Ndpi tarix fakulteti



Download 22,59 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi22,59 Kb.
#290999
Bog'liq
Hujjat


NDPI TARIX FAKULTETI

TARIX O’QITISH METODIKASI TA’LIMI

YO’NALISHI 2- A GURUH TALABASI

HAKIMOVA IRODA NING YOZGAN MAQOLASi



Mavzu: SO’NGGI AMIR SAYYID OLIMXONNING SO’NGGI ILTIMOSI

Milodiy 1756- yildan toki 1920- yilgacha Buxoroda o’zbek-mang’itlari hukmronlik qildi. Bu ma’lumot esa Amir OLIMXONNING “ Buxoro xalqining hasrati tarixi” asarida shunday keltirilgan: “ Mangit toifasi 1783 – yildan to 1920 – yilgacha Buxoroda saltanat surdilar” . Bundan nega ma’lumotlarda farq bor , degan savol tug’iladi ? Aytib o’tish joizki , shaxsan Buxoro amir Said Olimxon o’z asarida shu faktni keltirgan . Mening fikrimcha, shaxsan amir o’z sulolasi haqida bildirgan fikr haqiqatga yaqinroq va ishonchliroqdir. Endi , shu sulolaning yorqin vakili , aniqrog’i so’ nggi vakili Amir Olimxon haqida so’z ochamiz. To’ liq ismim Said Mir Muhammad Olim .1880- yil 3- yanvarda Buxoro amirligi, Buxoroda tug’ilgan. Islomning sunniylik mazhabida bo’/gan.Ulusi mang’it o’zbeklaridandir. Otasi Abdulahadxon. “ Buxoroda 1885_1910 – yillarda amirlik qilgan Abdulahadning rafiqasi Davlatbaxtoyim farzand korgach unga Olimxon deb ism qo’yishni hazratlaridan iltimos qiladi”.

  1. Nusratilla Naimov ,Alinazar Egamnazarov. “ Amirning avlodlari” .Sharq yulduz .1992-yil 3- son

Davlatbaxtoyim ning bobosi Olimbek Hisor tumani hokimi bo’lgan. Ona esa bobosi nomini o’g’liga qo’ygan. U davrda esa Muzaffarxon zulmidan ezilgan xalq amirga qarshi isyon qilganda Olimbek boshchilik qilgandi. Isyon shavqatsizlik bilan bostirilgach Olimbek urug’iga mansub erkak zoti qilichdan o’tkazilgan.Olimbekning ozi ham qatl etilgan. Urug’ xotin qizlari amir haramiga keltirilganda Davlatbaxtoyim ham bo’lgan. U otasi xunini olish uchun ham farzandiga otasi ismini qo’ygan. Taxtga o’tirgan Abdulahad 9 yoshga ham to’lmagan o’g’lini Nikolay l saroyiga harbiy ilm o’rganish uchun jo’natdi. Shu yerda savol tug’iladi: mega aynan markazdan harbiy ilm umuman , ilm olingan? Bundan maqsadlari Nima edi ? Mega faqat zodagon, amir xonadoni bunday chuqur ilm olgan? Mening fikrimcha, oddiy, avon xalqni kim boshqaradi ? Ular kimning qo’liga qaraydi? To’ppa to’gri ! O’zidan yuqori tabaqa, zodagon qo’liga qaraydi. Chizgan chizig’idan chiqmaydi. Bundan esa amir xonadoni ga teng keladigan kuch bo’lmasa kerak, albatta. Dunyoviy ilmlar, diplomatiya, kuchli siyosatni yosh siyosatchi o’zidan katta siyosatchidan o’rganishi tabiiy . Amir ham bo’ lajak valiahdni aynan shularga ega bo’lishi uchun yuborgin, deb o’ylayman. 1896-yil Olimxon Buxoro shahzodasi bo’ling Rossiyadan qaytadi. Ikki yildan so’ng Nasaf gubernatori Etib tayinlanadi. Bu lavozimda 12 yil faoliyat yuritadi. 1911 yil yanvarda SAYYID Amir Olimxon taxtga o’tiradi. “ Zoti shohona padari buzrukvorim menga Buxoroyi sharifga qarashli o’lkalardan biri Nasaf viloyati hukmronligini marhamat qildilar . Shu bilan menga baxtiyorlik baxsh Etib , shohona to’nlarini kiydirdilar, xisravona hukmronlik tojini boshimga qo’ydilar”.

  1. Amir Olimxon. “ Buxoro xalqining hasrati tarixi” asari . 3-4_ betlar.



Yana asarda amir taxtga o’tirgach xalqini xursand qilib, mamlakatda 1 yillik xiroj olinishini bekor qilinganini aytadi.

Bundan roppa rosa 100 yil oldin yuz bergan Sho’rolar inqilobi ta’siri Rossiya Turkistoniga ham yetib keldi. Mintaqa sarhadlari o”zgardi . Buxoro amirligi tugatilib , amir va uning oilasi Afgonistonga qochdi. Amir oilasing eng ko’p a’zosi Turkiyaning G’ oziantep shahriga kelib qoladi. Turkiya Amir Olimxonning bir necha avlodiga boshpana berdi. Amirning eng kichik o’g’ li Said Abdulsattor Olimiy , qator nabiralari shu shaharda istiqomat qiladi. Xonadon kuyovi Nuriddin Xotuno’g’li xonadon tarixini o’rgangan. Shahzoda Said Abdulsattor shunday eslaydi: “ Otam vafot etganda 6 oylik yoki 1 yoshda bo’lganman, uni ko’rmaganman. 15 aka- uka, 24 opa- singil bo’lganmiz” . Said Abdulsattor Olimxonning tasavvurlari onasi va akalari xotirasi asosida shakllangan. “ Otamni odobli va tartibli bir Inson bo’lganini aytganlar. Har kim ham uning oldiga bora olmagan. Hatto onam ham uning oldiga borish uchun izn so’ragan ekan” _ deydi shahzoda. Shahzoda hayoti darbadarlikda kechgani ,hamon vatansiz ekanini gapiradi. “ Zohirshoh davrida bizning tug’ilganlik guvohnomamiz yo’q edi, ammo xorijiy pasportimiz bor edi. Buxoro podshohhining o’g’li bo’lganmiz uchun har yili pasport yangila turardik. Hijriy 1372 – yil irish boshlandi, toliblar keldi, mujohidlar keldi, keyin mamlakatni hamma tark etdi. Hamma akalarim Pokistonga ketishgandi, men Kobulga keldim. Peshovarda Faqirobod mintaqasida yashardim” _ eslaydi Said Abdulsattor. Shahzoda Turkiyaga onasining qabri shu yerda bo’lgani uchun borgan. Lekin u Hali ham muhojir. Amir xonadoni kelini Mastura opa shunday xotirlaydi: “ Har zamon iftixor qilamiz, hozir ham iftixordamiz. Meni rahmatli begim bobosi quchog’iga yostiq qo’yib ovqat yeyishi haqida aytardi. U rahmatli ham yostiq qo’yardi. “Otadan meros qolgan , shunaqa yaxshi, rohat ovqat yeymiz”. Shahzoda Addulkabir Azimiy Amir Olimxon Bedilni sevib o’qiganini , bir necha xorijiy tillarda bemalol gapira olgani , musiqani sevgani , Omonulloxon tavallud kechasida pianino chalib , G’arb elchilarini lol qoldirgani haqida gapirgandi. Azimiy otasi vafotini Kobulda ,1944- yil vafot etdilar deydi. Bosh vazir Hoshimxon va bir qancha amaldorlar katta hovlida saf tortib turdilar.Janozaga Buxoro yahudiylari ham kelishgandi. O’sha kuni Afgoniston bayroqlari yarim tushirilgandi _ deb eslaydi. Amir Olimxon haqida kitob yozgan nevara kuyov Nuriddin Xotuno’g’li amirning musbat va manfiy ishlari bo’lganligi , o’lkasini ishg’oldan qutqarmaganligi, urushni tashlab chiqib ketganligini aytadi. Ammo uni xoin demaydi , shu bilan birga qahramon ham emas. Shuni ham eslatish kerakki, Afgoniston hukumati amirga chiqib ketishga ham ruxsat bermagan . Hatto hajga ketishga ham ruxsat bermagan. Hozirda avlodlari ota yurti Buxoro ni ko’rish orzusida yashaydi.

Buxoro amiri Rossiya bilan munosabatlarni mustahkamlash , Astraxandagi isyonda asirga tushgan buxorolik oltin toparlarni ozod qilish maqsadida Pyotr l ga qimmatbaho buyumlar yuklangan 100 ta tuya jo’natadi.

  1. To’xtasin Mo’minov.” Turkiston ikki asr girdobida” .

Pyotrdan keyingi hukmdorlar va bolsheviklar amir xazinasini qo’lga kiritish uchun bosqinchilik qilgan.

1920- yili talon taroj qilingan oltin buyumlar hajmi bugungi kun narxi bilan 80 mlrd $ dan kam emas”



  1. Rajabov Qahramon. “ Fayzulla Xo’jayev “. T.2011. b- 14.

O’sha yillari esa bu boylik 77 mln tilla rubl deb baholangan.

Buxoro amirining 1920- yildagi oltin zaxirasi 250 tonna bo’lgan”



  1. Nikolay Kucherskiy. “ Zoloto Kizilkumov “ .T.2002. b- 25

Amirning o’zi xazinasi hisobini bilmagan. Frunze ham amir xazinasini topish maqsadida Buxoroga kelgan. U olib ketgan tillalar vagonlarda, ba’zi manbalarda 14 vagon , boshqalarida 18 vagon Markazga jo’natilgan. Uni hisobi olinmagan. Jo’natilgan boylik Moskvagacha to’la yetib bormagan.

Gapning indallosini aytadigan bo’lsam, o’zbek millati peshona terisi bilan topilgan juda katta boylik, mehnat bosqinchilar tomonidan hech qanday qarshiliksiz egallangan. Nega shunday bo’lgan? Bunda xalqimiz puch va’dalarga uchgan, mansabdorlar ham o’ z lavozimlarini suiiste’mol qilgan. Bo’lmasa butun boshli davlat xazinasi o’z- o’zidan olib chiqib ketilmagan axir. Bunda albatta davlat rahbarlarining ham qo’li bor. Yana shunday taxminlar borki, Amirning o’zi ham mamlakatni tashlab chiqayotganda ózi bilan katta boylik olib chiqqan va daryoni kechib o’tayotganda xazina bir qismi yo’qotilgan. Bu albatta taxmin. Yana ba’zi manbalarda, amir ortidan kelayotgan ta’qibni chalg’itish uchun ham xazinadan foydalangan. Yani boshqa yo’nalishda tillalar to’kib ketilgan. Buxoro xazinasi bir qismini Jahon bankiga amirning ózi qo’ygan va ma’lum muddatdan so’ng olishini bildirgan. Ammo keyinchalik ololmagan. Balki farzandlari ololmagandir. Bu ham taxminlarga asoslanadi.

Shuni aytish joizki, SO’NGGI amir Said Olimxon o’z vataniga qaytishni , xokini Buxoro ga qo’yishni vasiyat qilgan . Bugungi amir avlodi esa ota yurtga qaytish orzusida yashaydi.
Download 22,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish