NEFT GAZ KONLARI
Neft konlari - Yer poʻstida maʼlum tektonik strukturada joylashgan va uni chiqarib olish iqtisodiy jihatdan foydali hisoblangan neft uyumlari. Neft konlari antiklinal burmalarda va tektonik uzilgan monostrukturali tabiiy tutqichlarda joylashgan. Neft konlarini tavsiflovchi asosiy para-metrlar: kon maydonining geologic tuzilishi, lokal strukturaning asosiy strukturalarga nisbatan joylashishi, turli strukturali palanlar mavjudligi,mahsuldor gorizontlar, uyumlar turi, uglevodorodlarning fazaviy xrlati, zaxiralari, ularning maydon boʻylabzichligi va boshqa Neft konlari bir necha strukturali qavatlarni birlashtirishi mumkin. Uyumlar turiga qarabkonlar bir qatlamli yoki koʻp qatlamli boʻladi. Konda neftning fazaviy miqdoriga qarab neft, neft-gaz, gaz-neft,gaz-kondensat-neft konlariga boʻlinadi. Oʻzaro yaqin joylashgan bir necha yirik neft-gaz konlari havzalarniashkil qiladi.Neft konlari tabiatda, asosan, choʻkindi jinslardan hosil boʻlganligi sababli bir yoki bir necha mahsuldorqatlamdan tuziladi. Neft konlari zaxiralari umumiy (geologik) va olinishi mumkin boʻlgan (sanoat) zaxiralarigaboʻlinadi.Neft va gaz uyumlari tuzilishiga koʻra, katlamli gumbaz uyumi (govakli jinslarda), qatlamsiz gumbaz uyumi(gʻovak yoki darzli jinslarda) va stratigrafik chegaralangan guruhlarga boʻlinadi.Neft konlari Yer yuzining barcha kitʼalarida, kontinental shelfda uchraydi. Jumladan, Meksika qoʻltigʻi neftgazlihavzasi, Shim. dengiz, Kaspiy, Kora va Oʻrta dengizlar va boshqa suv xav-zalari tubidagi jinslardamavjud. Neft va gaz konlari proterozoy erasidan toʻrtlamchi davrgacha boʻlgan qatlamlar orasida joylashgan.Xorijda 19-asrda Apsheron ya.o., Grozniy shahri yaqinida, Krasnodar oʻlkasi, Cheliken ya.o. va boshqajoylarda topilgan. Keyin-roq Turkmaniston, Qozogʻiston, Ukraina, AQSH, Nigeriya, Yaqin Sharqmamlakatlarida ham Neft konlari ishga tushirildi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida neft va gazliligi aniqdangan 5 regionda (Buxoro—Xiva, Ustyurt, Surxondaryo,Hisor jan.-gʻarbi va Fargʻona) neft va gazni qidirish boʻyicha regional ishlar olib borilmoqda. Natijada 450 dan ortiq suyuq va gazsimon uglevodorod yigʻilmalari aniqlangan boʻlib, ular 155 konda mujassamlashgan. Hozirgigacha maʼlum boʻlgan konlarda uglevodorod zaxirasi miqdori boʻyicha Konlardan neft chiqarish. birinchi oʻrinda (74,3%) kichik, ikkinchi oʻrinda oʻrta (14,4%), uchinchi oʻrinda yirik (10%) va toʻrtinchi oʻrinda (1,3%) unikal konlar turadi. Uglevodorod konlarining 66% Buxoro—Xiva, 17,5% Fargʻona, 7% Surxondaryo, 5,7% Hisor jan-gʻarbi va 3,2% Ustyurt regionlarida joylashgan. Mahsuldorlikning stratigrafik diapazoni paleozoydan (Ustyurt regioni) neogen (Fargona regioni) yotqiziqlari oraligʻini qamrab olgan. Fargʻona regionida qidiruv ishlari jadal olib borildi. Dastlabki kon (Chi-myon) 1900 yilda ochilgan. 1980-yillarning boshigacha Fargʻona regioni neft qazib olish, zaxiralarni oshirish surʼati boʻyicha Oʻzbekistonda yetakchi oʻrinda edi. Fargʻonadagi neft konlarini oʻrganish va oʻzlashtirishda oʻzbekistonlik olimlardan O.M. Akramxoʻjayev, P.K.Azimov, O. S. Vyalov, M. S. Saydaliyeva, A. H. Hoji-matov va boshqa salmoqli hissa qoʻshdilar. 1985 yildan boshlab suyuq uglevodorodlarni chiqarib olish boʻyicha Buxoro—Xiva regioni Fargona regionidan oʻzib, Oʻzbekistonda yetakchi oʻrinni egalladi. Bu regionda neft, gaz va kondensat zaxiralarini oshirishda N.X. Alimuhamedov, T. L. Bo-bojonov, A. V. Vaxrbov, A. G. Ibroximov. V. A. Kulagin va boshqa bir qancha olim va ishlab chiqarish mutaxassislarining hissasi bor. Oʻzbekistonda sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan 86 ta neft koni ochilgan, ulardan 36 tasi neft konlari, 24 tasi neft-gaz va gaz-neft konlari va 26 tasi neftgazkondensat konlari toi-fasiga kiritilgan va hozirgi neft 63 kondan chiqarib olinmoqda. Hozirgi neft qazib olish surʼatida razvedka qilingan neft zaxirasi respublika ehtiyojini 30 yildan ortiqroq muddatga taʼminlaydi. 14 ta neft konida razvedka ishlari olib borilmoqda va ularning jami zaxirasi 185 mln. t ni tashkil etadi. Oʻzbekiston regionlari boʻyicha neftning bashoratli resurslari notekis tak,simlanib, ularning asosiy kismi Fargona (74,8%) va Surxondaryo (10,5%) regionlarida mujassamlangan. Fargʻona regionida neftning bashorat qilingan resurslari, asosan, paleogen va neogen yotqiziklarida baholangan.Buxoro—Xiva regionida neftning bashorat qilingan resurslari yuqori yuraning karbonat yotqiziqlari va quyi boʻrning terrigen yotqiziklari bilan boglik. Oʻrtacha va nisbatan yirik neft konlarining ochilishi Surxondaryo megasinklinalining tuz osti yotqiziqlarida kutilmoqda. Ustyurt regioni Kaspiy oldi sineklizasi bilan taqqoslanganda geologik tuzilishdagi oʻxshashliklar aniklanib, bu regionda paleozoy yotqiziqlarining neftliligini baholash imkonini berdi.Oʻzbekistonda neft qazib olish uzok, yillik soha boʻlishiga qaramasdan shoʻrolar rejimi davrida oʻz ehtiyojini qoplay olmaganligi sababli har yili 6,0 mln. t neft chetdan olib ke-linar edi. Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda neft qazib olish surʼati dinamik tarzda oʻsib bormoqda (1999 yilda 8,2 mln. t) va suyuq yoqilgʻiga boʻlganehtiyoj toʻla qoplanmoqda.[1]
Gaz konlari — Yer poʻstining maʼlum bir qismidagi aniq tektonik strukturada joylashgan tabiiy gaz uyumlari.Tabiiy gazlar alohida gaz koni holida yoki neft bilan birga (neft-gaz konlari) uchraydi. G. k. koʻp tabaqali bir tabaqali konlarga boʻlinadi. Koʻp tabaqali G.k. kesmasida bir maydonda turli chuqurlikda ustma-ust joylashgan bir qancha gaz uyumlari boʻladi. G. k. kesmasining turli masofalarida har xil gaz uyumlari uchraydi. G. k. fazoviy umumiylashgan gaz yigʻilish zonalarida guruhlangan va gazli yoki gaz-neftli platform (qubbasimon doʻnglik, platforma ichki choʻkmalari va b.), geosinklinal (togʻlararo vodiylar, oʻrtaliq massivlari), oʻtish (togʻ etagi botigʻi) tur-lariga boʻlinadi. Koʻp tabaqali G. k. gaz alohida-alohida burgʻi quduqlarida yoki hamma tabaqani kesib oʻtgan bitta burgʻi qudugʻidan chiqariladi. G. k. gazlaOʻzbeshstoi gaz havzalarn gaz kondensatlarining tarkibn va baʼzi xossalari tarkibida uglevodoroddan tashqari karbonat angidridi (SO2) azot (N), vodorod sulfidi (H2S), nodir gazlardan geliy, argon ham boʻladi. G. k. sof (yoki quruq gaz) va yogʻli G. k. ga boʻlinadi. Sof. G. k. gazlari metan (94—99%) va oz miqdorda etandan iborat. Moyli G. k.da metan va etandan tashqari maʼlum miqdorda propan (S3N8), butan, izobutan (S4N|0) va pentan (S5N12) uchrashi mumkin. 20-asr oxirigacha yuzdan ortiq mamlakatda qariyb 16000 neft va gaz koni topilgan. Bulardan 400 ga yaqini suv ostida. Ular okean qirgʻogʻiga yaqin yerlarda bir necha yuz metrdan 3,5 km gacha chuqurliqdagi yotqiziqlarda joylashgan. Kaspiy dengizida, Kaliforniya va Alyaska qirgʻoklarida, Fors, Meksika (Golf-Kosta qismida) qoʻltiqlarida gaz va neft konlari paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralarining gʻovak va darz ketgan jinslarida joylashgan. Eng katta konlardan Urengoy, Zapolyarnoye, Gazli, Medvejye konlari maʼlum. Oʻzbekistonda olinayotgan gazning bir qismi qoʻshni davlatlarga eksport qilinadi. Oʻzbekistonda 100 dan ortiq neft va gaz konlari mezozoy va kaynozoy eralari jinslaridan topilgan. Ulardan 45 tasi gazkondensat va gazneftli konlar boʻlib, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Fargʻona, Andijon, Namangan viloyatlarida va Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan. Buxoro-Xiva neft-gaz mintaqasida 17 yirik gaz koni bor (Uchqir, Dengizkoʻl, Oʻrtabuloq, Koʻkdumaloq, Zevardi va b.). Fargʻona vodiysi va Surxondaryo viloyatida gaz konlari yura, boʻr, paleogen yotqiziqlarida, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlarida yura va boʻr, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa faqat yura yotqiziqlarida aniklangan. Gaz va neft uyumlari toʻplangan yotqiziqlarning umumiy qalinligi bir necha 100 m dan 10–12 km gacha. Oʻzbekistonda aniklangan gazning umumiy zaxirasi 5429 mlrd. m3, razvedka qilingani esa 489 mlrd.m3. Gazli va Shoʻrtan gaz konlari noyob konlardir. Hisor togʻlarining jan.-gʻarbida (Odamtosh, Gumbuloq), Surxondaryoda (Gajak), Ustyurtda (Shaxpaxti) katta gaz konlari bor. OPEK (neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti) mamlakatlarida jahondagi gaz zaxirasining 40% mavjud. Shuning 28% Fors koʻrfazida. Dunyoda olinadigan gazning 10— 11% OPEK mamlakatlariga toʻgʻri keladi. Jahondagi gazning 1996 y.dagi hisoblangan zaxirasi 140-103 mlrd. m3, olingan gazning miqdori 2310 mlrd. m3 ga teng . 1990-y.larda dunyo miqyosida 22 ta supergigant gaz koni boʻlgan, shundan 11 tasi RF (Gʻarbiy Sibir)da joylashgan. Fransiyada (Lak), Ja-zoirda (Xessi-R’Mel),Alyaskada (Prudxobey), Qozogʻistonda (Qorachigʻanoq, Jeriboy, Uzen), Turkmaniston-da (Shotlik, Gugurtli, "Yubiley") yi-rik gaz konlari bor. Oʻzbekistonda 1997 y.da 51,2 mlrd.m3 gaz chiqarilgan, bi-nobarin Respublika gaz chiqarish boʻyi-cha 6—7 oʻrinni egallagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |