Неа фанининг республикамизда жорий қилинаётган илғор технологиялари ва уларни ривожлантиришдаги ахамияти


-§ Atom va yadroni tuzilishi. Bog’lanish va solishtirma bog’lanish energiyasi



Download 19,45 Mb.
bet7/54
Sana12.04.2022
Hajmi19,45 Mb.
#544657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54
Bog'liq
Abduvayitov (bakalavr A5) - Kitob (2)

2-§ Atom va yadroni tuzilishi. Bog’lanish va solishtirma bog’lanish energiyasi


Hozirgi zamon atom fanining, texnikaning va energetikaning ulkan yutiqlari – atom va yadro fizikasining intensiv rivojlanishi natijasidir. Agar biz hozirgi zamon atom va yadro fizikasi modda tuzilishi haqidagi ta’limotning negizi hisoblanadi desak, mubolag’a bo’lmaydi. Bundan tashqari nafaqat modda, balki materiyaning elektr, yorug’lik va boshqa turlari ham atomistik tabiatga ega.
XIX asrning oxirlariga kelgunga qadar grek faylasuflari Levkinn, Anaksagor, Empedokl, Demakrit, Epikur tomonlaridan ilgari surilgan atom materiyaningso’nggi bo’linmas zarrasi degan ta’limot ustun bo’lib keldi. Birinchi elementar zarra – elektron, rentgen nurlari, radioaktivlik hodisasining kashf etilishi, XX asr boshlariga kelganda atom materiyaning oxirgi bo’linmas zarrasi emasligini ko’rsatadi. Demak, atom murakkab tuzilishga ega ekan. Uning murakkab tuzilishini isbotlovchi birinchi nazariy modelni 1903-yilda elektronni kashf etgan mashhur ingliz fizigi J. Tomson taklif qildi.
Ushbu modelga asosan atom musbat elektr zaryadi bilan bir tekis zaryadlangan sferadan iborat bo’lib, ichida elektron joylashgan bo’ladi. Sferaning yig’indi musbat zaryadi elektron zaryadiga teng bo’lib, atom bir butun holatda elektr neytraldir.
Izolyatsiyalangan atom chiqarayotgan spektr harakterini tushuntirish uchun nurlanayotgan atomdagi elektron tebranma harakat qiladi va demak, muvozanat holat atrofida F=-kr ko’rinishidagi kvazielastik kuch bilan tutib turiladi, deb faraz qilamiz, bunda r – elektronning muvozanat holatidan chetlashishi. Elektrodinamikada bir tekis zaryadlangan sfera ichidagi maydon kuchlanganligi quyidagicha topiladi:
 r (0≤r≤R) (2.1)
bu yerda: e sfera zaryadi, R- uning radiusi. U holda muvozanat holatidan R oraliqda turgan elektronga kuch tasir qiladi.
  (2.2)
Bunday sharoitda biror yo’l bilan muvozanat holatdan chiqarilgan elektron siklik chastota bilan tebrana, yani:
  (2.3)
Bu yerdan:
  (2.4)
Elektronning tebranish chastotasini   munosabatdan topilsa va bunda λ = 0,6 mkm deb olinsa bu to’lqin uzunligiga ω=3·1015s-1 chastota mos keladi. Uni va e=1,6·10-19 Kl, ɛ0=8,85·10-12  , m=9,1·10-31 kg larni oxirgi ifodaga qo’yib, Tomson atomining radiusi R ≈ 3·10-10 m =3 Å ekanligi topilgan.
Atomning Tomson modeli nazariy bo’lganligi uchun uni tajribada tekshirish lozim edi. Ushbu ishni Rezerford va uning shogirdlari 1906-1911 yillarda fundamental tajribalar asosida amalga oshirishdi
Shunga ko’ra, barcha jismlar atomlardan tashkil topgan atom musbat zaryadlangan yadro va manfiy zaryadlangan elеktrondan tashkil topgan bo’lib, atomlar markazida yadro va ular atrofida elеktronlar aylanma harakat qiladi. Yadro musbat proton va zaryadsiz nеytrondan tashkil topgan.
Atomlar o’lchami: 1÷5·10 m
Yadrolar o’lchami: 10÷10 m
Elеktron zaryad miqdori va massasi: e=-1,6·10 Kl;
m = 9,1·10 kg
Pratonning zaryad miqdori va massasi: q = 1,6·10 Kl;
m = 1836,1 m
Nеytronning massasi: m = 1838,6 m
Atom zaryadsiz zarrachadir dеmak atomda pratonlar soni elеktronlar soniga tеng bo’ladi. Masalan Mеndеlееv davriy sistеmasidagi biror elеmеntni olaylik, masalan germaniy misolida:
Х, Z = tartib raqami protonlar soni, A = atom massasi
Gеrmaniy: Ge Z = 32, A = 73
A = Z + N, N- nеytronlar soni
Germaniydagi neytronlar soni: N = A – Z = 73-32=41. Demak germaniyda 41 ta neytron, 32 ta praton va 32- elеktron bor
Atomning orbitalarida elеktronlarning joylashuvi Pauli prinsipi asosida to’ldirib boriladi (2.1 -rasm).



4

2.1-rasm. Atomda elektronlarni orbita va qobiqda joylashuvi



  n – orbitaning tartib raqami. Masalan, K – qobiq uchun 2n2=2·12=2та, L = qobiq uchun  = L – 2 qоbiq 2·2 = 8 ta, M qobiq uchun m - 3 qobiq   = 2·9 = 18





Download 19,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish