizdirilgan suv bug‘i
kiritiladi. Neftning og‘ir bug‘lanmagan qoldig‘i aralashma suyuqligi bilan 14 -
kolonna pastki tarelkasiga oqib tushadi. Kolonna pastki tarelkasi ostidan ham
“o‘ta qizdirilgan suv bug‘i” kiritiladi. Katta miqdordagi qaynash harorati past
fraktsiyalaridan ajratilgan mazut 14 - kolonna pastidan 13 - nasos yordamida 29
- issiqlik almashgich va 30,31 - sovutgichlar orqali o`tib rezervuarga jo‘natiladi.
Qurilma moddiy balansi neftdagi tiniq rangli neft mahsulotlari miqdoriga
bog‘liqdir. Atmosferali haydash qurilmasi moddiy balansi quyidagi jadvaldagi
namuna ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |